Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 
2.2. O„lchov birliklari. 
Dori  vositalarining  dozalari  og„irlik  o„lchov  birliklari  (g-gramm,  mg-milligramm,  mkg-
mikrogramm),  hajm  o„lchov  birliklari  ml-millilitr,  tomchilar  (1    tomchi  suv  0,05    ml    ga  teng) 
hamda ta‟sir birliklari (TB, XTB) bilan ifodalanadi. 
quruq va  surtma  dori  shakllari asosan  og„irlik,  suyuqliklari esa  hajm  o„lchov  birligi bilan, 
tuzilishi  bo„yicha  murakkab  ayrim  dorilar  (antibiotiklar,  yurak    glikozidlari    va  b.)  esa  ta‟sir 
birligi  bo„yicha  o„lchanadi.  Tindirmalar,  suyuq  ekstraktlar,  neogalen  preparatlar  va  ayrim 
dorilarning  suvdagi eritmalari ichish uchun tomchilab beriladi.  Ulardan birinchi uchtasi asosan 
20-30 tomchidan,  keyingilari  esa 5-10 tomchidan  berilishi  mumkin. Bemor  qabul qilayotgan 
ushbu  tomchilar  miqdorida  dori  vositasining  bir  martalik  o„rtacha    terapevtik    dozasi    bo„lishi  
kerak (atropin sulfat eritmasi va b.). 
 Ko„pchilik  fitopreparatlar  damlama,  qaynatma,  ekstraktlar,  yig„malar,  choylar  shaklida 
tavsiya  etiladi.  Ular  (damlama,  qaynatma)  asosan  osh  qoshiq  bilan,  suyuq  ekstraktlar, 
tindirmalar,  tomchilab  ,yig„malar  va    choylar  esa  stakanlar  bilan  dozalanadi.  Demak,  dorivor 
o„simliklarning bir martalik o„rtacha  terapevtik  dozasi  1 qoshiqda (15 ml) yoki stakanda (150 
ml) bo„lishi talab qilinadi. 
Dori  vositalarining  farmakologik  va  farmakoterapevtik  ta‟siri  ko„p  jihatdan  ularning 
yuborilayotgan  miqdoriga  -  dozasiga  bog„liq.    Dozaga  qarab  ularning  kuchi,    ta‟sir  muddati,  
tabiati, samarasi namoyon  bo„ladi. Odatda ayniqsa kuchsizroq ta‟sirli dori vositalarining dozasi 
oshishi  bilan  latent  davri  qisqarib,    ta‟sir    uzayadi    va    kuchayadi    (doza-effekt).  Latent    davri 
deganda  dori    iste‟mol  qilingan  vaqtdan  boshlab,    birinchi  ta‟sir  belgilari  paydo  bo„lgan 
davrgacha  o„tgan  vaqt  hisoblanadi.  Dozani  tana  vazniga  (mg/kg,  mkg/kg),  yuzasiga  (m2,  sm2) 
nisbatan ham aniqlanadi. 
 
2.3. Dori vositalarining farmakokinetikasi 
Farmakologik  moddalarning  yoki  dori  preparatlarining  foydali  ta‟siri  ularning 
farmakokinetikasiga  va  farmakodinamikasiga  bog„liqdir.  Farmakokinetika  so„zi  tom  ma‟noda 
dori  moddasining    organizmda  harakati  degan  ma‟noni  anglatadi.  Aniqrog„i,  dorilar 
farmakokinetikasiga  ularning  organizmga  yuborish  yo„llari,  so„rilishi,  qonga  o„tishi,  tanada 
tarqalishi,  oqsillar  bilan  bog„lanishi,  tana  to„siqlaridan  o„tishi,  organizmda  taqsimlanishi, 
yig„ilishi,  jigarda  metabolizmga  uchrashi  va  nihoyat  organizmdan  chiqib  ketish  yo„llarini 
o„rganish kiradi. 
Dori  preparatlar  og„iz  orqali  qabul  qilinganda    moddaning    dori  shaklini  yo„qotishi  va 
ichakdan  so„rilib  qonga  o„tishini  biofarmastiya  o„rganadi.  CHunki  yaratilgan  dori  shakli  bu 
tomondan  mos  bo„lishi  kerak.  Ushbu  dori  preparatining  farmakokinetik  bosqichlari  (davrlari) 
quyidagicha:    dorining  dori  shaklini  yo„qotishi,  oshqozon-ichak  shilliq  pardasidan  qonga 
so„rilishi,  qon  bilan  jigarga  borishi,    jigardan  chiqib  katta  qon  aylanishiga  o„tishi.  Dori 

39 
 
preparatlari bu jarayonlarda turli o„zgarishlarga,  ta‟sirlarga uchrashi mumkin. Ularning ichakdan 
so„rilishi,  birinchidan,  dori  shakliga,    kimyoviy  tuzilishiga  va  xossalariga,    ikkinchidan, 
ichakning fiziologik, patologik holatiga, qon aylanishiga,  harakatiga va boshqalarga  bog„liqdir. 
qonga  o„tgandan  keyin  esa  oqsillar,    lipoproteidlar,    shaklli  elementlar  bilan  bog„lanishi,  yoki 
bog„lanmay ozod holda bo„lishi mumkin. 
qon  oqsillari  bilan  mustahkam  bog„langan  dori  moddasi  o„z  farmakologik  ta‟sirini 
yo„qotishi    mumkin  va  u  qonda  uzoq  muddat  saqlanadi  va  organizmdan  chiqib  ketishi 
qiyinlashadi. 
qondagi  dori   moddasini to„qimaga  - hujayralarga  o„tishi kapillyarlarda  sodir  bo„lib,   dori 
moddasining  fizik-kimyoviy  xossalariga  va  to„qima    to„siqlariga  bog„liqdir.  Kapillyarlar 
endoteliysi  va  u  tegib  turgan  hujayra-  to„qima  membranasi    (pardasi)    bu    jarayonning    qay 
darajada kechishida katta ahamiyatga ega.  
qonda ko„pgina  dori  moddalari  to„qima  hujayralarga o„tib o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Ayrim 
dori vositalari esa  o„ta  olmaydi. Masalan, oson  eruvchan kichik molekulali dorilar (astetilxolin,  
noradrenalin,  to„rtlamchi  azot  birikmali  moddalar    va  b.)    markaziy    nerv    tizimining  nerv 
hujayralariga kira olmaydi.  SHuning uchun ham ular o„z ta‟sirini namoyon eta olmaydi. 
Farmakokinetikaning  yuqorida  zikr  etilgan  xususiyatlaridan  tashqari,    dori  vositalarining 
samarali ta‟sir  etishida,   kasallikka davo  bo„lishida  ularning  jigarda  metabolizmga uchrashi va 
bemor organizmidan chiqib ketishi - ekskrestiyasi alohida ahamiyatlidir. 
 Dori  moddalarining  organizmda  kimyoviy  tuzilishini  o„zgartirishi  metabolizm  deyiladi, 
buning  natijasida  hosil  bo„lgan  birikmalar  metabolitlar  deb  yuritiladi.    Dori  vositalarining 
bunday  metabolizmga  yoki  biotransformastiyaga  uchrashi  natijasida  ularning  farmakologik 
ta‟siri  zaiflashadi  yoki  butunlay  yo„qoladi.  Metabolitlarning  ko„pchiligi  farmakologik  noaktiv 
bo„lib,  suvda  eriydigan  bo„lganligi  sababli  organizmdan  tez  chiqib  ketadi.  Ko„pchilik 
dorilarning,  shuningdek  fitopreparatlarning  ham,  bunday  metabolizmga  uchrashi  organizmning 
turli to„qimalarida  (masalan,  oshqozon-ichakda, qon shaklli elementlari va fermentlari ta‟sirida 
va  b.)  sodir  bo„lishi  mumkin.  Lekin  dori  vositalar  biotransformastiyasi  asosan  jigarda  sodir 
bo„lib, undagi mikrosomal fermentlar hisobiga amalga oshiriladi. 
Jigar  hujayralaridagi  (gepatostitlar)  endoplazmatik  to„r,    mitoxondriy,  ribosomalar  bilan 
bog„langan  fermentlar  (oksidaza,  reduktaza,  esteraza,  amidaza,  R  450  va  b.)  dorilarni 
oksidlanishini,    qaytarilishini,  gidrolizga  uchrashini,  astetillanishini    va  boshqa  o„zgarishlarni 
ta‟minlaydi. 
Umuman  olganda  dori  vositalarining  shu  jumladan  dorivor  o„simliklar  tarkibidagi 
kimyoviy moddalarning ham metabolizmga uchrashi quyidagi 2 yo„sinda sodir bo„ladi: 
1.  Dori  vositalarining  metabolik  transformastiyasi  yoki  nosintetik  biotransformastiyasi. 
Bunda 
dori 
moddalar 
oksidlanish, 
qaytarilish, 
gidrolizlanishga 
uchraydi 
(masalan, 
novokainamid, astetilxolin, atropin va b.). 
2.  Dori  vositalarining  kon‟yugastiyasi  yoki  sintetik  biotransformastiyasi.  Bunda  esa 
organizmdagi turli kimyoviy moddalarning  qo„shilishi  hisobiga yangi birikmalar hosil bo„ladi. 
Masalan,  sulfanilamid  preparatlarning  astetillanishi,  salistilatlarning  glistin  bilan  birikishi, 
kamforaning glyukuron, oltingugurt kislotalar bilan birikma hosil qilishi shular jumlasidandir. 
SHunday  dori  moddalari  borki,  ular  metabolizmga  uchramay  organizmdan  o„zgarmagan,  
o„z  ta‟sirini  saqlagan  xolda    chiqib    ketadi.    Masalan,  ampistillin,    furazolin,  gentamistin  va  b. 
Ushbu  preparatlar  uroantiseptik  sifatida  siydik  yo„llarining  yallig„lanish  kasalliklarida  keng 
miqyosda ishlatiladi. 
Jigarda  sodir  bo„ladigan  metabolizm  jarayoniga  ayrim  dori  vositalari    ta‟sir  ko„rsatadi.  
Masalan,  fenobarbital,  benzonal  preparatlari  mikrosomal  fermentlarning  faolligini  kuchaytirib, 
dorilar  metabolizmini  tezlashtiradi.    Bularni    induktorlar    deyiladi.    Induktorlar  boshqa  dori 
preparatlari,  masalan  neodikumarin  bilan  birga  berilganda  uni    qonni  ivishiga  bo„lgan  ta‟siri 
pasayishi mumkin. 
Organizmning  turli  kasalliklarida  (lanjlik  holati,  charchash,  holsizlik),  ayniqsa  jigar 
kasalliklarida (gepatit, sirroz va boshqalar)  dorilarning metabolizmi sezilarli darajada kamayadi,  

40 
 
bu  degan  so„z  ularning  ta‟siri  kuchliroq  va  uzoqroq  bo„ladi,  xatto  ayrim  hollarda  zaharli  ta‟sir 
namoyon  bo„lishi  ham  mumkin. Bunday  holat bir  qator  dori  vositalari (simetidin  va  boshqalar) 
ta‟sirida ham bo„lishi mumkin. Ularni mikrosomal ferment ingibitorlari  deyiladi.  
Metabolizm  natijasida  hosil  bo„lgan  metabolitlarning  aksariyati  noaktiv,  faolsiz  bo„lishi 
o„rniga,  aksincha,  zaharli  bo„lib,  organizm  uchun  xavf  tug„diradi.  Masalan,  metil  spirti 
metabolizmga  uchrashi,  oksidlanishi  natijasida  formaldegid  va  chumoli  kislota  hosil  bo„ladi. 
Bular  esa  zaharli  ta‟sir  etib,  turli  asoratlarni  keltirib  chiqaradi.  Zaxm  kasalligida  ishlatiladigan 
novarsenolning ta‟siri uning metaboliti arsenoksid hisobiga bo„ladi. 
Demak, ishlatilayotgan dorivor o„simliklardan tayyorlangan va boshqa dorilarning xam naf 
berishi, davo ko„rsatishi ularning metabolizmga uchrashi bilan belgilanadi. 
Farmakokinetikaning  yana  bir  diqqatga  sazovor    ko„rsatkichlaridan  biri  dorilarning 
organizmdan  chiqib ketishi, ya‟ni  ekskrestiyasi  hisoblanadi.  Ular  va ularning  metabolitlari  turli 
yo„llar  bilan  - buyrak, jigar, ko„krak  bezi,   ter,  nafas  yo„llari va boshqalar orqali chiqib ketadi. 
Bulardan ahamiyatlisi  buyrak va jigar  yo„llaridir. Dori vositalarining  siydik bilan  chiqib ketishi 
ularning  siydik    koptokchalarida    sodir    bo„ladigan    filtrastiyasiga,  buyrak    kanalchalari  
devoridagi endoteliy orqali o„tishiga va qaytadan qonga so„rilishiga (reabsorbsiya) ko„p jihatdan 
bog„liq. 
Suvda  eriydigan  ko„pchilik  dori  moddalari  filtrastiyaga  uchrab,  siydik  bilan  ajraladi. 
Ayrimlari esa ham filtrastiya, ham kanalchalar sekrestiyasi orqali ajraladi. Masalan, antibiotiklar 
(penistillin,  ampistillin  va  b).  Dorilarning  buyrak  klirensi  (dorilar  bilan  ma‟lum  bir  vaqtda 
chiqqan siydik hajmi) katta bo„lsa, ularning chiqib ketishi shuncha ko„proq bo„ladi. 
Ko„pchilik  dori  moddalari    jigarda  metabolizmga  uchrab  yoki  uchramasdan  ham  o„t 
tarkibida ichak bo„shlig„iga tushishi va ichakdan so„rilishi yoki chiqib ketishi mumkin (masalan, 
antibiotiklar va b.). 
Bir  xil  dori  moddalari  sut  bezlari  orqali  ham  chiqib  ketadi.  Masalan,  antibiotiklar 
(streptomistin),  sulfanilamidlar  (etazol  va  b.),  barbituratlar  (barbital  va  b.).  Bunday  dori 
moddalari  sut  bilan  bola  organizmiga kirib, o„z ta‟sirini ko„rsatishi  mumkinligini xisobga olish 
shart. 
Demak  dorilarning  buyrak  orqali  ekskrestiyasi    ham  farmakokinetikaning  alohida 
ko„rsatkichi bo„lib, dorilarning samarasini belgilaydigan omillardan biridir. 
Dori  preparatlarining  farmakodinamikasi  esa  ularning  organizmga  ta‟sir  etishi  yoki 
farmakologik effekti, shu ta‟sir mexanizmining kelib chiqish sabablarini o„z ichiga oladi. 
Dori  vositalarining  farmakokinetikasi  va  farmakodinamikasi  bir-  biri  bilan  mustahkam 
bog„langan bo„lib, ularning farmakoterepevtik xossalarini belgilaydigan omillardir. 
Fitopreparatlarning farmakodinamikasi keyingi bo„limlarda alohida bayon etiladi. 
 
Nazorat savollari 
1.
 
Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik ? 
2.
 
Dori vositalarining kon‟yugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi.? 
3.
 
Jigarda sodir bo„ladigan metabolizm? 
4.
 
Metabolizm natijasida hosil bo„lgan metabolitlar ? 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 

41 
 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
9.
 
www.ziyonet.uz
   
10.
 
www.Lex.uz
.  
11.
 
www.uzpharm-control.uz
   
12.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-3 
Dori vositalarining yuborish yo„llari. Fitopreparatlar ishlatish usullari. 
 
3.1. Dori vositalarining tanaga kiritilishi 
3.2. Enteral yo„l.   
Tayanch iboralar: enteral va parenteral, og„iz orqali, To„g„ri ichak  
 
3.1. Dori vositalarining tanaga kiritilishi 
Dori  vositalari ta‟sirini   o„rganish  va   samarasini  oshirish  hamda kasallikning  oldini  olish 
yoki  bemorga  davo  qilish  maqsadida  ular  tanaga  yuboriladi  yoki  sirtga  qo„llaniladi.  Dori 
preparatlarining   davo  ta‟siri  samarali,   tez,  uzoq  va asorastiz  bo„lishi, ularning  yuboriladigan 
yo„liga  va  usuliga  ko„p  tomondan  bog„liqdir.  Masalan,  shunday    dori  vositalari  borki,  og„iz 
orqali yuborilganda ta‟siri yuzaga chiqmaydi (adrenalin, insulin),  in‟eksiya qilinganda esa ta‟siri 
yaxshi namoyon bo„ladi, yoki ta‟siri boshqa yo„l orqali yuborilganga nisbatan o„zgacha bo„ladi. 
Masalan, magniy sulfatning eritmasi ichilsa, ichni suradi, in‟eksiya qilinsa esa tinchlantiradi,qon 
bosimini tushiradi h.k. 
Dori vositalari tanaga asosan 2 yo„l bilan  yuboriladi:  enteral va parenteral. 
3.2. Enteral yo„l.   
Dori  vositalarini  me‟da-ichak  yo„li  orqali    tanaga    kiritish  har  tomonlama  qulay  va  oson 
hisoblanadi. Bunga dorilarni og„iz orqali (rer os),  til ostiga qo„yish  ( sub lingua), to„g„ri ichakka 
yuborish  (rer  rektum  )  usullari  kiradi.    Dori  vositalarini  og„iz  orqali  qabul  qilish  juda  keng  
ishlatiladi,  chunki u tabiiy  yo„l  bo„lib,   qabul  qilinayotgan  dori  stirillangan bo„lishi  shart  emas.  
Ushbu usuldan  bemor ko„pincha o„zgalar yordamisiz foydalanadi. Og„iz orqali har xil shakldagi 
ko„pgina  dori  preparatlari  yuboriladi.  qattiq    (poroshoklar,  tabletkalar,    pilyulalar)  va  suyuq 
(eritmalar,  tomchilab ichiladigan va  boshqalar) dori  shakllari  shular jumlasidandir.   Ko„pchilik 
fitopreparatlar  (damlama,    qaynatma,    tindirma,    quruq  va  suyuq  ekstraktlar  va  b.)  og„iz  orqali 
yuboriladi.    SHu  bilan  birga  og„iz  orqali  yuborishning  kamchiliklari  ham  mavjud.    Masalan, 
behush  xolatda  bu  yo„ldan  foydalanib  bo„lmaydi;    bemorga  tez  tibbiy  yordam  ko„rsatish  
zarurligida    qo„l  kelmaydi;  ayrim  dorilar  me‟da  shirasida  parchalangani  uchun  ularni  yuborib 
bo„lmaydi. Masalan, polipeptid tuzilishdagi va boshqa vositalar (adrenalin, insulin, penistillin va 
hokazo); dori preparatlarning me‟da - ichakdan so„rilishi sharoitga qarab har xil bo„lgani uchun 
ularning  nafi  ham  kutilgandek  bo„lavermaydi;    ayrim  dori  preparatlarni  (sulfanilamidlar, 
antibiotiklar)  og„iz  orqali  uzoq  yuborilsa,  ichak  mikroflorasini    buzib,    har    xil  ko„ngilsiz  
asoratlarga  olib kelishi mumkin.  Ayrim dorilarni nahorga ichilsa (astetilsalistil kislota, rezerpin 
va  boshqalar),  me‟da    shilliq  pardasini  ta‟sirlab,  hatto  yaralar  (eroziya),    qon  ketishi  hollarini 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Dori  vositalarini  og„iz  orqali  yuborishdan  yuqorida  eslatib  o„tilgan  kamchiliklarga 
qaramay, ularni  yo„qotish  choralarini  ko„rgan  holda tibbiyot amaliyotida keng foydalaniladi. 
Dori preparatlarini til ostiga qo„yish usuli asosan og„iz shilliq  pardasidan suvda va ayniqsa 
yog„da  eriydigan  va  yaxshi  so„riladigan  dori  vositalari  uchun  qo„l  keladi  (nitroglisterin,  
trinitrolong,    validol,    metiltestosteron  va  boshqalar).    Ushbu    dorilar  og„izdan  so„rilib  ta‟siri 

42 
 
tezda  yuzaga  chiqadi,    chunki  og„iz  shilliq  pardasi  qon  tomirlarga    boy    bo„lib,    dori    moddasi 
qonga so„rilgandan keyin jigarga bormay, katta qon aylanishiga o„tadi va ta‟sir ko„rsatadi. 
Bundan  tashqari,  og„iz  bo„shlig„ida  bu  dori  preparatlar  oshqozon-ichak    fermentlari 
ta‟siridan  holi  bo„ladi.    SHuning  uchun  ham  ayniqsa  yurak  ishemik  kasalligi  xurujlarida 
(stenokardiya) ushbu yo„ldan juda keng foydalanildi. 
To„g„ri  ichak  orqali  dori  vositalarini  tanaga  kiritish  yo„li  tibbiyot  amaliyotida  qisman 
qo„llaniladi.    Ayniqsa  dorilarni  og„iz  orqali    yuborish  imkoniyati  bo„lmagan  taqdirda  (behush 
holat,    tinmay  qusish,    og„iz-me‟dada  operastiyalari)  ushbu  yo„l  qo„l  keladi.    Bundan  tashqari, 
to„g„ri ichak kasalliklarida  bu  yo„l orqali ishlatiladigan dori vositalari ijobiy maxalliy ta‟sir etib, 
naf beradi. Mazkur usul bilan ko„pincha dorilar shamchalar shaklida va eritma xolida (davolash 
klizmasi  100  ml  gacha  xajmda)  qo„llanildi.  Agar  eritmali  dorilar  maxalliy  qitiqlovchi  ta‟sir 
ko„rsasta ularga shilimshiq (sliz) qo„shiladi. 
 SHuni aytib o„tish kerakki, to„g„ri ichakdan qonga so„rilgan dori moddalari jigarni chetlab 
o„tgani sababli o„z farmakologik  ta‟sirini  butunlay saqlaydi va shu sababli ularning ta‟siri og„iz 
orqali  berilgan  dorilarga  nisbatan  tez  va  kuchliroq  namoyon  bo„ladi.  Ayrim  hollarda  klizma 
qilinadigan  eritma  1-1,5  litrgacha  yuboriladi.  CHunki  to„g„ri  ichakdan  suv,  tuzlar,glukoza, 
aminokislotalar va kichik molekulali peptidlar qonga yaxshi so„riladi. 
 
Nazorat savollari 
1.
 
Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik ? 
2.
 
Dori vositalarining kon‟yugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi.? 
3.
 
Jigarda sodir bo„ladigan metabolizm? 
4.
 
Metabolizm natijasida hosil bo„lgan metabolitlar ? 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
13.
 
www.ziyonet.uz
   
14.
 
www.Lex.uz
.  
15.
 
www.uzpharm-control.uz
   
16.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-4 
Dorilarning ta‟sir turlari va turli omillarga bog„liqligi. 
4.1. Dori vositalarining ta‟siri 
4.2. Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari 
Tayanch so„zlari: mahalliy  ta‟sir, reflektor  ta‟sir, rezorbtiv  ta‟sir 
qo„shimcha ta‟siri, Ijobiy  ta‟siri 
 
4.1. Dori vositalarining ta‟siri 

43 
 
Ko„pchilik  dori  vositalarining  ta‟siri  natijasida  organizm  tomonidan  turli  fiziologik,  
biokimyoviy  o„zgarishlar  bilan  birga  boradigan  javob  reaksiyasi  yuzaga  chiqadi.  Ushbu  javob 
reaksiyalari  turlicha  namoyon  bo„ladi.  Boshqacha  aytganda  dori  vositalari  turli-tuman  bo„lgani 
singari,  ularning  ta‟sir  turlari  ham  xilma-xil.  Ularning  ta‟siri  asosan  ikki  xil-    mahalliy    va 
umumiy bo„ladi. 
Dori  vositalarining  mahalliy  ta‟siri  ularning  qonga  so„rilishidan  oldin  sodir    bo„ladi  va 
shuning  uchun  ham  ushbu  ta‟sir  turini  prerezorbtiv  ta‟sir  deyiladi.  Bunda  organizmning  javob 
reaksiyalari dori moddasi kiritilgan yoki to„qimaga tushgan joyida yuz beradi. Masalan, malham-
surtma  dorilar  teri  yuzasida  turli  sezgilar  va  o„zgarishlar  keltirib  chiqaradi.  Mahalliy  ta‟sir 
me‟da-ichak  yo„lida,  bo„g„im  bo„shlig„ida,    shilliq  qavatlar  yuzasida  ham  sodir  bo„ladi.  Bunga 
misol tariqasida dikain va lidokain dorilarini ko„zga tomzilsa yoki shilliq qavatga surtilsa, o„sha 
erdagi to„qimada joylashgan sezuvchi nerv oxirlari falajlanadi va og„riq sezgisi yo„qoladi. 
Dori  vositalarining  bunday  ta‟sir  turi  dermatologiyada,  oftalmologiyada,  xirurgiyada  ko„p 
ishlatiladi.  Mahalliy  ta‟sirni  butun  organizm  reaksiyasidan  ajralgan  holda  qarab  bo„lmaydi, 
chunki  ko„pchilik  dori  vositalar  (simob  preparatlari,  anestezin  va  b.)  so„rilib  qonga  o„tadi. 
Demak,  mahalliy  ta‟sir nisbiy tushunchadir. 
Dori vositalarining umumiy ta‟siri ular qonga so„rilganidan so„ng boshlanadi. SHu sababli 
bu ta‟sirni rezorbtiv ta‟sir deb ham yuritiladi. Dori vositalarining ta‟siri xilma-xil bo„lib,  ularni 
kiritish  usuliga  va  organizmning  turli  biologik  to„siqlaridan  o„ta  olish  faoliyatiga,  to„qimaning 
qon bilan ta‟minlanishiga va boshqa bir qator omillarga bog„liqdir. 
Mahalliy  hamda  rezorbtiv  ta‟sirlar      reflektor    ta‟sirga  sabab  bo„lishi  mumkin.  Natijada 
ekstero-  yoki  intraresteptorlar  ta‟sirlanishi  tufayli  nerv  markazlari  yoki  bajaruvchi  a‟zolar 
faoliyati  o„zgaradi.  Masalan,  lobelin  yoki  sititon  eritmasi  vena  qon  tomirlariga  yuborilganda 
karotid  koptokchalarning  ta‟sirlanishi  tufayli  reflektor  ravishda  nafas  markazi  qo„zg„olib,  nafas 
tezligi va hajmi ortadi. Novshadil spirtini hidlash natijasida nafas kuchayishi  yoki xloroform va 
efir hidlanganda nafasning to„xtab qolishi ham reflektor ta‟sir bilan tushuntiriladi. 
Dori  vositalarining  rezorbtiv    ta‟sirlari  asosiy  va  qo„shimcha  ta‟sir  shaklida  bo„lishi 
mumkin.    Dorilarni    davo    maqsadlarida    ishlatilishi  ularning  asosiy    ta‟siriga    bog„liq.  
qo„shimcha    ta‟sir  esa  dorilarning  asosiy  ta‟siri  bilan  bir  qatorda  boshqa  a‟zo  va  sistemalarga  
qo„shimcha  o„zgacharoq  ta‟sir  etishidir.  Bunday  rezorbtiv  ta‟sir  turiga  ko„pgina  dori  vositalari 
misol  bo„la  oladi.   Masalan,  morfin  markaziy  nerv  sistemasining  og„riq  sezish  markaziga ta‟sir 
ko„rsatib,  og„riqni  qoldiradi.  Bu  morfinning  asosiy  ta‟siri  hisoblanadi.  SHu  bilan  bir  qatorda  u 
engil  uyqu  chaqiradi,    yo„talni  qoldiradi,    nafas  markazini  susaytiradi.  Ushbu    ta‟sirlar 
morfinning qo„shimcha ta‟siri hisoblanadi.  
Dorilarning  qo„shimcha  ta‟siri  tanaga  nisbatan  ijobiy  va  salbiy        bo„lishi  mumkin. 
Keltirilgan  misolda  morfinning  uxlatishi  va  yo„tal  markaziga  ta‟siri  tufayli  yo„talni  to„xtatishi 
uning ijobiy qo„shimcha ta‟siridir. Nafas markaziga bo„lgan susaytiruvchi ta‟sir  esa  salbiy  yoki  
organizm uchun xavfli-zararli hisoblanadi. Dori vositalarining ushbu salbiy ta‟siri nojo„ya ta‟sir 
deb  ham  yuritiladi.  SHunday  dorilar  mavjudki,  ishlatilish  maqsadiga  qarab,  ularning  nojo„ya 
ta‟siri  ijobiy  hisoblanadi.  Ijobiy    ta‟siri  salbiy  bo„lishi  mumkin.  Masalan,  atropinning 
farmakologik  ta‟siri  turlicha  va  shu  sababli  ishlatilishi  xilma-xildir.    Agar  u  me‟da-ichak  yara 
kasalligi  tufayli    og„riqda  spazmolitik  sifatida  ishlatilsa,  bu  uning  ijobiy,  shu  bilan  bir  qatorda 
taxikardiya berishi esa salbiy ta‟siri  hisoblanadi. Aynan  u  bradiaritmiyaga davo sifatida berilsa, 
unda ushbu ta‟sir ijobiy,  me‟da shirasini va harakatini susaytirishi esa  salbiy ta‟sir hisoblanadi. 
Bunday xususiyat ko„pchilik dori vositalarga xosdir (efedrin, uxlatuvchi dorilar va b.). 
Dorilarning  nojo„ya  ta‟siri  ularni  qo„llashda  moneliklarga    olib  keladi  va  bu  holat 
farmakoterapiyada xisobga olinishi zarur. 
Dori  vositalarining  rezorbtiv  ta‟sirida  ularning  ma‟lum  bir  a‟zoga  yoki  sistemaga  tanlab 
ta‟sir  ko„rsatishi  alohida  o„rin  tutadi.    CHunki  ularning  bunday  ta‟sir  etishi  ijobiy  xususiyat 
hisoblanadi va u ko„pgina preparatlarga xosdir. 

44 
 
Bularga  nerv  sistemasiga  tanlab  ta‟sir  etadigan  neyrotrop,    bachadonga  ta‟sir  etadigan 
dorilar  (oksitostin,    vetrazin),  yurak  faoliyatiga  ta‟sir  etadigan  yurak    glikozidlari,    silliq  
mushaklarga  ta‟sir etadigan miotrop dori vositalar (papaverin, no-shpa) misol bo„la oladi. 
Dori  vositalarining  rezorbtiv  ta‟sir  turlaridan      birlamchi      (bevosita)  va  ikkilamchi 
(bilvosita)  ta‟siri  ayrim  dori  vositalariga  xosdir.    Bunda  dorining  asosiy  ta‟siri  qandaydir  bir 
a‟zoga  qaratilgan  bo„lsa    (birlamchi  ta‟sir)  va  unda  sodir  bo„ladigan  o„zgarishlar  oqibatida 
boshqa  bir  a‟zo  faoliyatida  ham  siljish  yuz  beradi  (ikkilamchi  ta‟sir).  Misol  uchun  yurak 
glikozidalarini olsak.  Ular  yurak faoliyati  zaiflashganida (dekompensastiyada)  bemorga berilsa, 
yurak  mushaklarining  qisqarish  kuchini    oshiradi  (birlamchi    ta‟sir)  va  natijada  qon  aylanishi 
(gemodinamika) yaxshilanadi, tezlashadi. Buning oqibatida esa buyrak faoliyati zo„rayib peshob  
ajralishi ko„payadi yoki diurez ortadi (ikkilamchi ta‟sir).  
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin