O'yuvchi ishqorlar magniy ioni bilan (pH>10,5) oq amorf magniy gidroksid - Mg(OH)2 cho'kmasini hosil qiladi:
MgCl2 + 2KOH → Mg(OH)2↓ + 2KC1
Mg2+ + 2OH-→ Mg(OH)2↓
Bu reaksiya magniy ionini birinchi analitik guruhning ammoniy boshqa kationlaridan ajratish uchun (ular suvda yaxshi eriydi) ishlatilishi mumkin. Magniy gidroksid kislotali muhitda eriydi (tekshirib ko'ring). Ammoniy tuzlari gidrolizlanganda kislotali muhit hosil bo'ladi, shu bois magniyni boshqa kationlardan ajratish uchun ammoniyni eritmadan yo'qotishingiz kerak.
Ushbu reaksiyani filtr qog'ozida tomchi reaksiyasi (N.A.Tananayev) tarzida o'tkazganda, reaksiyaga kaliy, natriy, kalsiy, stronsiy va bariy ionlari xalaqit bermaydi.
Tomchi reaksiyasini o'tkazishuchun filtr qog'oziga bir tomchi fenolftalein eritmasi, bir tomchi neytral muhitdagi tekshiriladigan eritma va bir tomchi ammiak tomizing. Qo'shilgan ammiak va hosil bo'lgan magniy gidroksid muhitni ishqoriy qiladi, bu muhitda fenolftalein qizarib, dog` hosil bo'ladi. Tekshirilayotgan eritmada magniy borligiga ishonch hosil qilishingiz uchun filtr qog'ozini gorelkadan yuqoriroq tuting, quritilganda dog' yo'qoladi. Agar quruq filtr qog'ozini distillangan suv bilan ho'llaganingizda qizil dog' yana paydo bo'lsa, bu magniy gidroksid hosil bo'lganligini ko'rsatadi.
2. Eruvchan karbonatlarmagniy ioni bilan oq rangli amorf magniy gidroksikarbonat cho'kmasini hosil qiladi:
2MgCl2 + 2Na2CO3 + H2O →(MgOH)2CO3↓ + 4NaCl + CO2↑
2Mg2+ + 2CO32- + H2O→ (MgOH)2CO3↓ + CO2↑
Cho'kma kislotalar va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi.
(MgOH)2CO3 + 4NH4C1 + HOH → 2Mg2+ + 4NH4OH + CO2↑
Shu bois ammoniy tuzlari ishtirokida magniyni cho'ktirish to'la bo'lmaydi, binobarin, magniyni to'la cho'ktirish uchun ammoniy ionini eritmadan yo'qotishingiz kerak. Buning uchun ishqoriy muhitda qizdirishdan foydalanishingiz mumkin (qaysi ishqorni qo'shganligingizni esda tuting). Ammoniy karbonat Mg2+ ionini asosli tuz ko'rinishida to'la cho'ktirmaydi. Bu xossadan foydalanib, ortiqcha miqdor ammoniy tuzlari ishtirokida magniy ionini ikkinchi guruh kationlaridan ajrating. Ikkinchi guruh kationlarini ajratishda magniy ioni eritmaga o'tib, birinchi guruh kationlari bilan birga eritmada qolgani uchun magniy kationi birinchi guruhga kiritiladi. Magniy ionini cho'ktirishga litiy ioni xalaqit beradi, biroq magniy ionini ammoniy xlorid ishtirokida ammoniy karbonat ta'siri bilan cho'ktirsangiz, litiy xalaqit bermaydi.