Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə45/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
12 Cифat анализ

3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar ta'siridan Mn2+ ion kislotalarda eriydigan oq rangli MnCO3 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + CO32-→MnCO3
4. Natriy gidrofosfat Mn2+ ionga ta'sir ettirilganda kuchli mineral va hatto kuchsiz sirka kislotada ham eriydigan (alyuminiy, temir (III), xrom (III) va titan (IV) fosfatlaridan farqli ravishda) oq rangli Mn3(PO4)2 cho'kma hosil bo'ladi:
3Mn2+ + 4HPO42-→ Mn3(PO4)2↓ + 2H2PO4
5. Oksidlash reaksiyasi yordamida Mn2+ ionini topish mumkin. Bunda PbO2, ammoniy persulfat (NH4)2S2O8, natriy vismutat -NaBiO3, H2O2, KC1O3, C12, Br2 va boshqa oksidlovchilardan foydalaniladi. Oksidlash reaksiyalari kislotali yoki ishqoriy muhitlarda o'tkazilishi mumkin.
Kislotali muhitda rangsiz Mn2+ ionga PbO2 ta'sir ettirilib, qizdirilsa pushti rangli HMnO4 hosil bo'ladi:
2Mn2+ + 5PbO2 + 6H+→2HMnO4 + 5Pb2+ + 2H2O
Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 1-2 tomchi Mn (II) sulfat yoki nitrat eritmasi, 4-6 tomchi 6 N HNO3 eritmasi tomizib, unga ozgina PbO2 kukunidan solinadi va aralashma qaynaguncha qizdiriladi. PbO2 tarkibida marganetsning kirishmalari bo'lishi mumkinligidan ushbu reaksiya bilan bir vaqtda salt tajriba o'tkazing. Salt tajribani ham xuddi shu sharoitda (unga tekshiriladigan eritma tomizilmaydi) o'tkazing. Marganetsning kirishmalari bo'lmasa, rang paydo bo'lmaydi. Mazkur reaksiya marganetsni topishda ancha sezuvchan bo'lganligi uchun ko'p qo'llaniladi.
Kislotali muhitda, shuningdek, marganets (II) ionini KC1O3 ta'sirida (qizdirib) qo'ng'ir rangli H2MnO3 gacha oksidlash mumkin:
5Mn2+ + 2KC1O3+9H2O→5H2MnO3 +8H++C12+ 2K+
Ishqoriy muhitda Mn2+ ionining rangsiz eritmasi H2O2 ta'sirida qo'ng'ir rangli H2MnO3 cho'kmaga aylanadi:
Mn2++ 2KOH→Mn(OH)2↓ + 2K+
Mn(OH)2↓+ H2O2→H2MnO3↓+ H2O
yoki umumiy holda
Mn2+ + H2O2 + 2OH-→H2MnO3↓ + H2O

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin