anglay boshlamdi. Albatta, bungacha ikvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparastlik
changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.
Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqidaparastlik o‘z ta’sirini tola-
to‘kis saqlab qola olmaydi. Yevropada ham xuddi shunday boldi. Ma’nan kamolga yetgan, milliy
davlatchiligiga ega bolgan va ana shu mustaqil davlatlarini kamolga yetishi uchun qarzdor
ekanligini anglab olgan Yevropa millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi inkvizitsiyaning,
aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q ekanligini angladilar. Yevropa
uyg'ondi.
Yevropada aynan ana shu davrda ilgarigi, butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning
xilma-xil oqimlari umumiy va yagona mafkura rolini o‘tab kelgan davr tugadi. Endi diniy
oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinishning mutlaqlashtirilishi natijasida
vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Yevropani boshqarib kelgan
qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o'tmishga aylana boshladi. Ilm-fan
sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi.
Falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari uchun odatiy
holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar
xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk
ko‘tarilish davrlaridan biri bolib qoldi.
Dostları ilə paylaş: