ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z
tabiatining ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari
xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm
g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bolib qolar edi va shunday
boldi ham. 354-yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm
— gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari
moddiy va ruhiy dunyo
o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt
yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod- diy dunyoni yaratishi mumkin emas,
deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta
asrlarda
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab boldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi.
Apologetika
so‘zining
lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan
dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech
qanday oqlashga
loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik)
adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan
foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni
inkor qilish va
tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy
harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar.
Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va
Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: