Fitoterapiya


Ateriskeleroz,  aritmiya  va  gipertonida  ishlatiladigan  fitopreparatlar.  Ularni



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32

10.2.Ateriskeleroz,  aritmiya  va  gipertonida  ishlatiladigan  fitopreparatlar.  Ularni 
fitoterapiyasi. 
Aritmiyaga qarshi ishlatiladigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
Bu  guruhga  yurakning  bir  maromda,  ritmik  urishining  buzilishida  ijobiy  ta‟sir  etadigan 
dorivor o„simlik preparatlari kiradi. 
YUrakning  ritmik-bir  tekisda  to„g„ri  qisqarishining  buzilish  holati,  yurakning  o„zida 
bo„ladigan  kasalliklarda  va    undan    tashqaridagi  turli  patologik  o„zgarishlarda  kuzatilishi 
mumkin.  YUrakning ishemik kasalligida, miokard infarktida, revmakardit, miokardit, organizm 
intoksikastiyasida,  elektrolit  almashinuvining  buzilishida  (Kq  ioni  etishmasligi  va  Saqq 
ko„payishi) va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir bo„ladi (taxi va bradiaritmiya). 
Taxiaritmiya-ritmning  tezlashishi  bilan  boradigan  xili.  Bunga  ekstrasistoliya,  paroksizmal 
taxikardiya va lipillash bilan boradigan (mersatelnaya) aritmiya misol bo„lishi mumkin. 
Bradiaritmiya  esa  yurak  urishining  sekinlashishi  bilan  davom  etadi  (bir  daqiqada  45-55 
marta) va bu holatda ritm juda sekinlashib qolsa, kollapsga olib keladi. 
SHuni  qayd qilib o„tish kerakki so„nggi vaqtlarda aritmiya kasalligiga chalingan  bemorlar 
soni ko„p uchraydigan bo„lib qoldi. 
Aritmiya  kasalligiga  duchor  bo„lgan  bemorlarga  davo  qilishda  antiaritmik  preparatlardan 
foydalaniladi. 
ЮЕ 
белгилари 
нафас 
сиқиши 
цианоз 
қоннинг
 
димланиш 
оғриқ 
шишлар 

71 
 
Taxiaritmiya  xastaligida  ishlatiladigan  dorilarning  asosiy  farmakologik  ta‟siri  yurak 
qo„zg„oluvchanligini  pasaytirishi,  yurak  avtomatizmini,  o„tkazuvchi  sistemalarini  tormozlashi 
bilan  izohlanadi.  Antiaritmik  preparatlarning  bunday  ta‟siri    ko„proq    miokardning  patologik 
o„zgargan  joylaridan  (ektopik  yoki  geterotrop)  paydo  bo„ladigan  qo„shimcha  (aritmiyaga 
sababchi)  impulslarga  qaratilgandir.  Ular  sinus  (Keyt-Flak)  tuguncha  avtomatizmiga  kam  kor 
qiladi. Atrio-ventrikulyar tuguncha va Gis bog„lamiga bo„lgan ta‟siri ancha sezilarlidir. 
Antiaritmik  prepartlarning  ta‟sir  etish  mexanizmi  shundan  iboratki,  ular  asosiy 
elektrolitlarni-kationlarni  hujayra    pardasidan  passiv  o„tishini  sekinlashtiradi.  Natijada 
elektrolitlar  muvozanatining  mahalliy  buzilishi  (kaliy  ionlarining  kamligi,  natriy  va  kalsiy 
ionlarining ko„payib ketishi) ro„y beradi. 
Ma‟lumki,  elektrolitlar  muvozanati  bunday  o„zgarishi  yurak  qo„zg„aluvchanligini  va 
avtomatizmini  kuchaytiradi.  SHunday  qilib  antiaritmik  preparatlar  ta‟sirida  hujayra 
membranasining  ikki  tomonidagi  elektrolitlar  soni  baravarlashadi.  Uning  elektr  qutbi 
doimiylashadi. 
Bunday  preparatlarga  sintetik  yo„l  bilan  olinganlaridan    tashqari,  dorivor  o„simlikdan 
tayyorlangan va ulardan olingan dorivor preparatlar kiradi. 
Bradiaritmiyada  asosan  M-xolinoblokatorlar  (atropin),  Zelenin  tomchisi  va  boshqalar 
ishlatiladi.  Bu  guruhga  kiruvchi  preparatlar  yurak  ritmini  tormozlovchi  adashgan  (varyc)  nerv 
faoliyatini  bloklaydigan  ta‟siri  bo„lgan  dorilar  hisoblanadi.  SHu  sababli  ular  yurak  urishini 
tezlashtirib,  bradiaritmiyani  bartaraf  etadi.  Zelenin  tomchisi  tarkibidagi  valeriana  nastoykasi 
tinchlantiruvchi ta‟sir etadi, belladonna nastoykasi esa M-xolinoblokator. 
Dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
1. qizil shirali sinxona (Xin daraxti). Sinxona krasnosokovaya  (Cinshona succirubra Pav.) 
Bu  o„simlik  doim  yashil,    bo„yi  15-20  m  ga  etadigan  daraxt,    vatani  Janubiy  Amerika 
davlatlari  (Boliviya,    Peru,    Kolumbiya,    Venesuela).  Hozirda  boshqa  davlatlarda  o„stiriladi. 
SHuningdek qora dengiz bo„yida bir yillik o„simlik sifatida o„stiriladi. 
Plantastiyalarda  o„stiriladigan    xin  daraxtining  po„stlog„i  tarkibida  10%  gacha,    yovvoyi 
xolda  o„sadigan  daraxtlar  po„stlog„ida  esa  2,5%    gacha  alkaloidlar  (1-7,5%    xinin,    0,65% 
xinidin, 4,85% sinxonin, 3,5% gacha sinxonidin) yig„indisi bor. 
Gruziyada o„stiriladigan qizil shirali sinxona  ildizida  1-2,14% alkaloidlar (xinin, xinidin, 
sinxonin, sinxinidin) yig„indi mavjud. 
Tibbiyot  amaliyotida  aritmiya  xastaligida  xinidin  alkaloidi    saqlagan  preparati  (xinidin 
sulfat)  ishlatiladi.  Bu  preparat  miokard  hujayra  pardasidan  natriy  va  kalsiy  ionlari  o„tishini  
kamaytiradi,  miokard    qo„zg„aluvchanligini  susaytiradi,  yurak  o„tkazuvchi  sistemasidan 
impulslar  o„tishini  sekinlashtiradi. Taxiaritmiya turlarida keng ishlatiladi.  Tabletkada (0,1-0,2g) 
chiqariladi.  Uzoq  muddatli  ta‟sir  etuvchi  preparatlari  ham    chiqariladi  (xinesteptin,    xiniduron, 
xinipek). 
2. Ilon  rauvolfiya.  Rauvolfiya zmeinaya  (Rauwolfia serpentina Benth.) 
Bo„yi  50-100  sm  ga  etadigan  doim  yashil  bo„ta.  Hindiston,  Tailand,  Hindi  Xitoy,  SHri 
lanka,  Birma  mamlakatlarida  o„sadi.  Gruziyaning  subtropik  hududida  o„stiriladigan  o„simlik 
ildizida  0,5-1,3,  ildizpoyasida  1-2%  alkaloidlar  (rezerpin,  aymalin  va  b.)  bor.  Rauvolfiyaning 
150  dan  ortiq  turi  mavjud.  Masalan,  Rauwolfia  caffra  turi  tarkibida  3,05%  gacha  alkaloidlar 
bo„lib,  ular  yig„indisidan  aymalin(1,25%),  serpentin(1,09%)  va  boshqalar  ajratib  olingan.  
Aymolin alkaloidi aritmiyaga qarshi ta‟sir etadi. Rezerpin va aymolin saqlagan raunatin preparati 
taxiaritmiyaning turli shakllarida beriladi. 
3. Parpi. Akonit (Aconitum L.) . 
O„simligining  uch  turidan  tibbiyotda  foydalaniladi:  Jung„or  parpisi  (Aconitum 
soongaricum Stapf), qorako„l parpisi (Aconitum karacolicum Rapcs.) va Aconitum leucostomum 
Worosch. Ular morfologik belgilari bilan bir-biriga juda yaqin. Parpining hamma qismi  zaharli.  
Parpi turlari Tyan-SHan tog„laridagi  suv  bo„ylarida, Issiqko„l atroflarida  o„sadi.  Ko„p  yillik  o„t 
o„simlik  bo„lib,    bo„yi  70-130  sm  ga  etadi.  Ildiz  tuganagi  tarkibida  2,35%  gacha  alkaloidlar 

72 
 
(alkonitin va b.) bo„ladi. O„simlikning er ustki qismi ham zaharli bo„lib, tarkibida 0,5%    gacha 
alkaloidlar saqlaydi. 
O„simlikning  uchinchi  turi  o„tidan  olingan  lappakonitinning    bromgidrat  tuzi  -  allapinin 
preparati  O„zbekiston  FA  O„simliklar  kimyosi  instituti  xodimlari  tomonidan  olingan  va 
o„rganilgan. 
Allapinin  aritmiyaga  qarshi  ta‟sirga  ega.  YUrakning    qorincha  usti  va  qorincha 
ekstrasistolasida  hamda  aritmiyaning  boshqa  turlarida  qo„llanadi.  Parpining  jung„or  turining 
quritilmagan bargidan nastoyka tayyorlanadi. Allapinin tabletkalarda (0.025 g),  eritma shaklida 
(0.5%-2 ml) ampulada chiqariladi. 
4. Do„lana. Boyarishnik  (Crataegus L.). 
Do„lananing  bir  necha  turlari  ma‟lum.  Ularni  bo„yi  5  m  ga  etadigan  bo„ta  yoki  kichik 
daraxt.  Sobiq  Itifoq  Respublikalarida,  shu  jumladan  Markaziy  Osiyoda  o„sadi.  Tibbiyotda 
do„lanani  13  ta  turi  ishlatiladi.  SHulardan  biri  O„zbekistonda  tabiy  holda  o„sadigan  Oltoy 
do„lanasi.(Crataegus altaica (Loud.)Lange). 
Do„lana mevasi  tarkibida  triterpen  saponinlar,   flavonoidlar (kversetin va b.), gullarida - 
efir moyi va boshqa moddalar bor. 
O„simlik guli va mevasidan tayyorlangan galen preparatlari  (nastoykasi, suyuq  ekstrakti) 
yurak  faoliyatini  yaxshilaydi,  qon  bosimini  qisman  tushiradi  va  aritmiyaga  qarshi  ta‟sir  etadi. 
Ayniqsa paroksizmal taxikardiyada va lipillash aritmiyasida qo„l keladi. 
Do„lana  mevasining  suyuq  ekstrakti  kuniga  20-30  tomchidan  3-4  marta  ovqatdan  20-30 
daqiqa oldin ichiladi. Gulining nastoykasi- ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 15-20 tomchidan 2-
3 marta  ichiladi.  Suyuq  ekstrakti kardiovalen preparati tarkibiga kiradi. 
qon tomirlarni kengaytiruvchi  dorivor  o„simliklar  va ularning  preparatlari 
Bu  guruhga  qon  tomirlar  (asosan  arteriya  va  arteriolalar)  tonusini  pasaytirib,  ularni 
kengaytiradigan preparatlar kiradi. 
Ma‟lumki, yurak-tomir kasalliklari xozirgi davrda eng  ko„p tarqalgan, hayot uchun xavfli 
va  nogironlikka  sabab  bo„lishi  jihatidan  boshqa  xastaliklar  orasida  birinchi  o„rinda  turadi.  Ular 
qatoriga    qon  tomirlarning  spazmi-  torayishi  bilan  o„tadigan  yurakning  ishemik  kasalligi, 
miokard  infarkti,  stenokardiya,  ateroskleroz,  gipertoniya,  qorason  (endoarteriit)  kasalliklari 
kiradi.  Ma‟lumki,  qon  tomirlar  tonusi  ularning  devorida  joylashgan  mushaklarga  bog„liq.  Bu 
mushaklar tonusi bo„shashsa, qon tomir kengayadi, ular qisqarsa tonusi oshib qon tomir torayadi. 
Agar  bu  o„zgarishlar  ko„pchilik  qon  tomirlarda  sodir    bo„lsa,    qon  bosimi  pasayishi  yoki 
ko„tarilishi mumkin. Ko„pchilik qon tomirlarning silliq mushaklari neyro-gumoral, gipotalamus, 
qon tomirlar harakat  markazi  orqali  boshqariladi.  Tomir  harakat markazi  asosan  simpatik  nerv 
orqali  qon  tomirlarni  nazorat  qilib  turadi.    Bu  nerv  qo„zg„alishi  qon  tomirlarning  torayishiga, 
bloklanishi esa kengayishiga olib keladi.   
Gipertoniya  kasalligida  ayniqsa    psixo-emostional  ta‟sirlar  natijasida  tomir  harakat  
markazidan impulslar ko„proq  chiqib  simpatik  nervlar orqali  qon  tomirlarni qisqartiradi  va qon 
bosimi  ko„tariladi.  Bu  kasallikning  kelib  chiqishida  boshqa  sabablar:  yurak  faoliyati  buzilishi, 
ateroskleroz,  buyrak  kasalligi  va  boshqalarning  ham  ahamiyati  bor.  qon  tomir  tonusining  
gumoral yo„l bilan boshqarilishi gipofiz va buyrak usti bezlari orqali bajariladi. Gipotalamusning 
qo„zg„alishi  vazopressin  gormoni,  buyrak  usti  bezidan  esa  adrenalin  va  noradrenalinlar 
ajralishini  kuchaytiradi.  Vazopressin  bevosita  tomir  silliq  mushaklari  miofibrilalarini 
qisqartiradi.  Noradrenalin  va  adrenalin  esa  adrenoresteptorlarni  qo„zg„atib  qon  tomirlarni 
qisqartiradi.  Bulardan  tashqari,  qon  tomirlarning  torayishida  renin-angiotenzin  (II)- 
sistemasining  ham  o„rni  bor.  Buyrakning  yukstaglomerulyar  qismidan  renin  fermenti  chiqib, 
qonning  alfa-globulinidan  angiotenzin  I  (dekapeptid)ning  ajralishini  ta‟minlaydi.  Angiotenzin  I 
esa o„z navbatida peptidil-dipeptidaza  fermenti ta‟sirida o„pka qon tomirlarida angiotenzin II ga 
(oktopeptid) o„tib qon tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko„taradi (buyrak gipertenziyasi). 
qon  tomirlarda  bosimning  ko„tarilishida    yurak    faoliyatining    ham  hissasi  katta. 
Gipertenziyada  uning  (ayniqsa  chap  qorinchaning)  qisqarish  kuchi  oshadi.  SHu  sababli,  qon 
bosimini  pasaytirishda  faqat  qon  tomirlarni  kengaytirish  bilan  chegaralanmasdan,  balki  yurak 

73 
 
qisqarish  kuchini  ham  pasaytirish  zaruriyati  tug„iladi.  qon  tomirlar  tonusiga,  bulardan  tashqari, 
turli  metabolitlar  (sut  kislota,  SO2,  adenozin,  gistamin,  astetilxolin  va  boshqalar),  endoteliyni 
relaksastiyalovchi  omil  (ERF)  ham  ta‟sir  ko„rsatadi  va  ular  qon  tomirlarni    boshqarishda 
qatnashadi. 
Ayrim  a‟zolarning    mahalliy  qon  tomirlari  qisqarsa,  umumiy  qon  bosimi  o„zgarmasligi 
mumkin.  Masalan,  stenokardiya,  miya  qon  tomirlari  spazmida  va  boshqalar.  qon  tomirlarining 
spazmida ko„pincha  shu  to„qima  yoki a‟zoning  qon   bilan ta‟minlanishi buziladi (stenokardiya,  
miokard infarkti, ishemik insult). 
qon  tomirlarini    kengaytiruvchi  dori  preparatlarining  soni  talaygina.  Ular  kimyoviy 
tuzilishiga  ko„ra  har  xil  guruhlarga  kiradi  va  farmakologik  ta‟siri,  ishlatilishi  bo„yicha 
turlichadir.  Ularning  orasida  sintetik  preparatlar,    o„simlik  dori    vositalari,    alkaloidlar  va 
boshqalr  bor.  Bularning  hammasida  qon  tomirlarni  kengaytiradigan  ta‟sir  bo„lgani  uchun  ular 
shu  guruhning  preparatlari  hisoblanadi.  Ular  farmakodinamikasi,  farmakokinetikasi  va 
ishlatilishiga qarab turli guruxlarga bo„linadi. 
Antigipertenziv (gipotenziv) dori vositalari 
Gipotenziv  vositalar  deb,  ko„p  sonli  qon  tomirlarni  kengaytirib  qon  bosimini 
pasaytiradigan  preparatlarga  aytiladi.  Bularga  kimyoviy  tuzilishi,  olinishi,  farmakologik  ta‟siri 
va  ta‟sir  mexanizmi  hamda  ishlatilishi  bo„yicha  har  xil  bo„lgan  preparatlar  kiradi.  SHu  sababli 
gipotenziv  preparatlar  ta‟sir  etish  joyiga  qarab  quyidagi  guruhlarga  bo„linadi:  neyrotrop  va 
miotrop  preparatlar.  Bulardan  tashqari,  suv-tuz  almashinuviga    ta‟sir  qiladigan  ayrim  siydik 
haydovchi, kalsiy antagonistlari va antiangiotenzin preparatlari ham mavjud. 
Neyrotrop gipotenziv  vositalar deb, qon tomirlarning nerv sistemasi  orqali boshqarilishiga 
ta‟sir etib, kengaytiradigan, qon bosimini tushiradigan preparatlarga aytiladi. Bularning o„zi ham 
nerv sistemasining qaysi bo„limiga ta‟sir etishiga qarab, markaziy va periferik  sistemasiga ta‟sir 
qiluvchilarga bo„linadi. 
Markaziy  nerv  sistemasiga  ta‟sir  etuvchi  gipotenziv  preparatlarga  rezerpin,  klofelin, 
metildofa uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar va boshqalar kiradi. Bu preparatlar markaziy 
nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta‟sir ko„rsatgani uchun gipertoniya kasalligini sababchilaridan 
bo„lgan  emostional  qo„zg„alish  holatini  kamaytiradi,  tomirlarni  harakatlantiradigan  markazdan 
chiqayotgan  patologik  impulslarni  tormozlaydi  va  periferik  qon  tomirlarni  kengaytiradi,  qon 
bosimini tushiradi. 
Bu preparatlar tibbiyot amaliyotida gipotenziv  dorilar  sifatida ko„p ishlatiladi. 
Rezerpin  rauvolfiya  o„simligidan  (o„simlik    to„g„risida    ma‟lumot  yuqorida  qayd  etilgan) 
olinadigan  alkaloid  bo„lib,  farmakologik  ta‟siriga  ko„ra    neyroleptik  hisoblanadi.  Gipotenziv 
preparatlar  orasida  qo„llanishi va  gipotenziv ta‟siri ancha ishonchli  hisoblanadi. Ichakdan  sekin 
so„rilishi  6-8  soat  ichida  boshlanib,  3-4  kun  davom  etadi.  Rezerpin  markaziy  nerv  sistemasiga 
ta‟sir  qilishidan    tashqari,  periferik  simpatolitik  ta‟sirga  ham  ega.  SHuning  uchun  ham  bu 
preparat gipotenziv effekti  bo„yicha  ancha yuqoridir.  Rezerpin asosan gipertoniya kasalligini I 
va  II  bosqichlarida  ishlatiladi.  U  nojo„ya  ta‟sir  etib  me‟da  shilliq    pardasini    qitiqlaydi,  hatto 
yaralar hosil qilishi mumkin. 
Fitopreparatlar  orasida  tinchlantiruvchi  va    gipotenziv    ta‟sir  ko„rsatadigan  quyidagi 
o„simlik dori vositalari alohida o„rin egallaydi. 
Bo„rigul Barvinok (Vinca L.)  
Tibbiyotda bo„rigulning 2 turidan foydalaniladi: 
1. Kichik bo„rigul.  Barvinok maliy (Vinca minor L.) 
Ko„p  yillik,  doim  yashil,  bo„yi  60  sm  gacha  bo„lgan  o„t  o„simlik.  Rossiya  yuvropa 
qismining  janubiy  va  janubi-g„arbiy  viloyatlarida,  Ukraina,  Belarus,  Moldova,  Kavkaz  ortida 
uchraydi.    O„simlikning  xamma  qismida  indol  guruhiga  kiruvchi,  rauvolfiya  alkaloidiga  yaqin 
bo„lgan  20  dan  ortiq  alkaloidlar  bor.  O„simlik  bargidan  vinkamin  (devinkam),  rezerpin,  va 
boshqa alkaloidlar ajratib olingan. O„simlikning  Galen preparatlari  va alkaloidlari qon bosimini 
tushiradi, miya va koronar qon tomirlarini kengaytiradi. O„simlikning asosiy alkaloidi vinkamin 
miyada qon aylanishini yaxshilaydi, miya to„qimasining kislorod bilan ta‟minlanishi ortadi. 

74 
 
Akademik  S.YU.YUnusov  va  k.f.d.  P.Y.YO„ldoshev  shogirdlari  bilan  birgalikda  O„rta 
Osiyoda o„sadigan tik o„suvchi bo„rigul  o„simligidan 40 taga yaqin alkaloidlar ajratib olishgan. 
2. Tik o„suvchi bo„rigul. Barovinok pryamoy (Vinca erecta Rgl. et schm.) 
Kendirdoshlar  (Apocynaceae)  oylasiga  mansub  bo„lib,  ko„p    yillik,  bo„yi  30-40  sm  ga 
etadigan o„t o„simlik. Markaziy Osiyoning Tyanshan, Pomir-Oloy tog„larida uchraydi. O„simlik 
ildizida 3%  gacha, er usti  qismida  esa 2% alkaloidlar bor. Bulardan  eng ahamiyatlisi  vinkamin 
va  vinkanindir.  Tarkibida  shu  alkaloidlar  yig„indisi  yoki  toza  holda  saqlangan  va  yarim  sintez 
qilingan bir qator preparatlar mavjud. Bular qatoriga quyidagi dori vositalari kiradi. 
Vinkapan  (Vincapan).  Kichik  bo„rigul  alkaloidlar  yig„indisini  saqlaydi.  Tabletka  xolida 
0,01g.dan chiqariladi. 
Vinkanor  (Vincanorum).  Kichik  bo„rigul  tozalangan  alkaloidlarini  saqlaydi.  Tabletkada 
(0,02g) chiqariladi. 
Kavinton  (Cavinton).  Bo„rigul  turlaridan  olingan  devinkan  alkaloidining  yarim  sintetik 
preparati.  Kavinton  (Vinkostetin)  tibbiyot  amaliyotining  ko„p  soxalarida  (nevrapotologiya, 
terapiya,  otorinolaringologiya  va  b.)  keng  miqyosda  ishlatiladi.  Tabletkada  (0,005)  va  0,5% 
eritmaning 2 ml dan ampulada chiqariladi. 
Bulardan  tashqari,  gipotenziv  dori  vositasi  sifatida  do„lana    gullaridan  tayyorlangan 
preparatlar (damlama va nastoyka),  arslonquyruq er ustki qismidan tayyorlangan  damlama  va  
nastoykalar    ishlatiladi.  Asosan  gipertoniyaning  boshlang„ich  davrlarida  boshqa  dorilar  bilan 
birga  beriladi.  Bu  fitopreparatlarning  qon  bosimini  tushirishi  asosan  ularning  MNS  ga  
tinchlantiruvchi ta‟siri bilan tushuntiriladi. 
Gipertoniya xastaligida yuqoridagi fitopreparatlardan tashqari yana periferik qon tomirlarni 
kengaytiruvchi  va  spazmalitik  ta‟sirga  ega  bo„lgan  bir  qator  dorivor  o„simliklar  preparatlari 
ishlatiladi.  Bular  qatoriga  opiy  (qoradori)  tarkibidagi  papaverin  alkaloidi  kiradi.  O„zining 
farmakologik  xususiyati  bo„yicha  miotrop  ta‟sirga  ega-bevosita  silliq  mushaklarga  ta‟sir  etib, 
fosfodiesteraza 
fermenti 
faolligini 
pasaytirib 
mushaklar 
hujayralarda 
siklik 
adenazinmonofosfatni yig„ilishiga sababchi bo„ladi. Bu esa mushaklarni bo„shashiga olib keladi 
va qon tomirlar kengayadi, spazmlar bartaraf bo„ladi. 
Papaverin sintetik yo„l bilan olingan va tibbiyot amaliyotida uning gidroxlorid tuzi spastik 
holatlarda  va  gipertenziyada  keng  ishlatiladi.  Uning  kompleks  preparatlari  (papazol,  palyufin, 
teoverin va b.) mavjud. 
Papaverin  gidroxlorid  tabletkada  (0,04g),    2%    li  eritmasi  2  ml  dan  ampulada,  0,2g  dan 
shamcha holida chiqariladi. 
3. Gulbandli kiyiko„t. Zizifora svetonojechnaya (Zizifora pedicilata Pazij et Vved.) 
Gulbandli  kiyik  o„t  ko„p  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  bo„yi  20-40  sm  ga  etadi.  Ko„proq 
toshloq  tog„  bag„rilarida  va  tog„larda  o„sadi.    Toshkent  viloyati,  Issiqko„l,  Olotov  hududlarida 
hamda  Farg„ona  viloyatida  uchraydi.  Dorivor  mahsulot  sifatida  gulbandli  kiyiko„tning  er  ustki 
qismi-  o„ti  ishlatiladi.  O„t  tarkibida  1.3%  efir  moyi,  organik  kislotalar,  antastianlar,  S,  YE 
vitaminlari, provitamin A, flavonoidlar, mineral tuzlar va mikroelementlar mavjud.  
Kiyiko„t halq tabobatida keng miqyosda ishlatilgan. Ibn Sino zizifora bilan yiringli yaralar 
(chipqon,  karbunkul)  va  boshqalarni  davo  qilgan.  Bundan  tashqari,  o„simlikning  er  ustki 
qismidan tayyorlangan choylar tabobatda ayrim yurak tomir va buyrak kasalliklarida ishlatiladi. 
Toshkent  Farmastevtika  institutining  farmakognoziya  kafedrasida  prof.  T.P.Po„latova 
tomonidan  kiyiko„tning  ushbu    turi    har  tomonlama  o„rganilgan.  Uning  farmakologiyasi  prof. 
X.U.Aliev  rahbarligida  to„la-to„kis  tekshirilgan.  CHunonchi,  kiyiko„tdan  tayyorlangan 
preparatlar  (damlama  va  qaynatma)  tarkibidagi  biologik  faol  moddalar  hisobiga  gipotenziv, 
kardiotonik va yallig„lanishga qarshi ta‟sir etishi topilgan. Bundan tashqari, ular siydik ajralishini 
kuchaytiradi va spazmolitik ta‟sirga ega.  SHuning bilan bir qatorda ushbu preparatlarning zararli 
ta‟siri yo„qligi – zaharsizligi aniqlangan. 
Kiyiko„tdan  tayyorlangan  damlama  O„zbekiston  Respublikasi  Dori  vositalarni  va  tibbiy 
texnika  sifatini  nazorat  qilish  boshqarmasi  tomonidan  tibbiyot  amaliyotida  antigipertenziv, 
kardiotonik va diuretik dori  preparatlari  sifatida  ishlatishga tavsiya etilgan. 

75 
 
Gipertoniya xastaligining boshlang„ich davrida kadio„t (valeriana) va arslonquyruq dorivor  
o„simliklaridan    tayyorlangan  fitopreparatlar  (nastoyka,  damlama,  tabletkalar)  ishlatilishi 
mumkin.  Ular  MNS  ga  tinchlantiruvchi  ta‟sir  etib,  uyquni  yaxshilaydi,  hayajonlanish  va 
bezovtalik holatlarini kamaytiradi,  qon bosimini pasaytiradi. 
Tarkibida  bir  qator  dorivor o„simliklar (do„lana,  moychechak,  gnafalium,  na‟matak va  b.) 
saqlagan  yig„ma  -  choylar  va  diuretik    ta‟sirli  dorivor  o„simliklar  ham  qon  bosimi 
ko„tarilishining boshlang„ich  davrlarida ishlatiladi. 
 
 
Nazorat savollari 
1.
 
Sekin, uzoq va kuchli ta‟sir etuvchi yurak glikozidlari. 
2.
 
O„rtacha kuchli va o„rtacha muddatli ta‟sir etuvchilar 
3.
 
Tez,  qisqa va kuchli ta‟sir etuvchi yurak glikozidlariga  
4.
 
qon tomirlarini  kengaytiruvchi dori  
5.
 
Gipotenziv vositalar deb 
6.
 
Neyrotrop gipotenziv vositalar deb 
7.
 
Fitopreparatlar orasida tinchlantiruvchi va  gipotenziv  ta‟sir ko„rsatadigan quyidagi 
o„simlik dori vositalari 
 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
27.
 
www.ziyonet.uz
   
28.
 
www.Lex.uz
.  
29.
 
www.uzpharm-control.uz
   
30.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
Стенокардия 
белгилари 
юракда 
санчиқ 
нафас 
сиқилиши 
чап қул ва 
елкада 
санчиқ 

76 
 
MA‟RUZA-11 
Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor  
o„simliklar va ularning preparatlari 
11.1. Nafas a‟zolari kasalliklari 
11.2. Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
Tayanch so„zlar: laringit, faringit, traxeit va bronxitlar 
 
11.1. Nafas a‟zolari kasalliklari 
SHamollashdan  kelib  chiqadigan  xastaliklarga  yuqori  nafas  yo„llarining  yallig„lanishi 
(o„tkir  va  surunkali  katar)  va  viruslar  paydo  qiladadigan  gripp  kiradi.  Ushbu  kasalliklar  asosan 
havoning sovishi  va  sovuq tushishiga  bog„liq  bo„lgani uchun ular "fasl  kasalliklari" yoki  "fasl 
shamollashi" deb yuritiladi. 
YUqori  nafas  yo„llari  katarida  burun,  tomoq,  yutqin,  halqum,  traxeya  va  bronxlar  shilliq 
qavatining  yallig„lanishi  kuzatiladi.  Bular  rinit  (tumov),  laringit,  faringit,  traxeit  va  bronxitlar 
deb yuritiladi. Ushbu kasalliklar yuqumli bo„lmasdan,  past haroratning butun tanaga yoki taning 
ayrim qismiga mahalliy ta‟siri natijasida kelib chiqadi. Bunda shilliq pardalarning qon tomirlari 
torayishi kuzatiladi. Natijada bemorda tez-tez aksirish, burundan suv oqishi, ovozning o„zgarishi, 
yo„tal va boshqa alomatlar vujudga keladi. 
YUqori  nafas  yo„llarining  shamollashi  o„zining  ko„rinishi,    davom  etishi  va  belgilariga 
ko„ra gripp kasalligini  eslatadi.  Lekin  gripp o„zining kelib chiqishi, rivojlanishi, davom etishi 
va  asoratlari  bo„yicha  farq  qiladi.  CHunki  bu  kasallikni  viruslarning  har  xil  turi  paydo  qiladi. 
SHuning uchun ham u yuqumli xastalik hisoblanib, kuz va qish  faslida tarqaladi. CHunki gripp 
viruslari uchun past harorat yaxshi sharoit hisoblanadi. 
Davo sifatida asosan viruslar paydo qiladigan kasalliklarga ta‟sir etadigan dori preparatlari 
(antibiotiklar),  kasallik  belgilarini  kamaytiradigan  turli-tuman  (isitmani  tushiradigan,    yo„talga 
qarshi, balg„am ko„chiruvchi, og„riq qoldiruvchi, yallig„lanishga qarshi) dorilar ishlatiladi. 
Grippga  davo  qilish  maqsadida  tavsiya  etilishi  mumkin  bo„lgan    bu  dori  preparatlari  
yuqori    nafas  yo„llarning  shamollashida  ham  tayinlanishi  mumkin.  Bunda  asosiy  maqsad 
kasallikning asorat qoldirishiga yo„l qo„ymaslik, uning oldini olishdir. 
Bu  dori  vositalari  ichida  o„simliklardan  olingan  va  tayyorlangan  dorilar  ko„proq 
ahamiyatga  molikdir.  CHunki  bularnig  ta‟siri  yumshoq,  kuchi  esa  uncha  kuchli  bo„lmasa-da, 
lekin ularda nojo„ya ta‟sir kam bo„ladi. Ko„pchilik hollarda organizm uchun zararsizdir. 
SHuni  aytib  o„tish  kerakki,  yuqorida  keltirilgan  shamollashga  bog„liq  kasalliklarga 
chalinmaslikning  birdan-bir yo„li  -  organizmni chiniqtirishdir. Gripp  epidemiyasi  vaqtida vrach 
maslahatlariga amal qilish va uni bajarish lozim. 
SHamollash  kasalliklariga  davo  qilishda  bir  qancha  shifobaxsh    o„simliklardan 
foydalaniladi. Ularning umumiy soni 50 dan ham ortiq. Ba‟zilari balg„am ko„chiruvchi, yo„talni 
qoldiruvchi  va  ko„krakni  yumshatuvchi  xossaga  ega  bo„lsa,  boshqalari  bakteriyalarga  qarshi, 
burushtiruvchi ta‟sir ko„rsatadi. SHu  sababli ular  og„iz-tomoqni  chayish uchun  yoki terlatuvchi 
shifobaxsh  vosita  sifatida  qo„llaniladi.  Bu  o„simliklarning  kimyoviy  tarkibi  turlicha,    shuning 
uchun  ham  ular  organizmga  har  xil  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin.  Lekin  ularning  hammasi  ham 
shammollash kasalliklariga davo bo„ladi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin