Fransuz falsafasi . O‘rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada shakllangan
milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o‘rin tufadi. Bu borada R. Dekart, Volter, Lametri,
Gelvetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596—1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha materiya va
ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u
inson tafakkuriga bog‘liq bolmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men
fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhurdir. Bilishda
fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm
ta’limotining asoschisi bolib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi
shubha ostiga olib bolmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha
ostiga olish mumkin. Dekart o‘sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bolib, o‘z
davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim
hisoblanadi.
Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‘z davrida fransuz hayotida nihoyatda katta
ahamiyatga ega bolgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga
alohida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan yuksaklikka ko‘tarish va
ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o‘z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yollari va
usullarini kolsatib berganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko‘p tomlik «Ensiklopediya» o'sha zamonning ma’naviy
muammolarini ma’rifatli yol bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan
«Yevropa qomusi» darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko‘pgina
ma’rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bolib, o‘zining ahamiyati,
muammolarining umuminsoniy nuqtayi nazaridan yechilishi, xalqchilligi va tilining fransuz
millati hayot tarziga yaqinligi bilan ensiklopediya XVIII asr Yevropasining tengi yo‘q kitobi edi.
Aynan ana shu kitob mualliflari o‘zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789—1884-
yillardagi Fransuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar deklaratsiyasi»da ilgari
surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiyat taraqqiyotining eng ustuvor ma’naviy mezonlariga
aylantirdilar.