Falsafa asoslari


Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo‘nalishlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo‘nalishlari. Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Zero, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahoi sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas.


29

Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bo- bil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini, qadimgi Xitoy va Hindiston diyorida yashagan xalqlarning ma'naviy merosini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta'limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davr- larda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohaza- lari, o‘ziga xos ta'limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz.

Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Ko‘xna Sharq sivilizatsiya- sining beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryo- si bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topa boshlagan edi. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog‘liq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi.

Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o'rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu — o‘sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u — davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy tarz- da ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo‘lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.


30

Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida ni- hoyatda ojiz bo£lgan odamzod, albatta, tevarak-atrofdagi voqea- hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko£nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmas- likning imkoni ham yo£q edi. Bu — o£sha davrlardan qolgan yoz- ma manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o£z quli bilan hayoti- ning mazmuni haqida suhbati», «Mug£anniyning qo‘shig‘i», «0£z hayotidan xafsalasi pir bo£lgan kishining o£z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda aks etgan.

Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, ilohiy kuchlarga ishonch, ularning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bolgan bo£lsa, ik- kinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo£lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivili- zatsiyalarga xos deyish mumkin.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin