Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə116/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)

Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan «Falsafiy antropologiya» deb ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab mo‘ljal oluvchi faylasuflarning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning ekzistensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya» tushunchasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob-uqubatlarida namoyon bo‘luvchi inson hamda dunyo aloqalarini izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.


Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya dastlab nemis faylasufi va sosiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf X.Plesner (1892-1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904-1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb e’lon qiluvchi personalizm uni o‘rganishga nisbatan ancha murakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqarrar tarzda o‘zidan tashqarida ko‘radi – bu eksteriorizasiya, u teran ichki me’yor va mo‘ljallardan oziqlanadi – bu interiorizasiya. Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor chegaralaridan o‘tib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zalikka intiladi – bu transsendensiyadir.
Inson ko‘plab fanlar o‘rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens turi sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya obyekti, sotsiologiya uchun - turli munosabatlar subyekti, kulturologiya uchun - madaniyatning obyekti va subyekti, iqtisodiy nazariya uchun - asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo.
Tabiiy fanlar orasida an’anaviy (biologiya, antropologiya, medisina va boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hoka­zo) paydo bo‘ldi. Ijtimoiy bilim sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida «yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko‘rsatishadi.
XX asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning faol differensiasiyasi va integrasiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sosiobiologiya, psixofiziologiya va boshqalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu hol falsafaning inson muammolarini ko‘rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada dolzarb etib qo‘yadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin