72
Genetika
N.I. Vavilov qonuni seleksiyaning solishtirma genetikaning na-
zariy asosi bo‘lib turlar xilma-xilligini tushunishga yordam beradi.
Bu qonun odamlarda va hayvonlarda
uchraydigan irsiy kasal-
liklarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Odamlarda uchraydigan
irsiy kasalliklarning oldini olish, davolash muammolarini hayvon
larda o ‘tkaziladigan tadqiqotlarsiz yechish mumkin emas. Odam
larda mutatsiyalar natijasida kelib chiqadigan
irsiy kasalliklarni
(masalan, gemofiliya, albinizm,
epilepsiya, ko‘z kasalliklari, diabet
va boshqalar) sutemizuvchilarning ko‘p
turlarida uchratish
mumkin. Shuning uchun bu mutatsiyalar odam irsiy kasalliklarini
o‘rganishda model sifatida foydalaniladi. Quyidagi rasmlarda
albinizm va semirish kasalligining
hayvonlarda ham uchrashi
ko‘rsatilgan
Dostları ilə paylaş: