Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Diolog
yondashuv, muammoli ta`lim, Bingoblis so‘rov, ajurli arra,
nilufar guli, muamoli ta’lim, munozara, o‘z o‘zini nazorat qilish.
Gandbol o‘yini texnikasi va taktikasini tasnifi.
Gandbol o‘yini texnikasi va taktikasini tasnifi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Maydon o‘yinchisining texnikasi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega qilish., darvozabon o‘yin texnikasi haqida nazariy ma’lumotlarga
ega qilish, qo‘l to‘pi o‘yin taktikasi haqida nazariy bilimlarga ega qilish..
Qo‘l to‘pi o‘yin texnikasini 2 ta bo‘limga bo‘linishi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish, harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Qo‘l to‘pi o‘yinida darvozabon o‘yin texnikasi, o‘yin texnikasini bo‘limlardan guruhlarga bo‘linishi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Qo‘l to‘pi o‘yin taktikasi haqida ma’lumot berish. Qo‘l to‘pi o‘yin taktikasini bo‘linishi himoya va hujum taktikalari to‘g‘risida ma’lumot berish. Qo‘l to‘pi o‘yinida jamoaviy, guruhli va yakka holda hujum va himoya taktikalari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Qo‘l to‘pi o‘yinida hujumga
qarshi tez himoya taktikalari, o‘yinchilarni joylarini almashtirish, to‘psiz harakat qilish texnika va taktikalari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Diolog yondashuv, muammoli ta`lim, Bingo blis so‘rov, ajurli arra, nilufar guli, muamoli ta’lim, munozara, o‘z o‘zini nazorat qilish.
O‘yin texnikasiga dastlabki o‘rgatish uslubiyati
1Sport amaliyotida dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport trenirovkasining fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda o‘rgatish uslublari va vositalaridan to‘gri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi.
Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetic hamda biopsixologik xususiyatlari е’tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda dastlabki o‘rgatish jarayonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me’yorlanishi va qo‘llanilishi lozim. Ma’lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga еgadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to‘garaklarida
ijro еtiladigan
1Pavlov Sh., Abduraxmanov F., Akromov J. “Gandbol” darslik. T, O‘zDJTI 2005 y.