Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov


Genomning butunligicha kamayishi va kopayishi qaysi javobda



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Genetika

7. Genomning butunligicha kamayishi va kopayishi qaysi javobda
1. Gaploidiya 2. Aneuploidiya 3. Geteroploidiya 4. Poliplodiya
A) 2.3 B) 1.4 C) 1.3 D) 2.4
8. Ayrim xromosomalar sonining o ‘zgarishlari
....
1. Gaploidiya 2. Aneuploidiya 3. Geteroploidiya 4. Poliplodiya
A) 2.3 B) 1.4 C) 1.3 D) 2.4
17-§. M utatsiyalarning evolutsiyada ahamiyati
Mutatsiyalarning moslanuvchanlikda ahamiyati sharoitga 
qarab, vaqt o ‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Avval zararli b o ‘lgan 
mutatsiyalar yangi sharoitda foydali b o ‘lib qolishi mumkin. 
Mutatsiyalarning ko‘pchiligi resessiv bo‘lib geterozigota holatda 
nasldan naslga o‘tadi va irsiy o‘zgaruvchanlik zaxirasini hosil qiladi. 
Mutatsiyalar evolutsiyaning elementar materiali va omili hisoblana- 
di. Tabiiy tanlash natijasida ayni sharoit uchun selektiv (foydali) 
ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘sha sharoitga organizmlar moslashuvini 
ta ’minlovchi mutatsiyalarga ega organizmlar saqlanib qoladi.


71
18-§. Irsiy o ‘zgaruvchanlikning gomologik qatori
N. I. Vavilov qonuni
Bu qonunga binoan 
yaqin turlar va avlodlarda irsiy o ‘zgaruv-
chanlik (m utatsiyalar) ham o ‘xshash b o ‘ladi.
M a’lum turda 
uchraydigan mutatsiyalarni yaxshi o ‘rganib, unga yaqin bo‘lgan 
turda ham xuddi shunday mutatsiyalar uchrashi mumkinligini 
oldindan aytish mumkin. Bu qonun organizmlar kelib chiqishining 
birligining dalilidir.
Qonun solishtirma genetikaning nazariy asosi hisoblanadi, tur-
larning xilma-xilligini tushunishga, odamning irsiy kasalliklarini
o ‘rganishga yordam beradi.
Odamda uchraydigan ko‘p irsiy kasal­
liklar — gemofiliya, albinizm, epilepsiya, ko‘z anomaliyalari, 
mushak distrofiyasi, karlik, semirishga moyilligi, diabet kabilar 
hayvonlarda ham uchraydi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin