Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

1.2.
 
Fitoterapiya  qisqacha tarixi 
Farmakologiyaning  tarixi  fitoterpiyadan  boshlangan  desak  xato  bo„lmaydi.  CHunki  u 
insoniyat  tarixi  kabi  qadimiydir.  Ibtidoiy  davrda  insonlar  asosan  dori  moddalari  sifatida  o„z 
tevarak-atrofidagi  turli  o„simliklardan    foydalanganlar.  Ular  jonivorlarga  taqlid  qilib  yoki 
tasodifan o„simlik ta‟siriga e‟tibor berib, uni davolash maqsadida qo„llaganlar. Ebers (1837-1898 
yy.) topgan qadimiy yodgorlik va qoldirilgan hujjatlardan papirus shuni isbotlaydi. qadim Misrda 
o„simlikdan  tayyorlangan  ayrim  dorilar  opiy,  kanakunjut  moyi  va  boshqalar  davolash  uchun 
qo„llanilgan.  Bu  davr  farmakologiyaning  shaxsiy    tajribaga  asoslangan  empirik  davri  deb 
yuritiladi. 
Farmakologiya  fan  sifatida  XVIII-XIX  asrlarda  rivoj  topdi.  Ayrim  alkaloidlar  va  boshqa 
moddalarning dorivor giyohlardan ajratib olinishi va shu bilan birga tajriba o„tkazish usullarining 
topilishi,  dori moddalari ta‟sirini  o„rganishda alohida burilishga olib keldi. 
Farmakologiya  va  fitoterapiyaning  fan  sifatida  asrlar  mobayinida  shakllanishida  quyidagi 
olimlarning qo„shgan hissalari beqiyosdir. 
Gippokrat  (yangi  eragacha  480-372  yy.).    Uning  asarlarida  ilk  bor  kasallik    tarixi 
keltirilgan,  buyuk olim bemorga shaxsiy yondoshish kerakligini targ„ib etgan. Dorilar to„g„risida 
turli ma‟lumotlar qoldirgan, insonni tabiat bilan bir butun deb hisoblagan. 
Galen (yangi eraning 129-211 yy) -u dori  preparatlari  tayyorlashning bir qancha usullarini 
topgan.  Dori  tayyorlash  texnologiyasiga  asos  solgan.    Uning  usuli  bilan  tayyorlangan    asosan  
o„simlik  preparatlari «galen preparatlari» deb yuritiladi. 
Ko„proq  tabobat  sohasida  qalam  tebratgan  va    zaxmatkash  xalqimiz    dardiga  malham 
bo„lgan olimlarimizdan  Abu Bakr ar Roziy (865-925yy.),   Abu Nasr ibn Iroq (1035 yilda vafot 
etgan),    Abu  Rayxon  Beruniy  (973-1048yy)  singari  allomalarni  qayd  etish  lozim.  Bu  siymolar 
jaxon fani taraqqiyotiga ulkan  hissa qo„shganlar. 

32 
 
YUqorida nomlari zikr qilingan olimlar bilan deyarli bir vaqtda ijod etgan, O„rta Osiyoning 
qomusiy olimi, tabobat ilmining  asoschisi Abu Ali ibn Sino bular ichida o„ziga xos o„rin tutadi. 
Ibn Sino 980 yilning 16 avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog„ida dunyoga kelgan 
va 1037 yili Xamadonda  vafot etgan. Uning maqbarasi ustida  12 ustundan  iborat  gumbaz qad 
ko„tarib  turadi.  Bu  Ibn  Sino  davridagi  asosiy  12  ta  fan  yo„nalishini  va  bu  yo„nalishlarning 
hammasini Ibn Sino mukammal egallaganidan darak beradi. 
Ibn  Sino  o„zining  qisqa  yashab  o„tgan  umrida  o„zidan  131  ta    va    shogirdlari  bilan 
xamkorlikda  yaratilgan  jami  242  ta  asar  qoldirgan.    Tibbiyot  olamida  dong„i  olamga  taralgan 
asarlaridan biri 5 jilddan iborat "Tib qonunlari" asaridir. 
Umuman Ibn Sino tibbiyotga bag„ishlangan 55 ta asar yozgan.  SHundan 31 tasini shaxsan 
o„zi,  qolgan  24  tasini  esa  o„z  shogirdlari  bilan  birga  yaratgan.  Ibn  Sinoning  mazkur  "Tib 
qonunlari" kitobi 5 qismdan iborat. 
1.3.
 
Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi. 
Unda  o„sha davrdagi 811 ta o„simlikning   shifobaxsh  xususiyatlari keltirilgan.  SHu  bilan 
birga  bu  qismda  minerallar,  hayvonot  olamiga  mansub  dorivor  moddalar  ham  o„rin  olgan.  Bu 
o„simliklarning 165tasi hozirgi zamon  tabobatining  davolash amaliyotida qo„llanilmoqda. 
Kitobning  III  qismida  inson  organizmida  qayd  etiladigan  xususiy,  ya‟ni      mahalliy  va 
umumiy  kasalliklar  ustida  to„xtalib  o„tilgan  va  bunda  22  kasalliklarning  banddan  iborat  ta‟rifi 
keltirilgan. 
Kitobning  IV  qismida    insonlarda  uchraydigan  xastalikni  xirurgik  operastiya  bilan 
davolash,    isitma  va  og„ir  holatlar,    xavfli  o„smalar,  o„tkir  va  surunkali  yuqumli  kasalliklar  va 
boshqalar xususida ma‟lumotlar bayon qilingan. 
Kitobning  V  qismi  dorilar  farmakopeyasiga  bag„ishlangan    bo„lib,    unda    oddiy    va 
murakkab dorilarni tayyorlash usullari va ularni turli xil kasalliklarda ishlatish  yo„llari tasvirlab 
beriladi. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037y) 
Ibn  Sinoning  «Tib  qonunlari"da  keltirilgan    dorivor  o„simliklar,  ularning  ishlatilishi  va 
ishlatish usullari alohida ahamiyatga sazovordir. CHunki Ibn Sino o„zigacha o„tgan tabiblarning 
tajribalarini  sinchiklab  o„rganib,  ularni  yanada  mukammallashtirgan,  ularga  yangi  muolajalarni 
qo„shib,  o„sha  zamondagi xalq tabobatida ishlatib kelingan dorivor  o„simliklar va mevalarning 
tibbiyotdagi ahamiyatini  har tomonlama  ochib  bergan.   SHuning uchun ham Ibn Sino  merosini  
o„rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy tomonidan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot 
amaliyotiga  tatbiq  etish  farmakolog  va    provizorlarning  davr  talabidan  kelib  chiqqan  muhim 
vazifalari qatoriga kiradi. 
     YUqoridagilarni  inobatga  olib  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  1999  yil  6 
yanvarda  "Ibn  Sino  xalqaro  jamg„armasini  qo„llab-quvvatlash"  to„g„risida  maxsus  farmon 
chiqargan. 
Ushbu  farmonda  jumladan:  «Ibn  Sinoning  ijodiy  merosini  chuqur  o„rganish    ishlarini  
tashkil  etish,  buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko„maklashish va Ibn 
Sinoning  tibbiy  va  ilmiy-ma‟naviy  merosiga    oid    tadqiqotlar    olib  borishni,  olimlarning  bu 
boradagi  ilmiy  faoliyatini  rag„batlantirish  hamda  tibbiyot  va  dorishunoslik    soxasidagi    eng 
yaxshi  ishlar  uchun  Ibn  Sino  nomidagi  mukofot  ta‟sis  etish  va  iste‟dodli  yoshlarni  qo„llab-
quvvatlash» masalalari ko„tarilgan. Ishonamizki, ushbu farmon o„z ijobiy natijalarni beradi. 
Fitoterapiyaning tarixida yana Abu Bakr Muhammad ibn  Zakiriyo ar-Roziy,  Abu Rayhon 
Beruniy,  Ismoil al-Jurjoniy  va boshqalarning hissasi ham salmoqlidir. 
Markaziy  Osiyo  olimlari  va  tabiblari  ham  ushbu  yo„nalishda  sezilarli  iz  qoldirganlar.  
Masalan,  YUsuf  Xaraviy  (XIV  asr)  Muhammad  Bobur  saroyida  xizmat  qilgan,  uning  shaxsiy 
tabibi  bo„lgan.  1507  yilda  "YAxshi  kishilarga  foydalar"  asarini  yozgan.  Bunda  o„simliklardan 
olingan  sodda  dorilarga  keng  o„rin  berilgan  va  ayrim    kasalliklarni    davolash    yo„llari 
ta‟riflangan.    Ushbu  asar  keyinchalik  "Tibbi  YUsufiy"  nomi  bilan  sharq  mamlakatlarida  katta 
nufuzga ega bo„lgan.      

33 
 
Ne‟matulloh  al-qirmoniy  (XIV  asr)  ning  "Dorivor  moddalarning  xususiyatlar  dengizi" 
nomli asari bizgacha etib kelgan. Kitobni yozishda muallif o„zidan oldin o„tgan Jolinus (Galen), 
Ibn Sino, Ibn al-Baytar kabilarning tibbiy asarlaridan keng foydalangan. 
Ubaydulloh  ibn YUsuf  Ali al-qahhol (XVI asr) Toshkentda yashab ijod etgan.  U  o„zining 
mashhur "Kasalni tuzatish" asarida sharqda nomi tanilgan tabiblarning tibbiyotga oid asarlarini,  
jumladan Ibn  Sino, Abu Bakr Roziy,  Najmiddin Samarqandiy,  Ismoil Jurjoniy kitoblarini tahlil 
qilgan. 
Farmakologiya  fanining  rivojiga  rus  olimlari  R.Buxgeym,    N.Nelyubin,  O.V.Zabelin, 
I.P.Pavlov  va  boshqalarning  qo„shgan  hissalar  nixoyatda  katta.  Farmakologiya  fanida  yorqin  iz 
qoldirgan olimlardan biri V.P.Kravkovdir (1865-1924 yy.). 
 
S.V.Anichkov  (1892-1981  yy.)  va  V.V.Zakusov  (1903-1986  yy.)  N.P.Kravkovning  yaqin 
shogirdlaridan 
hisoblanadi. 
Ularning 
ilmiy 
izlanishlari 
neyroendokrinologiya, 
neyrofarmakologiya va boshqa sohalarga bag„ishlangan. Ular farmakologlarning katta maktabini 
yaratgan,  Respublikamiz uchun ham  qator  mutaxassislar etishtirganlar. 
M.D.Mashkovskiy  tomonidan  tibbiyot  amaliyotini  yangi  dori    preparatlar    bilan  boyitish 
sohasida  salmoqli  ishlar  qilingan.    M.D.Mashkovskiy  yaratgan  va  ko„p  marta  nashr  etilgan 
"Lekarstvenie sredstva" ("Dori vositalari")  kitobi  tibbiyot olamida katta shuhrat qozongan. 
Respublikamizda  farmakologiya  fanini  rivojlantirishda    I.I.Markelov,  N.N.Kompansev, 
I.K.Komilov, M.B.Sultonov va boshqalarning  hissalari salmoqlidir. 
XVII-XIX  asrlarga  kelib,  kimyo  fanining  rivoj  topishi    sintez    yo„li    bilan  olingan  dori 
preparatlarini  yaratishga  imkon  berdi.  SHu  sababli  ham  keyingi  davrda  dorivor  o„simliklarni 
o„rganish va ulardan dori  preparatlari olish masalasiga e‟tibor kamaydi. 
Sun‟iy yo„l  bilan olingan dori  preparatlari  bemorlarga  davo qilishda samarali bo„lsa-da,  
ular  har  xil  asoratlarni,  nojo„ya  holatlarni  keltirib  chiqarishi  keyingi  10-15  yil  ichida  ma‟lum 
bo„ldi.  Ayniqsa  ularning  ko„pchiligi  allergiya  holati  vujudga  kelishiga  sabab  bo„lmoqda.  Jahon 
sog„liqni    saqlash    tashkilotining    ma‟lumotiga    ko„ra    bemorlarning    2,5-5%  ini  shunday  dori 
preparatlari keltirib chiqargan turli asoratlar tashkil qiladi. 
Bu  borada  shifobaxsh  o„simliklarning  hujayra  tuzilishi  va  tarkibidagi  kimyoviy  moddalar 
bo„yicha  odam  tanasi  metabolitlariga  yaqin  bo„lgani  sababli  ulardan  tayyorlangan  preparatlar 
ko„pincha kam  zaharli yoki zaharsiz  va bemorga ziyon  etkazmaydi.  Ushbu  dori-darmonlarning 
shifobaxsh  ta‟siri    sintetik    preparatlarga  nisbatan  kuchsizroq  bo„lsa  ham  ularni  kasallikning 
engil shaklida,  ayniqsa surunkali  kechishida uzoq  muddat qo„llash mumkin. Bundan tashqari, 
ushbu  o„simliklar  tarkibida  turli  va  bir  necha  biologik  faol  moddalarning  mavjudligi    ulardan 
tayyorlangan preparatlarning ta‟siri har tomonlama bo„lishini ta‟minlaydi. 
YUqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  so„nggi  vaqtlarda  dorivor    o„simliklarga  bo„lgan 
qiziqish ancha kuchaydi. 
SHifobaxsh 
o„simliklarni  o„rganish  va  ulardan  keng  miqyosda  foydalanishda 
A.F.Gammerman,  P.YE.Massagetov,  S.S.Sahobiddinov  va  boshqalarning  xizmatlari  ancha 
salmoqlidir.  Respublikamizda  ushbu  dorivor  giyohlarni  o„rganish  va  ulardan  biologik    faol  
moddalarni  olish  va  tibbiyot  amaliyotiga  tatbiq  etishda  akademik  S.YU.YUnusovning  va  u 
boshchilik  qilgan  O„zbekiston  fanlar  akademiyasi  O„simlik  moddalari    kimyosi  instituti 
olimlarining  ilmiy  va  nazariy  ishlari  kimyo  va  tibbiyot  olamida  mashxurdir.  Bular  qatoriga 
farmakologlardan I.K.Komilov, M.B. Sultonov va boshqalarni kiritish  mumkin. 
SHuning  bilan  bir  qatorda  Toshkent  Farmatsevtika  instituti  olimlari  (H.X.Xolmatov, 
T.P.Po„latova va b.) ham bu xayrli ishga o„z munosib hissalarini qo„shib kelmoqdalar. 
O„zbekiston shifobaxsh giyohlarga boy diyor.  Respublikamizda 4000  dan ortiq  yovvoyi  
o„simliklar  o„sadi.    SHulardan  100  dan  ortiqrog„i  tibbiyot  amaliyotida  dori  vositasi  sifatida 
qo„llanildi. Xalq tabobatida esa xududimiz o„simliklaridan 600 ga yaqini dorivor hisoblanadi. Bu 
degan  so„z  respublikamizda  o„sadigan  va  o„stiriladigan  shifobaxsh    o„simliklar    soni  juda  ko„p  
va ular yangi dori-darmonlar yaratishda bitmas-tuganmas manba hisoblanadi. 

34 
 
SHuning  uchun  fitoterapiya  fanini  yanada  rivojlantirish  va  xalqimizni  samarali,  asorat 
bermaydigan va arzon dori vositalari bilan ta‟minlash dolzarb masalalardan biri deb qaraladi. 
I.K.Komilov (1909-1985 yy). 
Bemorlarga  davo  qilishda  tibbiyot  amaliyotida  faqat  fitoterapiya  bilan  chegaralanib 
qolmasdan,  balki  davo  qilishning  boshqa  mavjud  usullaridan,  shu  jumladan  sintetik  va  yarim 
sintetik    dorilardan,  fizioterapiya  va  boshqalardan  foydalanish  katta  samara  berdi.  Bu 
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorni ahvoliga va boshqa-bir qator omillarga bog„liq. 
SHuning  uchun  fitoterapiyani  ma‟lum  davo  usullaridan  ajratib  bo„lmaydi  va  bemorlarga 
kompleks davo qilishning usullaridan biri deb qaralishi kerak. 
Ko„pgina dorivor o„simliklarning shifobaxsh ta‟siri ko„p qirrali bo„lishiga qaramasdan, bir 
necha giyohlardan tayyorlangan yig„ma dorilar ancha samarali davo ta‟sirini ko„rsatadi. Bularga 
misol  qilib  hozir  tibbiyot  amaliyotida  keng  qo„llanilayotgan  marelin,  kardiovalen,  kafiol, 
urolesan, vikair preparatlarini keltirish mumkin. 
Dorivor  o„simliklardan  turli  dori  shakllari  (damlama,  qaynatma,  tindirma-nastoyka, 
ekstraktlar, poroshoklar va boshqalar) tayyorlanadi. 
Ularni    tayyorlash  yoki  ulardan  yakka  xoldagi  toza  dori  moddasini  va  dori  preparatlarini 
olish uchun qo„llaniladigan o„simliklarning ma‟lum qismlari  yoki shu  o„simliklardan  birlamchi  
ishlash  yo„li  bilan  olingan  moddalar  (efir  moyi,  moy,  daraxt  elimi  va  b.)  dorivor  o„simliklar 
mahsuloti deb yuritiladi. 
Odatda  ushbu    mahsulotlar  biologik  faol  moddalarni  ko„p  miqdorda  saqlaydi.    Dorivor 
mahsulot sifatida o„simliklarning er  ustki  qismi (bargi, guli, mevasi, urug„i, po„stlog„i, kurtagi, 
o„t  o„simliklarning  butun  er  ustki  qismi,  o„ti)  yoki  er  ostki  qismi  (ildizi,    ildizpoyasi,  piyozi, 
tuganagi) bo„lishi mumkin. 
O„simliklar  tarkibida    uchraydigan  har  xil  birikmalar  biologik  faol  moddalar  sifatida 
bo„lishi  mumkin.  Ular  quyidagilar:  alkaloidlar,  glikozidlar,    vitaminlar,  yog„lar,  yog„simon 
moddalar,  kislotalar,  kumarinlar,    lignanlar,  oshlovchi  moddalar  (tanidlar),  polisaxaridlar, 
saponinlar,   flavonoidlar,  efir  moylari (terpenoidlar),  fitonsidlar  va boshqalar.  Ushbu  moddalar 
o„simlikning  o„sish-rivojlanish  davrining  turli  vaqtida  yilning  fasliga  qarab  ko„p  miqdorda 
to„planadi,    ayni  shu  vaqtda  ular    yuqori    sifatli    xisoblanadi  va  tayyorlanishi  lozim.    SHunga 
qarab  mahsulotlar  dorivor  o„simliklarning  turli  davrlarida  yig„iladi.  Masalan,    o„simlikning  er 
ustki  qismi  (o„ti)  o„simlik  gullaganda,    barglari  gullash  oldidan  yoki  gullaganda,  kurtaklar  va 
po„stloqlar  o„simlik  tanasida    suyuqlik    yura  boshlaganda  (erta  bahorda),    er  ostki  qismlari  esa 
odatda o„simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig„iladi. 
Dorivor o„simliklarni  yig„ishda  quyidagilarga rioya qilinishi zarur: 
1. Dorivor o„simlik mahsulotlari oldindan  mo„ljallangan,  ruxsat  etilgan erda va miqdorda 
yig„iladi. 
2. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo„yicha quritilishi darkor. 
3.  Ko„p  yillik  dorivor  o„simliklarning  er  ustki  qismi  tayyorlanayotganda  ularning  ildizini 
qoldirish zarur. 
4. Ildiz  va ildizpoyani kavlab olishda ildizning bir qismi qoldirilishi shart. 
5.  O„simlik    mahsulotini    tayyorlashda    yaxshi  taraqqiy  etgan,    gullab  turgan  o„simlikni 
(uning mevasi  etilib  urug„larga  sochilib  ko„payishi uchun) qoldirish zarur. 
Ushbu  qoidalar  hisobga olinsa, dorivor  o„simliklarning   manbai  sira kamaymaydi  va ular 
abadiy saqlanadi. 
Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi 
YUqorida  aytilganidek,  qadimdan  yangi  dori  moddalarini  olish  manbai  o„simliklar, 
jonivorlar va minerallar hisoblangan. XIX asr o„rtalarida esa, kimyo fanining taraqqiyoti tufayli 
dorilarni kimyoviy sintez yo„li bilan olishga erishildi. 
Keyinchalik  immunologiya  fanining  rivojlanishi  va  shakllanishi  hisobiga  shifobaxsh 
zardoblar,  vaksinalar tayyorlash,  zamburug„lardan antibiotiklar olish texnologiyalari  yaratildi.  
80-yillardan  boshlab  esa,    biotexnologiyaning  izchil  rivojlanishi  natijasida  aralash  birikmalar 
hamda individual toza preparatlar olish yo„lga qo„yildi. 

35 
 
Hozir  yangi  yaratilgan  dori  vositalariga    davlat  muassasalari  tomonidan  maxsus 
annotastiyalar  va  ruxsatnomalar    tayyorlanadi.  Ularni  O„zbekiston  Respublikasi  sog„liqni  
saqlash    vazirligi  qoshida  1992  yilda  tashkil  topgan  Dori  vositalari  va  tibbiy  uskunalar  sifatini 
nazorat qilish boshqarmasi har tomonlama ko„rib chiqadi. Dori preparatining foydali va ayniqsa 
zararli  xususiyatlari  biologik  va  kimyoviy  tekshiruvdan  o„tadi.    Ushbu  tekshirishlar  ijobiy    hal  
etilsa, boshqarma tomonidan dori preparatini tibbiyot amaliyotida qo„llashga ruxsat beriladi. 
Umuman  yangi  dori  moddalarini  topish,  tekshirib  ko„rish  va  ularni  tibbiyot  amaliyotiga 
joriy  etish  turli  fan  sohalari  mutaxassislarining  faoliyati  natijasi  bo„lib,  bu  jarayonda  kimyo,  
farmakologiya va farmastiya  sohalari alohida ahamiyatga molikdir. 
YAngi  dori    vositasini  ishlab  chiqarishga  ruxsatnoma  olish  o„ziga  xos  murakkab  vazifa 
bo„lib,  bir  necha  soha  mutaxassislarining  ko„p  yillik  mashaqqatli  mehnati  samarasi  tufayli 
amalga oshiriladi. 
Diagrammada  keltirilganidek,  dori  moddasini,  shu  jumladan  dorivor    o„simliklarni  dori 
preparati  sifatida  tibbiyot  amaliyotiga  joriy  qilishda  farmakologlar  tomonidan  laboratoriya 
jonivorlari  ustida  olib  boradigan    tekshirishlari  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  SHu  bilan  bir 
qatorda  bu ishda kimyogar va  provizorlar, ayniqsa   texnologlar,   farmakognostlar,  farmastevtik 
kimyogarlarni    vazifasi  alohida  o„rin  tutadi.    Hozirgi  vaqtda  yangi  dori  vositalarini  topish  va 
ishlab  chiqarishga  joriy  etish  uchun  tayyor  ilmiy  nazariyalar  yaratilmagan.  Bunday  nazariyalar 
kelajakda yaratiladi deb umid qilish mumkin. Dorilarni kimyoviy va  fizikaviy  xususiyatlaridan 
kelib  chiqqan  holda,  ularning  farmakologik  ta‟sirini  kimyoviy  tuzilishi  bilan  bog„lab  o„rganish 
asosiy vazifalardan sanaladi. 
Ilmiy tadqiqot izlanishlari asosan quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi. 
Empirik  izlanish  (empirio-tajriba)  -  kimyoviy  usulda  olingan  biron-bir  moddaning 
farmakologik  faolligini  o„rganish.    Birlamchi    moddaning    qaysi  guruhga  mansubligini  oddiy 
usullar  yig„indisi  majmui  yordamida  aniqlanadi.    Ilmiy  adabiyotdagi  bu  usul  saralash  skriningi 
deb  ta‟riflanadi.    Maxsus  farmakologik  yoki  farmastevtik  muassasalarda  ko„plab  dori 
preparatlarini  ushbu  usulda  ayrim  farmakologik  ta‟sirlari    bo„yicha    guruhlarga    to„plab  
o„rganiladi.  Ushbu  usul "yo„naltirilgan izlanishlar" usuli bo„lib, bunda preparatning o„ziga xos 
ahamiyatli xossalari ochilmay  qolishi  mumkin.  O„z  mohiyati  jihatidan bu usul chegaralangan 
saralash usulidir.  
Ko„proq  ishlatiladigan  usullardan  yana  biri  "tuzilish  modifikastiyasi"dir.  Kimyoviy 
laboratoriyalarda  mutaxassis  dori  tuzilishidagi  biron-bir  radikalni  almashtiradi  (masalan,  metil, 
etil  yoki  propil    bilan)    yoki    dori    tarkibiga  yangi  elementlar  kiritiladi  (temir,  ftor,  selen). 
Natijada dori moddasida yangi farmakologik xususiyat namoyon bo„ladi. Ushbu usul yordamida 
moddaning  zaharlilik  darajasini  kamaytirishga  yoki  uning  tanlab  ta‟sir  etish  xususiyatini 
oshishiga erishish mumkin. 
Keyinchalik  sintez  qilish  usuli  bilan  farmakologik  xususiyati  oldindan  mo„ljallangan 
dorilarni  olishga  erishildi.  Ushbu  usul  mavjud  preparatlar  guruhiga  oid  yangi  dorilarni  kashf 
etishda katta imkoniyatlarni ochib beradi. 
Biotexnologiya-mikroorganizmlar,  o„simlik    moddalari    va  jonivorlardan  dori  vositalari  
olishdagi    asosiy    yo„nalishdir.  Fleming  1929    yilda  yashil  mog„or  penicillum  notatum  atrof 
muhitga  mikrobga  qarshi  modda  ajratishini  kashf  etgan.    A.Flori  va  S.CHeyn  1942  yilda 
penistillinni  toza  holda  olishga  muvaffaq  bo„lganlar.    SHu  davrdan  boshlab  antibiotiklar  asri 
boshlandi. 
Bundan  tashqari,  80-yillar  mobaynida  o„simlik  hujayralarini  maxsus  muhitda  saqlab, 
aralash birikmalar olish usullari yaratildi,  ular  tabiiy o„simlik xossalarini saqlagan holda yangi 
qo„shimcha ijobiy xossalar namoyon etishi aniqlandi. 
Biologiya  fanining  rivoji  natijasida  kashf  etilgan  "gen  muhandisligi"  usuli  ham  alohida 
ahamiyatga  ega.    Ushbu  usul  yordamida  ayrim  zararsiz  mikroorganizmlar  xususan  ichak 
tayoqchasi  tanasiga  genlarni  ko„chirib  o„tkazish  tufayli  ma‟lum  oqsil  tuzilishiga  ega  fiziologik 
faol  moddalar  olishga  erishildi.  Ushbu  izlanishlar  natijasida  70-yillarga  kelib,    g„oyat  zarur 
preparat-odam insulini  olindi. 

36 
 
Ushbu  usulning  imkoniyatlari  cheksiz  bo„lib,    inson  organizmiga  ham  genlarni  ko„chirib 
o„tkazish mumkinligi isbotlanadi. Bu sohada xozirgi vaqtda katta izlanishlar olib borilmoqda. 
Murakkab  tarkibli    dori  preparatlarini    yaratishga    ham  alohida  e‟tibor  berilyapti,    chunki 
bu usul yordamida dorilarning ta‟sir kuchini oshirishga muvaffaq bo„linadi. SHu bilan bir vaqtda 
dorilarning zararli ta‟sirlarini bartaraf etishga erishiladi, ularni katta dozalarda qo„llashga zarurat 
qolmaydi. 
Murakkab  tarkibli  dori  vositalari  tayyorlashda  qo„shimcha  ayrim  yordamchi  vositalar, 
ularning  noxush ta‟sirlarini  bartaraf  etilishiga va tavsiya  etishda qulaylik yaratishga olib kelishi 
mumkin. 
 
 Nazorat savollari 
1.
 
Zaharli doza deb nimaga aytiladi? 
2.
 
Perinatal farmakologiya deb nimaga aytiladi? 
3.
 
Dori vositalarining tanaga ta'sir turlarini aytib berin? 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
5.
 
www.ziyonet.uz
   
6.
 
www.Lex.uz
.  
7.
 
www.uzpharm-control.uz
   
8.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
 
MA‟RUZA-2 
Dorivor o„simliklar preparatlarini dozalash 
2.1. Dozalar. 
2.2. O„lchov birliklari. 
2.3. Dori vositalarining farmakokinetikasi 
Tayanch so„zlari: letal doza, farmakokinetika, terapevtik doza 
 
2.1. Dozalar. 
 Doza  -    konsentratsiya  deb,  farmakologik  yoki  dori  moddasi  yoki  umuman  kimyoviy 
moddaning  eksperimental  va  klinik    sharoitda    bir    marta  yoki  bir  necha  marta  qo„llanadigan 
(qabul qilingan yoki yuborilgan) miqdoriga aytiladi. 
Eksperimental va klinik amaliyotda dozalarning quyidagi turlari ma‟lum: 
1. O„ldiruvchi – letal doza. 
2. Zaharli - toksik doza. 
3. Terapevtik – davo dozasi. 

