Strukturalizm
(asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning
obyektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi Stross mifologik
tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning
umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni
bir-biriga tola muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga kola shunday
prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini
insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi.
Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini
qaratadi. Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot
jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy
vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. Bu
oqim vaglllari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror-bir tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi
tadqiqotchining davr xususiyatlarini tola his etishi, tushunishi bilan bogliq. Hozirgi davrda bu
ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30-yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya tom ma’noda
mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi ta’limotlarni
insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g‘oyalari asosida umumlashtirdi. Bu
muammolarnmg talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun
ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bolib qoldi. Ekzistensializm vakillari
asosan ikki yo‘nalishga bolinadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi
diniy (Yaspers, Marsel) bolib bunday bolinish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga kola, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi
erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bolib, ulardan qaysi birini
tanlashda u erkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini oczi erkin belgilaydi, uning kim bolib
yetishishi faqat uning o‘ziga bogliq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan,
tugallanmagan loyihaga o‘xshatiladi. Erkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy
holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir,
Chunki bunda inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspers va Marsel fikricha, inson o‘z erkin faoliyati
davomida Xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolglzlikda namoyon boladi. «Axlika, mas’uliyat sof
erkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini tolaligicha anglaydi. Hayot va olim,
qolqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bolmasligi abadiy, inson umri olkinchi bolganligi uchun
ham dahshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQSHda keng tarqalgan. Umuman
olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yollari
vausullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba»,
«haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir.
Ularning ta’limotida olamning o‘zgamvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif
va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul
qilishni talab etuvchi hodisalar majmuyi sifatida ta’riflaydilar. Insonning xatosiz faoliyat
ko‘rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui
fikricha, intellekt insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga
yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam
berishdan iborat. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Jems fikricha,
haqiqat foydali bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSH ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi
ishbilarmonlar, menejerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan.
Amerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi o‘zgarishida, hozirgi
amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar
sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga
oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Aflotun
zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu g‘oyalarning rivojida XVII—XVIII asrlarda
yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis
falsafasining yirik namoyandasi Hegel katta hissa qo‘shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi
ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari suradigan
ta’limotlar talaygina. Ko‘pchilik tadrijiy yo‘lni ma’qul ko'radi va biz yuqorida tilga olgan
faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdorlaridir.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana
shunday nazariyalardan biri marksizm bo‘lib, keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga
aylangan bu ta’limotning asoslari K. Marks (1818—1883) va F. Engels (1820—1895) asarlarida
ta’riflab berilgan va keyinchalik hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning K. Kautskiy, V.
Plexanov boshliq mo‘tadil tarafdorlari sotsial-demokratiyaga ko‘proq moyil borishdi. Rossiyada
V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini
mutlaqlashtirish yolidan bordilar. Bu o‘z navbatida, inqilobiy sakrash usulini tanlashga olib keldi
va Rossiyani terror yoliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar
taqdirida g'oyat salbiy o‘rin tutishi ma’lum boldi.
G‘arbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar.
Ko‘pgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy emas, tadrijiy sakrash
yolidan borish ustuvor bolishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlariga
ko‘ra jamiyat, millat emas, sinf va ular o‘rtasidagi kurash taraqqiyotni belgilaydi, degan o‘sha
ta’limotga bogliqligicha qolmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari hududida
mutlaq hukmron bolgan ushbu mafkuraning taqdirini va oqibatini o‘rganish, uning tarixidan
xolisona xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib
qo‘yish ham foydadan xoli emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda bermaydi. Zero,
ta’limotlar tarixi — insonlar, xalqlar va ularning taqdiri, jamiyat va davlatlar yuksalishi yoki
tanazzuli tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul ko‘p hollarda muayyan g‘oyalar, mafkuralar
ta’sirida ro‘y beradi. Gohida minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g‘oyalar yoki
mafkuralar oxir-oqibat ana shu millionlarning zavoliga sabab bolishi ham mumkin. Biz qisqa
tahlil qilgan marksizm va keyinroq u paydo bolgan hududda shakllangan natsional sotsializm
(fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa, biror
ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi,
bu o‘z navbatida jaholat va qabohatga eltuvchi yoldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat. tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni umumlashtirish natijasida
ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning
xilma-xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko‘ra, jamiyat tarixi — o‘ziga xos
madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot
shakllarining rang-barangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bolsa,
jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir
narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 1936) va ingliz tarixchisi
A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O.
Shpengler o‘zining «Yevropaning so‘nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bo'lgan
madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil
madaniyatni ko‘rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab
madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o‘ziga xos diniy asosga ega
bolib, ularning har biri qat’iy biologik maromga (ritmga) bo‘ysunadi. Va quyidagi asosiy
davrlarni bosib o‘tadi: tug‘ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so‘nish. Buning asosida
madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat
ravnaqi (sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»). O. Shpengler
yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Har
bir madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini
mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o‘zining 12 jildlik «Tarixni o‘rganish» asarida
madaniyatlarning hududiy rivojlanish g‘oyasini davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler
konsepsiyasidan o‘zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o‘z hayotini erkin
belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan
iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar
(buddizm, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil
g'oyasi bilan boyitilgan. Toynbi G‘arb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga qarab
borayotganligini ko‘rsatib, uning oldini olish yolini ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona
dinni qabul qilishlarida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi
ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmoqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat
g'oyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko‘ra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni
— sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar
shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa-da,
yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon
bilan bog‘liq murakkab fan ekanligi to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi
bilimlarimiz, o‘z navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga,
ma’naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |