83
N ko‘rsatkichi 40% dan 70% gacha bo‘lganda belgining rivoj-
lanishida irsiyat ham, muhit ham qatnashadi.
N=40% (0,4) dan kam bo‘lganda esa belgi asosan muhit
omil-
lari ta ’sirida rivojlanadi. Mavzuni o‘zlashtirishda, masalalar
yechishda shu m a’lumotlardan foydalanish mumkin
(14-jadval).
Bu m a’lumotlar odamning har xil kasalliklarida muhitning va irsi-
yatning rolini aniqlashga imkon beradi.
14-j a d v a l
Egizaklarda irsiy kasalliklar konkordantligi
Kasallik
Konkordantlik
MZ
DZ
Sonning tug‘ma chiqishi
41
3
Qizamiq
98
94
Maymoqlik
32
3
Parotit
82
74
Sil
67
23
Revmatizm
47
17
Qandli diabet
65
18
Shizofreniya
69
10
Epilepsiya
67
23
Egizaklar usuli yordamida hatto yuqumli kasalliklarda (ko‘k-
yo‘tal, sil) tashqi muhit omillari (infeksiya) ta ’siri aniq bo‘lganda
ham kasalliklar patogenezida ozgina bo‘lsa
ham irsiyatning roli
borligini anglash qiyin emas.
Chuqur solishtirish natijalarini puxta o ‘rganish shu narsani
ko‘rsatadiki faqat kasallikning o‘zi o ‘xshash bo ‘libgina qolmasdan
ularning klinik ko‘rinishlarida va kechishida ham o ‘xshashlik kuza
tiladi. Shuning uchun ham egizaklar usulida multifaktorial kasal-
liklarga irsiy moyillikni o‘rganishda keng foydalanish mumkin.
Pedagoglar va pediatr shifokorlar egizaklar usuli yordamida
muhit va irsiyatning intellekt, ruhiy qobiliyatlarni
rivojlanishidagi
rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari kerak. Bolaning tabiiy
tug‘ma qobiliyatlari faqat muhitning m a’lum sharoitlari mavjud
b o ‘lgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Shuningdek, eng qulay
muhit sharoitlari bo‘lganida ham qobiliyatning irsiy jihatdan
genotipda belgilovchi genlari b o ‘lmaganida
yuzaga chiqishi
mumkin emas.
84
Genetika
Shuning uchun ham avval bolada qanday qobiliyatlar borligini
m a’lum testlar yordamida aniqlash, undan keyin esa uning rivoj-
lanishi uchun zarur sharoitni yaratish lozim. Hozirgi davrda
egizaklar usuli farmakogenetikada keng qo‘llanilmoqda. Bu egizak-
sherik bo‘yicha nazorat usulidir. Usulning
mohiyati shundan ibo-
ratki, bunda kasal MZ lar guruhi ikkita kichik guruhlarga ajratila-
di. Bitta kichik guruhni yangi preparat (samaradorligi aniqlanishi
lozim bo ‘lgan) bilan ikkinchi kichik guruhni esa eski qo‘llanib keli-
nayotgan preparat bilan davolanadi.
MZ lar bir xil genotipga ega b o ‘lganligi uchun ulardan olingan
m a’lumotlar umumiy populyatsiyadagi nazorat guruhidan olingan
natijalarga nisbatan shubhasiz ishonchli bo‘ladi. Shuning uchun
ham bu usul qo‘llanilganda tekshirilayotgan
guruhlar soni MZ lar
uchun kam (20 juft), umumiy populyatsiya uchun esa juda ko‘p
bo‘lishi lozim. Bundan tashqari umumiy populyatsiya olinganda
tekshirilayotgan shaxslarni yoshiga, jinsiga, kasallikning og‘ir-
yengilligiga qarab tanlab olish lozim. Umumiy populyatsiya tek-
shirilganda baribir davolash samarasi har xil bo ‘lishi mumkin,
chunki, har bir preparatga nisbatan turli shaxslarning individual
sezuvchanligi turlicha bo‘ladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Odam genetikasi nimalarni o‘rganadi?
2. Odam genetikasini o‘rganishda qanday
qiyinchiliklarga duch
kelamiz?
3. Odam genetikasini o‘rganishning qanday usullari mavjud?
4. Genealogiya usulining mohiyatini tushuntiring.
5. Genealogiya usullari bilan nimalarni aniqlash mumkin?
6. Genealogiya usuli qanday bosqichlarda o‘tkaziladi.
7. Asosiy irsiylanish tiplari va ularning xarakterli xususiyatlarini
aytib bering.
8. Egizaklar usuli bilan qanday savollarga javob olish mumkin?
9. Egizaklar zigotaligini qanday usullar bilan aniqlash mumkin?
10. Dori preparatlari samaraligi aniqlashni qanday tushunasiz?
Masalalar
1.
Ota va ona normal rang ajrata oladigan oilada da.1t.onik o‘g‘il
va ikkita normal rang ajratuvchi qizlar tug‘ilgan. O‘g‘ildan tug‘ilgan
o‘g‘il nevara sog‘lom, qizlardan birining o‘g‘li — daltonik, qizi esa
85
sog‘lom. Ikkinchi qizidan 5 ta o‘g‘i! tug‘i!gan, ularning hammasi
sog‘Iom. Shu ma’lumotlar asosida shajara tuzing.
2. Proband o‘g‘il — gemofilik, uning ota-onalari sog‘lom.
Probandning ona tomonidan buvasi — gemofilik, buvisi esa sog‘lom.
Probandning ikki qizi va bir o‘g‘li sog‘lom, ikkinchi o‘g‘li esa gemofi
lik. Otasining oilasida gemofiliya uchramagan. Shu ma’lumotlar asosi-
da avlodlar shajarasini tuzing.
3. O‘z oilangizda bironta belgini tanlab olib (ko‘z rangi, soch
shakli, quloq yumshog‘i
joylashishi, tilni nay qilib buka olish va
boshqalar) shajara tuzing.
4. Quyidagi jadvaldagi ma’lumotlar asosida belgining rivojlanishi-
da irsiy va muhit rolini aniqlang
Dostları ilə paylaş: