Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


O'yuvchi ishqorlar va ammiak



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə52/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
12 Cифat анализ

2.O'yuvchi ishqorlar va ammiak surma (III) ioni bilan ta'sirlashib, oq rangli metaantimonat kislota cho'kmasi hosil qiladi:
[SbCl6]3- + 3OH -→HSbO2↓+ 6Cl-+ H2O
Hosil bo'lgan cho'kma kuchli kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriydi:
HsbO2 + 3H+ + 6Cl-→[SbCl6]3-+2H2O
HSbO2 + OH-→ SbO2-+ H2O
3. Natriy tiosulfat kuchsiz kislotali muhitda SbCl3eritmasi bilan qizdirilganda, surma oksosulfidning qizil cho'kmasini hosil qiladi:
2SbCl3+ 2Na2S2O3+ 3H2O=Sb2OS2↓+ 2Na2SO4 + 6HC1
Mo'l kislota reaksiyaga xalaqit beradi, u natriy tiosulfat bilan ta'sirlashib, S va SO2 hosil qiladi.
4. Nessler reaktivi – K2[HgJ4] eritmasiga 3-4 tomchi SbCl3 eritmasi
va 1-2 tomchi ishqor eritmasi ta'sir ettirilsa, K2[HgJ4] simobgachaqaytariladi (qora cho'kma). Bu reaksiyaga Sn2+ioni xalaqit beradi,shuning uchun undan Sn2+ ioni ajratilgach, foydalanish mumkin.Surma (V) bunday reaksiyada qatnashmaydi.
5. Oksixinolin KJ ishtirokida kuchli kislotali muhitda (pH3+kationlari bilan sariq rangli C9H?ONHSbJ4tarkibli cho'kma hosil qiladi. Bu reaksiyadan qalay va mishyak ishtirokida (boshqa ionlar bo'lmaganda) surma (III) ionini topishda foydalaniladi.
Reaksiyani bajarishda probirkaga 2-3 tomchi tekshiriladigan eritma, bir necha tomchi 6 N HC1 eritmasi, 1 -2 tomchi oksixinolin eritmasi va 1 -2 tomchi KJ eritmasi tomiziladi. Natijada sariq cho'kma hosil bo'ladi.
6.Vodorod sulfid kuchli kislotali muhitda surma (III) ioni bilan to'q sariq-qizil rangli Sb2S3 cho'kma hosil qiladi. Hosil bo'lgan cho'kma nitrat kislotada erib, oq rangli metaantimonat kislotaga aylanadi:
Sb2S3+ 28NO3-+ 22H+=2HSbO3↓+ 3SO42- + 28NO2↑+ 10H2O
Cho'kma, shuningdek, konsentrlangan xlorid kislotada ham (mishyak polisulfidlaridan farqli ravishda) eriydi:
Sb2S3+ 6HC1=2Sb3++ 3H2S↑+ 6Cl-

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin