Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32

ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 

51 
 
15.
 
www.ziyonet.uz
   
16.
 
www.Lex.uz
.  
17.
 
www.uzpharm-control.uz
   
18.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-8 
Asosan markaziy nerv sistemasiga (MNS) tormozlovchi 
ta‟sir etadigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
8.1. Analgetiklar 
8.2. Sedativ dori vositalar 
Tayanch so„zlar: opiat resteptor Narkotik analgetiklar Morfin, Eyforiya 
 
8.1. Analgetiklar 
1. Ko„knor. Mak  snotvorniy (Papaver somniferum  L.). 
Bir  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,    bo„yi  1-1,5  metrgacha  etadi.  O„rta  Osiyoda  va  boshqa 
hududlarda  o„sadi  va  o„stiriladi.  Uning  etilmagan  ko„saklari  kesilganda  oqib  chiqadigan  va 
havoda qurigan qora rangdagi shirasi (qoradori) tarkibida 20 dan ortiq turli alkaloidlar va boshqa 
moddalar bo„ladi. Ushbu alkaloidlar kimyoviy tuzilishi bo„yicha quyidagi ikki guruhga taalluqli: 
piperidin-fenantren (morfin, kodein va b.) va benzilizoxinolin  (papaverin va b.) unumlari.  Bular 
1-2,5%  ni tashkil etadi.  Ko„knor o„simligining biologik faolligi uning tarkibidagi ushbu asosiy 
alkaloidlar ta‟siriga bog„liq. 
Ushbu  alkaloidlardan  eng  muhimi  morfindir.  U  amaliyotda  og„riq  qoldiruvchi  modda 
hisoblangani uchun og„riq sezishning fiziologiyasi  to„g„risida qisqacha so„z yuritamiz. 
Og„riq  sezgisini  idrok  etish  insoniyatning  evolyustiyasi    jarayonida  paydo  bo„lgan 
fiziologik  faoliyatdir.  Bu  xisning  asosiy  funksiyasi  odam  organizmiga  xavf  solayotgan  xolat 
to„g„risida xabar berish va shu  bilan bu  xavfga  qarshi chora ko„rish hamda bo„lajak ko„ngilsiz 
asoratlarning oldini olish uchun organizm imkoniyatlarini safarbar qilishdir. 
SHu  bilan  birga  og„riq  sezgisi  jarrohlik  yo„li  bilan    kasallarga  davo  qilishda  katta  to„siq 
hisoblanadi.  YAna  shuni aytib o„tish kerakki, kuchli  og„riq (masalan, katta jarohatlar, miokard 
infarkti,  o„tkir    pankreatit    va  boshqalar)  o„z  navbatida  juda  xavfli  holatlarga,  masalan    shok 
(karaxtlik) holatiga olib kelishi mumkin. 
Og„riq  sezgisi  alohida  resteptorlar    -    nostisteptorlar    ishtirokida  vujudga  keladi.  Bu 
resteptorlar  organizmning  deyarli  hamma  to„qimalarida  sezuvchi  nerv  tolalari  (afferent  tolalar) 
oxirida  joylashgan  bo„ladi.    Ularga    mexanik,  kimyoviy,  fizikaviy  omillar  ta‟sirida  impulslar 
hosil  bo„ladi  va  ular  nerv  tolalari  orqali  orqa  miyaga  kirib  ko„tariluvchi  afferent  yo„l  orqali 
retikulyar farmastiyaga,  talamusga, gipotalamusga,  bazal gangliylar,  limbik sistema va  nihoyat  
bosh    miya  po„stlog„idagi  sezish  markaziga  boradi.    Mana  shundagina  og„riq  seziladi.  Og„riq 
sezgisi resteptorlarini endogen moddalar ham ta‟sirlab og„riqqa sabab bo„lishi mumkin (masalan,  
gistamin,  bradikinin,  serotonin  va  boshqalar).  Og„riq  sezgisi  ko„pincha  jarohatlanganda  va 
a‟zolarning  patologik  o„zgarishlarida,  masalan,  yallig„lanish  jarayonlarida  bo„ladi.  SHuni  aytib 
o„tish  kerakki,  so„ggi  vaqtlarda  organizmda  miya  to„qimasida  va  boshqa  to„qimalarda  og„riq  
qoldiradigan  modddalar  topilgan (Djo Xyuz,  Xao Li, 1976y.). Ular neyropeptidlar bo„lib,  o„z 
tarkibida har xil aminokislotalar qoldig„ini saqlaydi. Hozirgi vaqtda ularning endorfin, enkefalin, 
dinorfin  degan  xillari  ma‟lum.  Ushbu  neyropeptidlar  og„riq  impulslarini  o„tkazishda 
qatnashadigan opiat resteptorlarga ta‟sir ko„rsatib, og„riq qoldirish xususiyatiga ega. 
Og„riq  qoldiradigan  moddalar  o„zining  qadim  tarixiga  ega.    Inson  yaratilgan  vaqtdan 
boshlab og„riqqa qarshi chora topishga intilgan. qadimgi zamonda ko„knor,  qoradori,  nasha va 
mandragora og„riq qoldiruvchi moddalar sifatida ko„p ishlatilgan. O„rta asrlarda o„sha ishlatilgan 
o„simliklardan  va moddalardan maxsus dori preparatlari tayyorlana boshlandi. Keyinchalik esa,  
kimyo  fani  rivojlanishi  natijasida  o„simlik  xom  ashyosidan  va  boshqa  moddalardan  ta‟sir 
qiladigan  sof  modda-alkaloidlar  ajratib  olindi.    Masalan,  1803  yilda  farmatsevt    Sertyurner 

52 
 
tomonidan  birinchi  marta  opiydan  toza  alkaloid-morfin  ajratib  olindi.  XIX  va  XX  asrlarda  shu 
olingan alkaloidlarning bir qismi kimyoviy yo„l bilan sintez qilindi.  
Birinchi  marta  1953  yilda  morfin  (opiy-qoradoridan  olinadigan  alkaloid)  sintez  qilindi. 
Lekin  sanoatda  bu  yo„l  bilan  morfin  ishlab  chiqarish  juda  murakkab  bo„lgani  uchun,  hozirgi 
vaqtda opiydan ajratib  olinadi.  Opiy (afyun) tarkibida  10-11  foiz  morfin  bo„ladi.  Uning 1:3 
qismi tibbiyotda dori  sifatida, qolgan  qismi  esa  boshqa maqsadlarda ishlatiladi.  Hozirgi vaqtda 
ko„knor ekish juda ham cheklangan va nazorat ostiga olingan. 
Tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan og„riq qoldiradigan dori preparatlari o„zining kimyoviy 
tuzilishi,  olinishi,  farmakologik  ta‟siri,  mexanizmi    hamda  ishlatilishi  bo„yicha  ikki  guruhga 
bo„linadi:  narkotik va nonarkotik analgetiklar. 
Narkotik  analgetiklar  deb,  markaziy  nerv  sistemasiga  tanlab  ta‟sir  ko„rsatib,    kuchli 
og„riqlarni  qoldiradigan  va  shu  bilan  bir    qatorda  boshqa  farmakologik  xossalari  ham  bo„lgan,  
qayta-qayta ishlatilganda organizmda qaramlik yuzaga keltiradigan preparatlarga aytiladi. Bular 
tibbiyot amaliyotda keng ko„lamda ishlatiladi. 
Morfining  farmakologik    ta‟siri    ikki    sistemaga-markaziy    nerv  sistemasi  va  mushak 
sistemasining silliq mushaklariga qaratilgan. 
Markaziy  nerv  sistemasiga  ta‟siri  turlicha  va  xilma  xildir.  U  ayrim  markazlar  faoliyatini 
susaytirsa,  boshqalarini  bir  qadar  qo„zg„atish  xossasiga  ega.  Morfinning  markaziy  nerv 
sistemasiga  susaytiruvchi    ta‟sirlari.    Og„riqsizlantiruvchi  ta‟siri:    morfinning  bu  ta‟siri  uning 
asosiy  farmakologik    xossasi    hisoblanadi  va  tibbiyotda  ishlatilishi  mana  shu  ta‟siriga  bog„liq. 
Morfinning  og„riqsizlantirish  ta‟siri  ayniqsa  surunkali  va  kuchli  og„riqlarda  yaqqol  ko„rinadi. 
Uning  bunday  ta‟sir  mexanizmi  hozirgacha  uzil-kesil  aniqlanmagan.  Bu  sohada  atoqli 
farmakologlar  akademik  V.V.Zakusov,  akad.  A.V.Valdman  va  boshqalarning  ishlari 
ko„pchilikka ma‟lum. Hozirgi tushuncha bo„yicha morfinning og„riqsizlantirish xossasi uning: 
a)  afferent  yo„lning  markaziy  qismida  og„riq    impulslarining    neyronlardan    o„tishini 
susaytirishga  va  sub‟ektiv-emostional  og„riq  sezgisi  va  bunga  javoban  yuzaga  keladigan 
reaksiyani o„zgartirishiga bog„liq. 
b)  morfinning  og„riq  qoldiradigan  ta‟sir  mexanizmi  ko„proq  og„riq  impulslarini  bosh 
miyaning  talamus  qismidagi  afferent  yo„llaridan  o„tishini  kamaytirishi  bilan  tushuntiriladi. 
Bundan  tashqari,  markaziy  nerv  sistemasining  har  xil  qismlaridagi  opiat  resteptorlar  morfin 
ta‟sirida  bloklanadi.  Buning  natijasida  neyronlararo  og„riq  impulsining  o„tishi  susayadi.  Ayrim 
olimlarning  fikricha,  morfinning  og„riq  qoldirish  ta‟sirida uning  orqa  miya neyronlarga  (spinal  
neyron)  to„g„ridan-to„g„ri susaytiruvchi ta‟siri katta rol o„ynaydi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  morfinning  og„riqni  bartaraf  qiladigan  farmakologik  xossasi  bosh 
miyaning  talamusidagi  afferent  yo„ldan  o„tadigan  og„riq  impulslarini  to„xtatib  qo„yishiga 
bog„liq. 
Morfin  ta‟sirida  og„riq  sezgisining  o„zgarishi  yana  uning    tinchlantiruvchi  ta‟siriga  ham 
bog„liq  bo„lishi  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda,  morfin  ta‟sirida  ruhiy  holatning  o„zgarishi 
og„riq sezgisini ancha o„zgartiradi. 
Tinchlantiruvchi  ta‟siri.  Morfining  bunday  ta‟siri  odamni  ruhiy  va  jismoniy  jihatdan 
tinchlantirishi  bilan  o„tadi.    Morfinning    retikulyar  formastiyaga,  gipotalamus  va  limbik 
sistemaga  ta‟siri  shunday  holatni  keltirib    chiqarsa    kerak.    Morfinning    tinchlantiruvchi  ta‟siri 
emostional holat o„zgarishiga olib keladi. 
Eyforiya.  Bu  holatda  odam  kayfiyati  yaxshilanib,  ruhiy  osoyishtalik  sezadi,  emostional 
kechinmalari  yo„qoladi.    Ko„nglida  xotirjamlik  va  yaxshi  his-tuyg„ular  paydo  bo„ladi.    Atrof 
muhitda    bo„layotgan    hodisalarga    u  ijobiy  baho  beraveradi.  Eyforiya  (kayf)  holati  ayniqsa 
morfinni qayta qabul qilinganda yaxshi yuzaga chiqadi. 
Odamning  morfinga  qaram  bo„lib  qolishi-narkomaniya-bangilik  holati  preparatning  mana 
shunday eyforiya paydo qilishiga bog„liqdir. 
Uxlatuvchi ta‟siri. Morfin terapevtik dozalarda  odamni  ko„proq asosan mudroqqa soladi, 
lekin ayrim hollarda uxlatib ham qo„yadi. Uyqu juda engil va yuzaki bo„lib,  aniq tushlar ko„rish 

53 
 
bilan  davom  etadi.  Uyquning  bunday    yuzaki  bo„lishi  morfin  ta‟sirida  markaziy  nerv  sistemasi 
ayrim markazlarining qo„zg„algan holatda bo„lishi bilan izohlanadi. 
Nafas markaziga  ta‟siri. Terapevtik,  ayniqsa  yuqori dozalarda morfin nafas markazining 
qo„zg„aluvchanligini susaytiradi. Bu ta‟sir yosh bolalar va qariyalarda ayniqsa ko„proq seziladi. 
Bunda  o„pka  ventilyastiyasi  kamayadi,    nafas  susayadi  va  organizmning  kislorod  bilan 
ta‟minlanishi bir oz kamayadi. 
YO„tal  markaziga  ta‟siri.    Morfinning  bu  markazga  susaytiruvchi  ta‟siri  natijasida  yo„tal 
refleksi ancha kamayadi. SHuning uchun  ham morfinda yo„talga qarshi ta‟sir yaqqol ko„rinadi. 
qusish markaziga ta‟siri. Morfin ko„pchilik kishilarda qayt qilish markaziga  susaytiradigan 
ta‟sir  ko„rsatadi.  Lekin  ayrim  xollarda  va  ayniqsa  itlarda  morfin  bu  markazni  qo„zg„atib,  qayt 
qilishga  sabab    bo„ladi.    Bu    ta‟siri  morfinning  miya  IV  qorinchasi  tagida  joylashgan  "Trigger 
zonasi" dagi xemoresteptorlarni qo„zg„atishiga bog„liqdir. 
Morfinning markaziy nerv sistemasiga qo„zg„atuvchi ta‟siri 
Ko„zni  harakatlantiruvchi  nerv  markazining  morfin  ta‟sirida  qo„zg„alishi  ko„z 
qorachig„ining  torayishi  bilan  birga  davom  etadi.  Ko„z  qorachig„ining  yorug„likka  bo„lgan 
refleksi saqlanadi. 
 Adashgan nerv (vagus) markazi ham morfin ta‟sirida qo„zg„aladi. SHu sababli nerv tonusi 
oshadi  va  yurak  urishi    sekinlashadi    (bradikardiya),  bronxlar  qisman  torayadi,    so„lak  ajralishi 
kuchayadi. Ayrim hollarda yuz beradigan qayt qilish holati shunga ham bog„liq. 
Demak,  morfinning  markaziy  nerv  sistemasiga ta‟siri ancha  murakkab va  xilma-  xil. SHu 
farmakologik  ta‟sirlaridan  tibbiyot  uchun  eng  muhimi  uning  og„riqsizlantiruvchi  ta‟siridir. 
CHunki morfin xozirgacha og„riqni qoldirish bo„yicha ishlatilayotgan preparatlar orasida yuqori 
o„rinda turadi. 
Morfinning  silliq  mushaklarga  ta‟siri.  Morfin  opiat  resteptorlari  bo„lgan  ko„pchilik  silliq 
mushaklarga to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir etib, tonusini oshiradi va qisqartiradi. Ayniqsa me‟da-ichak 
yo„li  silliq  mushaklari,  sfinkterlar  spazmga  uchraydi.  Ichak  peristaltikasi  pasayadi,  ovqatning 
ichakdagi harakati (passaj) sekinlashadi  va  buning  natijasida qabziyat vujudga keladi. Peshob 
ajralishi qiyinlashishi qovuq sfinkterlarining spazmiga bog„liq bo„lishi mumkin. 
Opiy  tarkibidagi  benzil-izoxinolin  unumlaridan    hisoblangan  va  hozirgi    vaqtda    sintez  
yo„li  bilan  ham  olinadigan  papaverin  o„zining  farmakologik  ta‟siri  bo„yicha  morfindan  tubdan 
farq    qiladi.    CHunki    u  markaziy    nerv    sistemasiga    deyarli  ta‟sir  etmaydi.    Asosiy  ta‟siri 
ko„pchilik  silliq  mushaklarga  qaratilgan.  Uning  ta‟siri  ostida  deyarli  hamma  a‟zolar  va 
sistemalarning  silliq  mushaklari  bo„shashadi.    SHu  sababli  hamma  qon  tomirlari  kengayadi, 
me‟da-ichak harakati susayadi, sfinkterlar bo„shashadi, spazm holati yo„qoladi. 
Papaverinning  bunday  xususiyati  uni  silliq  mushaklarga    to„g„ridan-to„g„ri  ta‟siridan 
(hujayralarga Sa ioni tushishini  kamaytiradi) kelib chiqadi. SHuning uchun ham uning preparati 
papaverin  gidroxloridi  miolitik-spazmolitik  hisoblanadi.    Tibbiyot  amaliyotida  ko„proq  qon 
bosimini  tushiradigan,  ya‟ni  gipotenziv  preparat  sifatida  ishlatiladi.  Papaverin  gidroxloridi 
ampulada(2%),  tabletkada  (0,04g.)  va    poroshok  holida  hamda  boshqa  dorilar  bilan  birga 
(papazol) beriladi. 
Morfin  preparatining  ishlatilishi.    Og„riqni  qoldiradigan    dori  sifatida  morfin  gidroxloridi 
jarrohlik  amaliyotida  operastiyadan  oldin  va  keyin,  qattiq  og„riq  bilan  o„tayotgan    har  xil 
shikastlanish  va  jarohatlarda,    buyrak  toshi  va  o„t-tosh  kasalligi  xurujida,    miokard  infarktida, 
o„tkir  pankreatit  (me‟da  osti  bezining  yallig„lanishi)  va  endoarteriit  (qorason)  kasalliklarida, 
xavfli  o„smalar  (o„sma  kasalligi)  va  hokazolarda  tavsiya  etiladi.  Ampulada  (1%)  1  ml  dan 
in‟eksiya uchun chiqariladi. 
qo„llashga  moneliklar.    Morfin  2  yoshgacha  bo„lgan  bolalarga  va    60  yoshdan  oshgan 
bemorlarga tavsiya etilmaydi. Morfin preparatlarini yana homiladorlikda, bronxial astma, insult, 
bosh suyak jarohatlarida, nafas etishmovchiligida, umumiy behollikda berish mumkin emas. 
Morfin hamda ko„knordan ikki xil: o„tkir va surunkali zaharlanish mumkin. 
(CHeyn-Stoks nafasi) 

54 
 
O„tkir  zaharlanish  morfin  katta  dozalarda  yuborilganda  yuz  beradi.  Bunda  zaharlangan 
odamda morfinning  farmakologik ta‟siriga xos bo„lgan   o„zgarishlar kuzatiladi.   Komatoz  holat 
yuz beradi, es-hush aynib, odam nafasi susayadi,  o„zi qattiq uyquga ketib,  yuz  va  tana  terisi 
oqargan bo„ladi,  tana  harorati  pasayishi  natijasida  oyog„i va qo„li  muzdek bo„lib  turadi.   Ko„z 
qorachig„i torayadi, bradikardiya va so„lak ajralishi ko„chayadi. Zaharlanishning asosiy belgilari 
nafasning  o„ziga  xos  o„zgarishidir.  Bunday  nafas  o„zgarishi  CHeyn-Stoks  nafasi  deb  ham 
yuritiladi.  Ayni    vaqtda    nafas    harakatlari  noto„g„ri  va  notekis  bo„ladi.    U    birdan  butunlay 
to„xtab  qoladida,  keyinchalik  sekin-asta  kuchayib  boradi  va  yana  susayib,  yana  vaqtincha 
to„xtaydi va  hokazo. O„tkir  zaharlanishda birinchi tibbiy  yordamni  morfin  antagonisti bo„lmish 
nalorfin  gidroxloridi    preparatini  yuborishdan  boshlash  zarur.    Keyin  kaliy  permaganatning 
1:4000  nisbatdagi  eritmasi  bilan  me‟da  zond  orqali    qayta-qayta  yuviladi.  Kasalning    oyoq 
qo„llariga  grelka  qo„yiladi,    uni  issiq  xonaga  o„tqaziladi.    Nafas  susayadigan  bo„lsa,    nafas 
analeptiklari  (analeptik aralashma va boshqalar) in‟eksiya qilinadi. 
Surunkali  zaxarlanish  (morfinizm,  giyohvandlik).  Morfin    qayta-qayta  yuborilganda 
organizm  qaramlik holatiga tushib,  morfinizm hodisasi   boshlanadi,  ya‟ni  odam  morfinsiz tura 
olmaydigan bo„lib  qoladi. Bu  holatning asosiy  belgilaridan   biri  abstinensiya-xumorlikdir.  Bu 
holat  har  xil  o„zgarishlar  bilan  ta‟riflnadi.  Masalan,  mushaklar  tirishishi,  qayt  qilish,  qorin 
og„rishi  va  boshqalar.  Bundan  tashqari,  ruhiy  o„zgarishlar    ham  bo„ladi-tajovuzkorlik, 
xayajonlanish  va  notinchlik  holati  kuzatiladi.    Keyinchalik  bangilik  xolati  kelib  chiqadi. 
Degradastiya boshlanadi (shaxsning aynishi)-odamga xos bo„lgan qobiliyatlar (aql, idrok, iroda, 
eslash, sezgirlik)  zaiflashib ketadi.  Bunda odam atrofda bo„ladigan hodisalarga befarq bo„ladi, 
intilishlari yo„qoladi. Ovqatga ham bo„lgan talab kamayadi. Xullas morfinizmga duchor bo„lgan 
shaxs  asta-sekin  odam  qiyofasini  yo„qotadi,  ruhiy  o„zgarishlarga  uchraydi  (ruhiy    qaramlik).  
Ko„pchilik    narkomanlar  har    xil  boshqa  kasalliklardan  (o„pka  shamollashi  va  boshqa  yuqumli 
kasalliklar)  o„lib ketadi.  CHunki  bularda  organizmning kasallikka  bo„lgan qarshiligi  susaygan 
bo„ladi, odam kasallikka tez chalinuvchan bo„lib qoladi. 
Morfinistlarga  davo  qilish  ancha  murakkab  bo„lib,  uzoq  muddatni  talab  etadi.    Ularni 
maxsus  psixiatriya  kasalxonasi  izolatorlarida  saqlab  davo  qilinadi.    Bunda  psixoterapiya, 
gipnozoterapiya, mehnat terapiyasi, refleks terapiyasidan va boshqalardan foydalaniladi. 
Omnopon (Omnoponum) - bu yig„ma preparat. Tarkibida fenantren va izoxinolin unumlari 
bor.  SHuning  uchun  ham  preparatning  og„riq  qoldiruvchi  ta‟siri  morfinga  nisbatan  kuchsizroq, 
lekin silliq mushaklarning spazm xolatini bo„shashtiradi. SHu sababli preparat ko„pincha buyrak, 
jigar va sanchiq (og„riq) larda tavsiya etiladi. 2% eritma holida 1ml dan ampulada chiqariladi. 
Opiyning  galen  preparatlari  (tindirmasi,  ekstrakti  va  b.)  davlat  reestridan  chiqarilgan  va 
shuning uchun ishlatilmaydi. 
Kodein  (Codeinum)  -O„z  farmakologik  ta‟siri  va  ishlatiladigan  o„rni    bo„yicha  morfindan 
farq  qiladi.  Kodeinning  og„riq  qoldiruvchi,    eyforiya  paydo  qiluvchi,    uxlatuvchi,    nafasni 
susaytiruvchi  ta‟siri  juda    kam.    Lekin  uning  yo„tal  markaziga  susaytiruvchi  ta‟siri  ancha 
sezilarli. SHu  sababli kodein  tibbiyot amaliyotida yo„talga  qarshi  dori  sifatida keng  ishlatiladi.  
Bu  sohada  kodein  kuchli  dori  hisoblanadi.  YO„talga  qarshi  ta‟siri  bo„lgan  narkotik  guruhidan 
kodein  fosfati  va  dionin  mavjud.  Bularning    ta‟siri  kuchsizroq.  Kodein  tabletkalar  (0,015  g) 
xolida chiqariladi.  qo„shma preparatlar ham mavjud (kodterpin  va b.).  Yo„talga qarshi kodein 
o„rnini  bosadigan  bir  nechta  nonarkotik  preparatlar  olingan.  Bulardan  glaustin,  libeksin, 
tusupreks va boshqalar ma‟lum. 
YUqorida  keltirilgan    yo„tal  qoldiradigan  preparatlar  asosan  o„pka  va  nafas  yo„llari 
yallig„langanda  (pnevmoniya,  bronxopnevmoniya,  bronxit,  o„pka  abssessi)  ishlatiladi.    Bundan 
tashqari,  ular  yo„tal  bilan  o„tadigan  kasalliklarda  (plevrit,  sil  kasalligi,  bronxoadenitlarda) 
qo„llaniladi.    Bu    preparatlar  bronxoektaz  kasalligi,    miokard  infarkti  va  boshqalarda  tavsiya 
etilmaydi. 
8.2. Sedativ dori vositalar 
Ilon rauvolfiya. Rauvolfiya zmeinaya (Rauvolfia serpentina Benth.) 

55 
 
Bo„yi  50-100  sm  etadigan  doim  yashil    bo„ta.    Hindiston,    Tailand,  Hindi-Xitoy  kabi  
SHarq  mamlakatlarda  o„sadi.  O„simlik  ildizida  0,5-1,3%,    ildizpoyasida  1-3%  alkaloidlar 
saqlaydi.  Alkaloidlar 25tadan ortiq  bo„lib, asosiylari  rezerpin  va aymalin  hisoblanadi. Rezerpin 
mahsulotda 0,04-0,09% (alkaloidlar yig„indisida 3,08-7%) atrofida bo„ladi. 
O„simlik  tarkibidagi  alkaloidlarning  farmakologik  ta‟siri  ko„proq  MNS  ga  qaratilgan 
bo„lib,  qon bosimini tushiradi, tinchlantiradi.  Ulardan rezerpin alkaloidi  farmakologik  xossalari 
bo„yicha    neyroleptiklar  guruhiga  kiradi.  Ruhiy  va  emostional  qo„zg„alishlarni,  bexalovatlikni, 
hayajonlanishni,  xotirjamlikning  buzilishi,  g„amginlik,  telbalikni  kamaytirib,  tinchlantirish 
xossasiga 
ega. 
Uyquni 
chuqurlashtiradigan, 
uxlatuvchi, 
narkoz 
moddalarning, 
og„riqsizlantiruvchi  shifobaxsh  ta‟sirini  kuchaytiradi,  tana  haroratini  bir  muncha  tushiradi. 
Bundan  tashqari,  qon  tomir  harakat  markazidan  impulslar  chiqishini  va  simpatik  nervlardan 
ularning  qon  tomir  silliq  mushaklariga  o„tishini  (simpatolitik  ta‟sir)  kamaytirish  hisobiga  qon 
tomirlarini  kengaytirib,  qon  bosimini    pasaytiradi.    Bu  gipotenziv  ta‟sir,  asta-sekin  ruyobga 
chiqadi va uzoq davom etadi. 
Raunatin  (Raunatinum)  preparati  o„z  tarkibida  rezerpindan  tashqari  aymalin  va  boshqa  
alkaloidlarni    saqlaydi.    qon  bosimini  tushirish  xususiyati  bo„yicha  rezerpindan  kuchsizroq,  
lekin unda aritmiyaga qarshi ta‟sir ham mavjud. MNS ga tinchlantiruvchi ta‟siri ham sezilarli. 
Rauvolfiya  ildizidan  olingan  bu  alkaloidlar  va  ularning    preparatlari    asosan    gipertoniya  
kasalligining  boshlang„ich  davrlarida  (1-va  2  bosqichda)  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari, 
rauvolfiya  yurak  ritmining  buzilishi  (aritmiya)  bilan  kechayotgan    gipertoniyada    yaxshi    qo„l  
keladi.  Ular  tabletkalar  holida  (rezerpin  0,00025  g);  raunatin-0,002  g)  chiqariladi  va  ovqatdan 
keyin buyuriladi. 
3. Dorivor valeriana (kadio„t). Valeriana lekarstvennaya (Valeriana officinalis L.) 
Bo„yi  1-1,5  m  keladigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  yuvropada,  Kavkazda,  Sibirda  va  Uzoq 
SHarqda o„sadi. Markaziy Osiyo davlatlarida o„stiriladi. 
O„simlikning  ildizi  va  ildizpoyasi  3-5%  gacha  efir  moyi  hamda  izovalerian  kislota  va 
boshqa  bir  qator  moddalar  saqlaydi.  Valeriananing  ta‟siri  tarkibidagi  organik  moddalar 
aralashmasiga  bog„liq.    Uning  ta‟siri  xilma-xil.  CHunonchi,  MNS  ga  sedativ    va  trankvilizator 
(tinchlantiruvchi)  ta‟sir  etadi.  Bundan  tashqari,  yurak  faoliyatini  jonlantiradi,  silliq  mushaklar 
spazmini yo„qotadi (spazmolitik ta‟sir), jigar o„tini haydaydi, me‟da sekrestiyasini kuchaytiradi. 
Tinchlantiruvchi  ta‟siri  MNS  qo„zg„aluvchanligining  pasayishi,  tormozlanish  jarayoni  oshishi 
bilan tushuntiriladi. Retikulyar formastiyaga tormozlovchi ta‟siri ham bor. Valeriana uxlatuvchi 
dorilar ta‟sirini kuchaytiradi, uyqu  kelishiga imkon tug„diradi. Analeptiklar keltirib chiqaradigan 
qaltirashni  kamaytiradi.  Toj  qon  tomirlarni  kengaytiradi  va  gipotenziv  ta‟siri  ham  sezilarlidir.  
O„simlik  ildizidan  tayyorlangan  fitopreparatlar,    galen  preparatlari  asabning  buzilishi, 
hayajonlanish,    telbalik,  halovatning  buzilishi  bilan  kechadigan  (nevroz,  nevroasteniya, 
vegetonevroz va b.) holatlar,  uyqusizlikda, migrensimon bosh og„rig„ida tavsiya etiladi. Ayniqsa 
yurak-tomir nevrozlarida, stenokardiya va gipertoniya xastaliklari boshlanayotganda naf beradi. 
Asosiy preparatlari: 
Valeriana  damlamasi  (Infusum  Valerianae)  1:10  nisbatda  tayyorlanadi.  2-3  qoshiqdan  
kuniga ovqatdan keyin 3-4 marta ichiladi. 
Valeriana  nastoykasi  (Tinctura  Valerianae)  1:5  nisbatda  tayyorlanadi.  20-30    tomchidan 
kuniga 3-4 marta ichiladi.  Flakonda 30 ml dan chiqariladi. 
Valeriananing quyuq ekstrakti  (Extr.Valerianae spissum). Tabletka holida chiqariladi (0,02 
g) 1-2 tabletkadan ichiladi. 
Bulardan tashqari, tarkibida valeriana saqlagan qo„yidagi kompleks preparatlar mavjud. 
Validol  (Validolum)  Izovalerian  kislotaning  mentol  efirida  erigan  mentol  (25%),  tabletka 
shaklida (0,06g), flakonda (5 ml), kapsulada (0,05g) chiqariladi. Tabletka va kapsulalari til ostiga 
quyiladi,  spirtli eritmasi 4-5 tomchidan  qandga  tomizilib  til ustiga qo„yiladi. Stenokardiyada, 
nevrozda, qusishda beriladi. 
Valokormid  (Valocormidum).  Tarkibida  valeriana  nastoykasi  (10  ml),    marvaridgul  
nastoykasi  (10ml),  belladonna  naytoykasi  (5  ml),  natriy  bromid  (4g),    mentol  (0,25g), 

56 
 
distillangan  suv  (30  ml    gacha)  bor.  Preparat  tinchlantiruvchi  va  spazmolitik  xossalarga  ega. 
YUrak-tomir nevrozlarida bo„ladigan bradikardiyada beriladi. 
Korvalol  (Sorvalolum).    Tarkibida    bromizovalerian    kislotaning  etil  efiri  (2%), 
fenobarbital (1,8%), natriy ishqori  (3%), qalampiryalpiz efir moyi (0,14%),  etil spirti (96%) va 
distillangan  suv  (100%  gacha)  bor.    15-30  tomchidan  2-3  marta  nevrozda,    stenokardiyada, 
uyqusizlikda,    gipertoniyaning  boshlag„ich  davrida,    me‟da-ichak  sanchig„ida,  taxikardiyada 
beriladi. 
Tinchlantiruvchi  yig„ma  (Speccis  sedativae).  Tarkibiga valeriana ildizpoyasi  bilan ildizi, 
qalampiryalpiz  bargi,  uchbargli  leniantes  (2  qismdan),  qulmoq  g„uddasi  (1  qism).  2  osh 
qoshiqdan  olib  qaynab  turgan  1  stakan    suvga  solinadi,    30  daqiqadan  keyin  suziladi.    YArim 
stakandan 2 marta (ertalab va kechqurun) ichiladi. 
Kamfora  -    valeriana  tomchisi    (Guttae    Tinctura    Valerianae    cum  Camforae).  Tarkibida  
kamfora    (10g),    valeriana  nastoykasi  (100  ml  gacha)  bor.    YUrak-tomir  nevrozlarida  25-20 
tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. Flakonda 10ml dan chiqariladi. 
4. Arslonquyruq. Pustirnik pyatilopastnoy (Leonurus L.) 
O„simlikning  besh  bo„lakli  arslonquyruq  (Leonurus  quinquelobatis  Gilib),    oddiy 
arslonquyruq  (Leonurus  sordiaca  L),  Turkiston  arslonquyrug„i  (L.turkestanicus  V.  Krecz.  et 
Kupr.)  turlari  ishlatiladi.    Bular  ko„p  yillik,  bo„yi  50-150  sm  keladigan  o„t  o„simlik  bo„lib, 
Kavkazda, Ђarbiy Sibirda,  Markaziy Osiyoda  o„sadi. O„simlikning ishlatiladigan  er ustki  qismi 
glikozidlar,  alkaloidlar,    efir  moyi,    flavonoidlar  (kversetin,    rutin,  kvinkvilozid  va  b)  A 
provitamini, S vitamini, oshlovchi va bo„yoq moddalar saqlaydi. 
O„simlik  o„tidan  tayyorlangan  fitopreparatlar  (naytoyka,    damlama,  cuyuq  ekstraktlar) 
valeriana o„simligi singari tinchlantiruvchi ta‟sirga ega.  Ular laboratoriya hayvonlari harakatini  
kamaytiradi,  uxlatuvchi  moddalar  ta‟sirini  uzaytiradi,  analeptiklar  ta‟sirini  zaiflashtiradi,  qon 
bosimini  tushiradi,    kardiotonik  ta‟sir  qiladi.    Arslonquyruq  fitopreparatlari    ayrim    ta‟sirlari  
bo„yicha    valerianadan  kuchliroqdir.  SHunday  ta‟sirga  o„simlikning  xamma  3  xil  turi  ega.    Bu 
preparatlar  asab  kasalliklarida,  nevroz,  vegeto  -  nevroz,  nevraasteniya,  psixoasteniya,  bundan 
tashqari, uyqusizlikda, gipertoniya, stenokardiyada tavsiya etiladi. 
Arslonquyruq  damlamasi  (Infuzium  Leonuri)  15,0-200  ml    nisbatda  tayyorlanadi.    2-3 
qoshiqdan kuniga 2 marta ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. 
Arslonquyruq nastoykasi  (Tinktura Leonuri) 1:5 nisbatda 70%  spirtda tayyorlanadi. 30-50 
tomchidan  kuniga  3-4  marta  ichiladi.  Arslonquyruq  suyuq  ekstrakti  (Ekstractum  Leonuri 
fluidum) 1:2 nisbatda tayyorlaniladi.  15-20 tomchidan kuniga 3-4 marta ichiladi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin