Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi “Matematik analiz” fanidan Kurs ishi Mavzu



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/10
tarix20.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#61907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial t

Mavzuning dolzarbligi: Matematik analiz fanini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ziyraklik, diqqat rivojlanadi. Har bir o’quvchining qobiliyati, sezgilari va o’zlashtirishi o’ziga xos hamda bir-biriga o’xshamasdir. Biri eshitib mavzuni yaxshi eslab qolsa, yana biri o’qib, boshqasi esa ko’rish orqali xotirasida yaxshi eslab qoladi. Shunday ekan biz darslarni ko’rgazmali va zamonaviy texnalogiyalardan foydalanib o’tishimiz zarur.
Ishning maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsadi xosmas integral elementlarini o’quvchilar ongida shakllantirish va ularga tanishtirib borishdan iborat.
O’quvchilar integral va aniq integralni hisoblay olishni, birinchi tur xosmas integrallar, birinchi tur xosmas integrallar uchun yaqinlashish belgilari, parametrga bog’liq xosmas integrallar, parametrga bog’liq xosmas integrallar uzluksizligi, parametrga bog’liq xosmas integrallarni hisoblash, ustida bajariladigan amalni hisoblay olish ko’nikmalarini egallashiga yordam berish. Darslarni hozirgi zamonaviy texnalogiyalardan foydalanib o’tish.
Ishning tuzilishi: kirish qismi, ikki bob, 5 ta paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ushbu ish matnli sahifalardan tashkil topgan.
Kirish qismida: mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tuzilishi haqida;
Birinchi bobida: birinchi tur xosmas integrallar, birinchi tur xosmas integrallar uchun yaqinlashish belgilari haqida;
Ikkinchi bobida: Parametrga bog’liq xosmas integrallarda integral belgisi ostida limitga o’tish, parametrga bog’liq xosmas integrallarning parametr bo’yicha uzluksizligi haqida gap yuritilgan.
I BOB
XOSMAS INTEGRALLAR
Aniq integralning ta’rifida integralning chegaralari chekli, integral ostidagi funksiya esa kesmada chegaralangan bo’lishi talab etiladi. Agar bu shartlardan birontasi bajarilmasa ta’rif ma’nosini yo’qotadi. Bunday hollarda aniq integral ta’rifini umumlashtirish mumkin, natijada xosmas integrallar tushunchasiga kelamiz.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin