Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə43/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
12 Cифat анализ

Reaksiyani bajarish uchun probirkadagi magniy tuzining 2-3 tomchisiga shuncha natriy karbonat eritmasi quying va qaynaguncha qizdiring.
3.Natriy gidrofosfat magniy ioni bilan NH4OH va NH4C1 ishtirokida reaksiyaga kirishib, mineral va sirka kislotalarda eriydigan oq rangli kristal cho'kma - magniyammoniy fosfat MgNH4PO4 hosil qiladi:
MgCl2 + Na2HPO4 + NH4OH → MgNH4PO4↓ + 2NaCl + H2O
Mg2+ + NH4+ + PO43-→MgNH4PO4
Magniyni ushbu reaksiya yordamida topishga litiy va boshqa gruppalar kationlari xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish uchun magniy tuzining 2-3 tomchisiga shuncha miqdorda NH4OH eritmasi quying, tushgan cho'kmani NH4C1 eritmasida eriting va eritma aralashtirilib turgan holda tomchilatib Na2HPO4 qo'shing.
Mazkur reaksiya yordamida magniyni mikrokristalloskopik topish uchun mikroskopning buyum oynasiga bir tomchidan tekshirilayotgan eritma, ammoniy xlorid eritmasi va konsentrlangan ammiak eritmalaridan, so'ngra unga Na2HPO4∙6H2O kristalidan qo'shing. Buyum oynasi sekin suv hammomi qopqog'ida qizdirilganda olti uchli yulduzga o'xshash kristallar hosil bo'ladi. Agar cho'ktirishni suyultirilgan eritmalardan bajarsangiz, shakli o'zgargan kristallar hosil bo'lganini ko'rasiz.
Magniyammoniy fosfat cho'kmasi kislotalarda (hatto sirka kislotada ham) eriydi. Mikrokristalloskopik reaksiyani kalsiy ioniishtirokida o'tkazsangiz tekshiriladigan eritmaga limon kislota qo'shishingiz mumkin.
4. Kaliy digidroantimonat magniy ioni bilan pH>7 bo'lganda, kislotalarda eriydigan oq kristal Mg(H2SbO4)2, Mg(OH)2 cho'kmalar aralashmasini hosil qiladi:
MgCl2 + 2KH2SbO4→ Mg(H2SbO4)2↓ + 2KC1
Bundan shunday xulosa chiqadiki, Mg2+ ioni Na+ionini topishga xalaqit beradi va, demak, uni oldin KOH ta'sirida cho'ktirib ajratishingiz kerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin