Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə49/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
12 Cифat анализ

Reaksiyani bajarish uchun temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi xlorid kislota va reaktiv eritmasi asta-sekin 2-3 tomchi qo'shiladi.
6. Dimetilglioksim (Chugayev reaktivi) temir (II) ionidan suvda eriydigan qizil rangli ichki kompleks birikmahosil qiladi. Reaksiyaammiakli muhitda o'tkazilishi kerak.Temir (II) ioni oson oksidlangani uchun unga ko'pincha temir (III) ioni aralashgan bo'ladi. Shu bois dimetilglioksim yordamida temir (II) ionini topish uchun qo'shiladigan ammiak ta'siridan Fe(OH)3 hosil bo'lishining oldini olish kerak, buning uchun aralashmaga temir (III) ionini kompleks birikma shaklida niqoblaydigan vino kislota eritmasi qo'shiladi. Dimetilglioksim nikel ioni bilan ham qizil-pushti rangli cho'kma hosil qilganligi uchun bu reaksiyani eritmada nikel mutlaqo ishtirok etmaganda o'tkazish lozim.Agar eritmada nikel bo'lsa, oldin uni eritmadan yo'qotish kerak.
Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi temir (II) tuzi eritmasiga bir tomchi vino kislotasi eritmasi, 2-3 tomchi ammiak eritmasi va dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo'shiladi.
6.5. Vismut kationining reaksiyalari
Vismut (III) ioni suvli eritmalarda rangsiz. Uning ko'pchilik tuzlari gidrolizga moyil bo'lganligidan eritmalarni tayyorlashda tegishli kislota qo'shiladi. Qo'shilgan kislota gidroliz reaksiyasini susaytiradi.
1. O`yuvchi ishqorlar — NaOH, KOH Bi3+ ioni bilan suyultirilgan kislotalarda eriydigan Bi(OH)3 oq cho'kmani hosil qiladi:
Bi (NO3)3+ 3KOH →Bi(OH)3 ↓+ 3KNO3
Bi3++3OH- →Bi(OH)3
Reaksiyani bajarish uchun Bi3+ tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi ishqor eritmasi qo'shiladi.
2. Suvning ta'siri (gidroliz). Vismut tuzlari suvda gidrolizlanib, gidroksi tuzlarning oq cho'kmalarini hosil qiladi:
BiCl3 + 2H2O → Bi(OH)2Cl ↓+ 2HC1
Bi(OH)2Cl →BiOCl ↓ + H2O
Cho'kma xlorid kislotada eriydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin