Sirka kislota bo'yoqlar ishlab chiqarishda, plastmassalar, dorilar (aspirin, fenatsetin), sun'iy tola, yonmaydigan kinoplenka va hokazolar ishlab chiqarishda; uning tuzlari esa gazlamalarni bo'yashda, tibbiyotda, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda; murakkab efirlari erituvchi va xushbo'y vositalar sifatida ishlatiladi.
Palmitin va stearin kislotalari sham ishlab chiqarishda, ularning natriyli tuzlari xo'jalik sovuni, kaliyli tuzlari esa tibbiyot uchun suyuq sovunlar ishlab chiqarishda qo'llanadi.