37 
 
Turli  dorivor  o„simlik  va  kimyoviy  moddalarining  farmakologik  ta‟sirini  jonivorlarda 
tekshirib ko„rishda,ularning o„ldiradigan  -letal dozasi (LD)  aniqlanadi.  Letal  doza  asosan  ikki 
xilda bo„ladi: LD100 va LD50 . LD100 deb, kimyoviy birikmalarning shunday kichik miqdoriga  
aytiladiki,  uni yuborilganda 100 foiz xayvonlar 24 soat mobaynida nobo„d bo„ladi. LD50 da - 50 
foiz  xayvonlar  nobud  bo„ladi. Buni  o„rganilayotgan  modda yoki  dorining  o„tkir  zaharliligi  deb 
yuritiladi. 
SHuning  bilan  bir  qatorda  moddaning  surunkali  zaharliligi    ham    uzoq  muddat  davomida 
(2-3 oy) tekshiriladi.  Olingan natija ushbu modda  biologik faolligining ko„rsatkichi hisoblanadi. 
Bundan  tashqari,  kimyoviy  moddaning  terapevtik  davolash  dozasini  yoki  effekt    dozasini 
aniqlash  letal  doza  asosida  topiladi.  Farmakologik  moddalarning    terapevtik    effekt  beradigan 
samarali dozasi ko„pincha o„rtacha o„ldiruvchi dozaning 1:10; 1:20; 1:30 ni tashkil etadi. 
Dori  moddalarining  zaharli  dozasi  o„ldiradigan  miqdoridan  kichik  bo„lib,  organizmga 
yuborilganda  noxush  va  nojo„ya  o„zgarishlarga  sabab  bo„ladi,  organizmni  zaharlaydi,  lekin 
o„limga  sabab  bo„lmaydi.  Bu  xodisalar  tibbiyot  amaliyotida  uchrab  turadi.    Ayniqsa,  bu  dori 
vositalarini  dozasiga  e‟tibor  qilmay  iste‟mol  qilish  yoki  tananing  doriga  sezuvchanligining 
oshishi natijasida yuz beradi. Masalan, sulfanilamid  preparatlarini  noto„g„ri  ishlatish  natijasida 
qonda  xar  xil  o„zgarishlar  (gemoliz,    leykopeniya,  me‟da-ichak  faoliyatining  buzilishi), 
uxlatuvchi  dori  preparatlarining katta  dozasidan esa komatoz  (narkozga  yaqin)  holat kuzatilishi 
mumkin. 
Terapevtik  doza  dori  vositalariga  taalluqli  bo„lib,  dorilarning  bemorlarni  davo  qilish 
maqsadida ishlatiladigan miqdoriga aytiladi. Uning  quyidagi turlari ma‟lum: 
     1. Maksimal terapevtik doza. 
     2. O„rtacha terapevtik doza. 
     3. Minimal terapevtik doza. 
Maksimal terapevtik doza zaxarli dozasidan kamroq bo„lib, dorilarning davo ta‟siri yuzaga 
keladigan eng yuqori  miqdoridir. O„rtacha terapevtik doza esa  maksimal  dozaning 1:2, 1:3, 1:4 
ulushi bo„lib, davo bo„ladigan miqdori hisoblanadi. 
Tibbiyot amaliyotida hamma dori vositalari, fitopreparatlar ham, davo qilish va profilaktika 
maqsadida asosan o„rtacha terapevtik dozada ishlatiladi. SHu tufayli dori vositalari farmastevtika 
zavodlarda,  dorixonalarda  mana  shunday  dozada  tayyorlanadi,  resteptlarda  ham  dorilar  ushbu 
dozada ko„rsatilishi qabul qilingan. 
Maksimal  va  o„rtacha  terapevtik  dozalar  ikki  turda  bo„ladi:  bir  martalik  va  bir  sutkalik 
(kecha-kunduzlik) doza. SHunday qilib, terapevtik dozalarning quyidagi turlari ishlatiladi: 
1. Maksimal terapevtik bir sutkalik doza. 
2. Maksimal terapevtik bir martalik doza. 
3. O„rtacha terapevtik bir sutkalik doza. 
4. O„rtacha terapevtik bir martalik doza. 
Dorilarning  bir  martalik  dozasi  ularning  bir  marta  beriladigan  miqdoridir.  Bir  sutkalik 
dozasi  esa  bir  kecha-kunduz  davomida  qabul  qilingan  umumiy  miqdori.  Masalan,  belladonna 
ekstraktining  farmakopeya  bo„yicha  bir  martalik  maksimal  terapevtik  dozasi  -  0,05  g,  o„rtacha 
bir martalik  terapevtik  dozasi - 0,015 g, o„rtacha bir sutkalik terapevtik dozasi esa -0,045 g ga 
teng. 
Tibbiyot amaliyotida bemorlarga  davo qilishda asosan  o„rtacha terapevtik  doza ishlatiladi. 
Ayrim hollarda dori maksimal terapevtik dozada ham beriladi (sulfanilamid va antibiotiklarning 
zarbali dozasi). Ayniqsa surunkali kasalliklarda dorilar kurs dozasida ham berilishi  mumkin (sil, 
zaxm  va  boshqa  kasalliklar).  Umuman  olganda  dorilarni  dozalashda  kasallikning  turi,  uning 
kechishi,  bemorning  ahvoli  va  boshqalar  hisobga  olinadi.  Masalan,  kasallik  engil  kechganda 
minimal terapevtik doza, og„ir kechganda esa maksimal davolash doza olinishi mumkin. 
Dori  vositalari  minimal  terapevtik  dozada  kamroq  qo„llanildi.    U  ham  yuqorida 
aytilganidek bir martalik va bir kecha-kunduzlik bo„ladi. 
Dori  vositasining  bir  martalik    minimal    terapevtik  dozadan    to  maksimal  davolovchi 
dozasigacha  bo„lgan  oraliq  uning  terapevtik  spestifik  ta‟sir  doirasi  deb  ataladi.  Maksimal 

38 
 
terapevtik dozaning terapevtik  minimal dozaga nisbati dorining terapevtik spestifik indeksi deb 
yuritiladi. Ushbu ko„rsatkich qanchalik katta bo„lsa dori vositasi shunchalik xavfsiz hisoblanadi.  
Terapevtik  ta‟sir  doirasi  -  minimal  terapevtik  dozadan    minimal  letal  dozagacha  bo„lgan 
oraliqdir.  Bu  qanchalik    keng  bo„lsa  dori  vositasi  shuncha  zararsiz  hisoblanadi.  Masalan, 
benzilpenistillining terapevtik indeksi 100 ga teng,  yurak  glikozidi digitoksinnika esa 1,5-2. 
Eksperimental  farmakologiyada  dori  vositalarining    terapevtik  indeksi  ular  LD50  ning 
o„rtacha  samarali  dozasiga  (YED50)  nisbati  bo„yicha  aniqlanadi.    Ayollarga  doza  hisoblashda 
erkaklar  dozasining  4:5  qismi  olinadi.  60  yoshdan  oshgan  bemorlarga  esa  dozaning  1:2,  1:3 
qismi olinadi. 
Bolalarga doza belgilash ancha murakkab bo„lib, aniq tavsiyalar ishlab chiqilmagan. 
Bolalarga dori dozasini aniqlashda quyidagi formulani qo„llash ancha qulay hisoblanadi: 
bola yoshi, katta yoshdagi odam dozasi X bola tana vazni og„irligi 
70 
70 -  o„zgarmas son bo„lib, katta yoshdagi odamning o„rtacha og„irligi olingan. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin