Fan dasturi


  Boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi: Matematika



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix24.05.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#59392
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Zbekiston respublikasi (1)

15 
Boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi: Matematika
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
 
bo‘lgan masofa. Parallel tekisliklar orasidagi masofa. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar 
orasidagi masofa.
Uch perpendikulyarlar haqidagi teorema va unga teskari teorema.
Ikki yoqli burchak va uning elementlari. Ikki yoqli burchakning chiziqli 
burchagi. Tekisliklar orasidagi burchak. Fazoda perpendikulyar tekisliklar. 
Tekisliklarning perpendikulyarlik alomati va undan kelib chiqadigan natijalar.
Fazoda ortogonal proyeksiya. Ko‘pburchakning ortogonal proyeksiyasining 
yuzi. Ortogonal proyeksiyadan texnikada foydalanish.
Amaliy mashq va tatbiq. Amaliy, kundalik turmushda uchraydigan va 
fanlararo bog‘liqdagi masalalarni yechish.
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: 
fazoviy geometrik shakllar (jismlar); ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar; ko‘p 
yoqliklar: prizma, parallelepiped, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va 
ularning elementlari; ba’zi ko‘p yoqliklarning yon sirti va to‘la sirtini hisoblash 
formulalaridan foydalana oladi;
kesishuvchi, parallel va ayqash to‘g‘ri chiziqlar; kesishuvchi va parallel 
tekisliklar, fazoda to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari; ko‘pyoqliklarning sodda 
kesimlarini yasay oladi; 
fazoda ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi; fazoda tekislik va to‘g‘ri 
chiziqning o‘zaro joylashuvi; fazoda ikki tekislikning o‘zaro joylashuvi. Parallel 
to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari; fazoviy jismlarni tekislikda tasvirlay oladi
fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi tushunchalari; 
perpendikulyar to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari. Perpendikulyar va og‘ma. 
Fazoda masofalarni aniqlash; nuqtadan to‘g‘ri chiziqgacha va tekislikkacha bo‘lgan 
masofalarni hisoblash; fazoda ortogonal proyeksiya va undan texnik 
chizmachilikda foydalana oladi. 
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): 
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni nostandart 
vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik 
vaziyatlarda qo‘llay oladi; 
standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, 
deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur 
yurita oladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin