Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
103 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, bu ishlarda yoʻq oning gunohi.  
Vale kelmakda ojizdur bagʻoyat,  
Manga qilsang bu kelmakni inoyat.  
Nekim holi desang, jon birla qilsun,  
Ne soʻngra ahdu paymon birla qilsun».  
Koʻrub Shorurgʻa ul qissani kom,  
Aning kelmokligidin kechti Bahrom.  
Dedi: «Lekin bu kishvar ahli ta’yin  
Qila olmosa nekim qilsa taxmin  
Ki, to Xusrav cherik chekmish bu sori,  
Ne nuqson boʻlmish andin elga tori.  
Ham oncha vajh andin elga yetsun,  
Ani yetkurgach oʻz mulkiga ketsun.  
Vale ahd aylasunkim, yetsa filhol,  
Yana bir oncha andin qilsun irsol».  
Degach Shorur hukm ul notavongʻa,  
Eshitgach hukm, minnat qoʻydi jongʻa.  
Nekim el istadi toʻkti xizona,  
Xizona sarf etib boʻldi ravona.  
Yana oncha yibormakka qilib ahd,  
Ani ham yetkurub koʻp aylabon jahd.  
Yigʻib Arman elin farxunda hokim,  
Qilib Farhod uchun raddi mazolim  
Ki: «Xusravdin ne ishkim boʻldi hodis,  
Kishikim desa Farhod erdi bois;  
Nekim arz etsa nobudu ziyondin,  
Olib za’fini, xushnud oʻlsun ondin».  
Bu soʻzdin shoʻru gʻavgʻo tushti har yon,  
Figʻon birla alolo tushti har yon  
Ki: «Haqdin borimizning iltimosi  
Bu erdikim, aning boʻlsoq fidosi.  
Chu biz yoʻlida soʻz jondin degaybiz,  
Ne boʻlgʻay molkim, ondin degaybiz.  
Emas el royi birla hukmi taqdir,  
Nekim taqdir anga boʻlmish ne tadbir.  
Duosigʻa hamisha mushtagʻilbiz,  
Ne qilmish har ne qilmish ham bihilbiz».  
Muhosiblargʻa ta’yin etti filhol  
Ki, ul el ichra qismat torti amvol.  
Tuzarga mulk aro hashmat asosin,  
Tilab el ichra Bonu aqrabosin.  
Birovnikim, topib borigʻa foyiq  
Ki, boʻlgʻay saltanat amrigʻa loyiq.  
Qilib Arman elining rodshohi  
Ki, boʻlgʻay kishvar ahlining ranohi.  
Qilib ul adl oyinini bunyod  
Ki, adlidin boʻlub vayronlar obod.  
Ne yerkim buzdi beandoza Xusrav,  
Ani aylab imorat toza xusrav.  
Berib Bahrom anga hashmat asosin,  
Livou toju ganji beqiyosin.  
Topib ham maqdamidin taxt roya,  
Solib ham boshi uzra chatr soya.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin