3. Shixtaning yirikligi. Shixtani kuydirishdan oldin bo‘laklash. Aglomeratsion dastgohga shixtaning yirikligi juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Shixtaning
yirikligi ortishi bilan qaynar qatlamdagi gaz o‘tkazuvchanligi ortadi. Biroq,
zarraning o‘zi talabga javob bergunga qadar maydalanishi kerak.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, shixtaning yirikligi maksimal 8–10 mm,
yiriklik ortishi bilan ularning o‘lchami 5–10 mm gacha ortadi. Bu o‘lchamli zarralar
50% ni tashkil etadi. Qolgan 47% zarralarning o‘lchami <12 mm bo‘ladi.
Ammo shuni eslatib o‘tish kerakki, yiriklik ortishi bilan oltingugurt
aglomeratsiyasi sekinlashadi.
Turli xil konsentratlarning shixtaga qo‘shilishi ko‘p hollarda shixtaning
yirikligini <0,1 mm gacha kichraytiradi.
Aglomeratsion rudaning optimal yirikligi 0,5–5 mm atrofida bo‘ladi.
Aglomeratsiya jarayoniga mayin maydalangan boyitmalar ham jo‘natiladi. Bu
boyitmaning tarkibida 70% dan ortiq maydalangan fraksiya bo‘ladi. Dastlabki
fraksiyada boyitma mavjud. Bunday mayin boyitma granula ishlab chiqarish uchun
emas, aglomeratsiya uchun yaxshi xomashyo hisoblanadi. Mayin boyitmani
kuydirish jarayonida u aglomeratsion mashinada gazni kam miqdorda o‘tkazadigan
qatlam bo‘lib, u lenta bo‘ylab taqsimlanadi. Bu jarayonning borishi ish
unumdorligini 40%gacha kamaytiradi. Shuni xulosa qilib aytish mumkinki,
tarkibida mayin fraksiya bor shixtaning maydalanishi juda murakkab jarayon bo‘lib,
uni kuydirishdan oldin tarkibini tayyorlash kerak.
4. Yiriklashirishda va briketlashda qo‘llaniladigan asosiy dastgohlar. Briketlash, termokimyo, mustahkamlik, g‘ovaklik, qovushtiruvchilar va chiqindi.
Ruda va boyitmalarni briketlash termokimyoviy jarayon bo‘lib, eritishga beriladigan
shixtani bo‘laklashdan iboratdir. Odatda, bu ruda va shixta tarkibiga birikmalardan
tashqari metallurgik korxonalar chiqindisi hamda fluslar yig‘indisi kiradi. Briketlash
– shixtani maxsus shaklga joylashtirib, uni presslash hamda ma’lum darajada issiqlik
berish natijasida amalga oshiriladi. Issiqlik berish natijasida hosil bo‘lgan briketlar
tarkibidagi unsur elementlar (S, P, As)dan tozalanadi. Olingan briketlarning fizik-
kimyoviy xususiyatlariga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi:
Imzo
Sana
Bet
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Bs-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A.
Ba ja rdi
Tekshirdi
12>