Fitoterapiya


 Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32

 
4.2. Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari 
Dorilarning  qaytar  va  qaytmas  ta‟sirlari.  qaytar  ta‟sir  -  vaqtinchalik  farmakologik  ta‟sir 
bo„lib, a‟zo yoki to„qima faoliyati ma‟lum vaqtdan so„ng qaytadan tiklanadi. Bu vaqt davomida 
dori  biotransformastiyaga  uchrab  ta‟siri  zaiflashadi    va    uning  metabolitlari  tanadan  chiqib 
ketadi. Masalan,  narkoz davri tugagach  bemorning uyg„onishi, novokain ta‟siri tugagach  og„riq 
sezishning tiklanishi  va hokazo. Aksariyat ko„p  dori moddalari  vaqtinchalik qaytar ta‟sirga ega. 
Dori  vositasining  qaytmas  ta‟sirida  hujayra  yoki  to„qima  butunligi,  tuzilishi  buzilib,  uning 
faoliyati  izdan  chiqadi.  Misol  tariqasida  og„ir  metal  tuzlari,  kuchli  kislota  va  ishqorlar  hamda 
xavfli o„smalarga qarshi ishlatiladigan vositalarni keltirish mumkin (simobli preparatlar ta‟sirida 
buyrak to„qimasining emirilishi  va boshqalar).  Fosfororganik birikmalarning (xlorofos, butafos) 
astetilxolinesteraza fermenti bilan birikishi ham qaytmas ta‟sirga misol bo„la oladi. 
YUqorida  bayon  qilingan  dori  vositalarining  ta‟sir  turlaridan  tashqari,  ularning  zararli-
salbiy ta‟sirlari ham mavjud. 
 
Nazorat savollari 
6.
 
Dori vositalarining umumiy ta‟siri  
7.
 
Mahalliy hamda rezorbtiv ta‟sirlar  
8.
 
Dori vositalarining rezorbtiv  ta‟sirlari  
9.
 
Dorilarning qo„shimcha ta‟siri  
10.
 
neyrotrop,  bachadonga ta‟sir etadigan dorilar 
11.
 
Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari.  
 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
17.
 
www.ziyonet.uz
   
18.
 
www.Lex.uz
.  
19.
 
www.uzpharm-control.uz
   

45 
 
20.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-5 
Dorilarni qo„shib ishlatish. 
5.1.Dori vositalarining qo„shib ishlatilishi 
5.2.Tasnifi 
 Tayanch 
so„zlari:  Sinergizm,  Potensiyalanish,  Kimyoviy  antagonizm,  Fiziologik 
(farmakologik) antagonizm, Bevosita antagonizm  
Bilvosita antagonizm 
 
5.1.Dori vositalarining qo„shib ishlatilishi 
Farmakoterapiyada (fitoterapiyada  ham) ko„pincha bir  vaqtning  o„zida  bir  necha  dorilarni 
ishlatishga  to„g„ri  keladi.    Bundan    ko„zlangan    asosiy    maqsad  tezroq    va    kuchliroq 
farmakoterapevtik  ta‟sirga  erishish  yoki  bir  nechta  a‟zo  sistemalarga  ta‟sir  ko„rsatib,  dorilar 
samaradorligini oshirish  bilan ularning  nojo„ya  ta‟sirini  kamaytirishdan iborat.  Bir vaqtda bir 
necha  dori  vositalarini tanaga kiritish yoki ketma-ket  yuborish  oqibatida ularning ta‟siri  har  xil 
o„zgarishlarga uchrashi mumkin. 
Bir  necha  dori  preparatlari  shunday  qo„shib  ishlatilganda  sinergizm  yoki  antagonizm 
holatlari kuzatilishi mumkin. 
 
5.2.Tasnifi 
Sinergizm  -  ikkita  dori  moddasi  qo„shib  berilganda    ularni    alohida    qo„llashga    nisbatan 
kuchliroq  bo„lgan  bir  yo„nalishdagi  ta‟sir.  Bunda  jamlanish  va  potensiyalanish  yuz  beradi. 
Jamlanishda  dorilarning  umumiy    farmakologik    ta‟siri  ayrim  preparatlarning  ta‟sirlar 
yig„indisiga  teng  bo„ladi.  Jamlanishning    bu    turida    dorilarning  ta‟sir  etadigan  joyi  umumiy 
(bitta resteptor,  hujayra, tizim)  va  bir  xil  bo„ladi.   Masalan, efir  va azot (I) oksidning  markaziy 
nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoresteptorlarga ta‟siri. 
Potensiyalanishda -  umumiy farmakologik ta‟sir ayrim preparatlar ta‟siri yig„indisidan bir 
necha  marta  kuchliroq  bo„ladi  va  ayrim  hollarda  yangi  farmakologik  xossalar  yuzaga  chiqadi 
(aminazin  va  narkoz,    og„riq  qoldiruvchi  preparatlar).    Bunda  ta‟sir  umumiy  bir  yo„nalishda  
bo„lib, turli  sistemalarga qaratilgan bo„ladi.  
Tibbiyot amaliyotida bunday  sinergizm turi juda keng qo„llaniladi.  Masalan, antibiotiklar 
bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, astiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm 
deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo„lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda  qo„llanilayotgan 
dorilarning ta‟sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to„qima, resteptor) 
bo„lsa,  bilvosita  sinergizmda  esa  har  xil  bo„ladi.  Masalan,  atropin  M-xolinoresteptorlarni 
bloklab,    ko„z    qorachig„ini  kengaytiradi,    adrenalin  esa  adrenoresteptorlarni  qo„zg„atib,  shu 
effektni keltirib chiqaradi. 
Dori  vositalari  sinergizmining  potensiyalanish  turi  tibbiyot  amaliyotida,    ayniqsa 
anesteziologiyada    keng  ishlatiladi.    CHunki  bunda  ushbu  dorilarning  kichik  dozasi  olingani 
uchun ularning asoratlari, nojo„ya ta‟sirlari kam bo„ladi. 
Antagonizm - bir dori ta‟sirini boshqa dori ta‟siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf 
etish  demakdir.  Antagonizm  usulini  qo„llash  zaharlanishning  oldin  olish  va  davolash  tadbirlari 
yig„indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta‟siri deb tushuniladi. 
Antagonizm bir necha ko„rinishlarda bo„lishi mumkin : 
Fizikaviy  antagonizm  -  bir  moddaning  ikkinchi  modda  yuzasiga    so„rib  olinishi 
(adsorbentlar, faollashtirilgan ko„mir, oqsillar). 
Kimyoviy  antagonizm  -  kimyoviy  reaksiya  natijasida  zararsiz    birikmalar  hosil  bo„lishi. 
Masalan,  bariy  xloriddan  zaharlanishda  natriy  sulfat  yuborilsa,  organizm  uchun  zararsiz  bariy 
sulfat  hosil  bo„ladi.  Og„ir  metal  tuzlaridan  zaharlanishda  unitiol  ishlatiladi.  Undagi  sulfgidril 
moddasi metal bilan birikib,  zararsiz kompleks hosil qiladi. 

46 
 
Fiziologik  (farmakologik) antagonizm  -  dorilar  bir  yoki bir  nechta  hujayralar, resteptorlar 
yoki  sistemalarga  ta‟sir  etib,  teskari  oqibat  keltirib  chiqaradi  (narkoz  vositalar  va  analeptiklar).  
Ushbu  antagonizm  ikki  tomonlama  (dorilar  o„zaro  bir-birining  ta‟sirini  yo„qotadi)  va  bir 
tomonlama  (ikkinchisi    esa  birinchisi  ta‟sirini  bartaraf  etmaydi)  bo„ladi.  Ikki  tomonlama 
antagonizmga  kofein  bilan  fenobarbitalni    misol  qilib  keltirish  mumkin  (kofeinning  markaziy 
nerv  sistemasi  qo„zg„atuvchi  ta‟sirini  fenobarbital  tormozlab  yo„qotadi  va  aksincha).  Bir 
tomonlamaga  antagonizmga    esa  atropin  bilan  pilokarpinni  misol  qilish  mumkin.  Atropin 
xolinoresteptorni bloklab, pilokarpin keltirib  chiqargan ko„z qorachig„i torayishini bartaraf etib, 
uni  kengaytiradi.  Lekin  pilokarpin  esa  atropin  ta‟sirida  ko„z  qorachig„i  kengayishini  yo„qota 
olmaydi.  Bu  degan  so„z  pilokarpin  bilan  zaharlanishda  atropin  davo  bo„ladi,  aksincha  atropin 
bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi. 
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud. 
Konkurent  (raqobat)antagonizm  -  o„xshash  kimyoviy  tuzilishga  ega  bo„lgan  birikmalar-
moddalar o„rtasida resteptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va  nalorfin). 
Bevosita  antagonizm  -  ikkita  dori  vositasi  bir  xil  resteptorlarga  to„g„ridan  -  to„g„ri  ta‟sir 
etib,  qarama  -  qarshi  natija  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  muskarin  M-xolinoresteptorlarni 
qo„zg„asta, atropin esa ularni bloklaydi. 
Bilvosita  antagonizm  -  dori  vositalari  turli  antagonistik  fiziologik  sistemalarga  ta‟sir  etib 
qarama  -  qarshi  natija  keltirib  chiqaradilar.  Masalan,  pilokarpin  M-xolinoresteptorlarni 
qo„zg„atib,  ko„z  qorachig„ini  toraytirsa,    adrenalin  esa  adrenoresteptorlarni  qo„zg„atib  uni 
kengaytiradi. 
Ba‟zi  dorilarni  qo„shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning   farmakokinetikasida  ham 
sodir  bo„lishi  mumkin.  Masalan,  dorilarning  ichakdan  so„rilishini  kamaytiruvchilar 
(adsorbentlar, shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog„langan antikoagulyantlarni 
(neodikumarin)  indometastin  (yallig„lanishga  qarshi  dori)  siqib  chiqarishi,  dori  vositalar 
metabolizmida  qatnashadigan  monooksidaza  fermentlar  aktivligini  kuchaytiradigan  induktorlar 
(fenobarbital,  benzonal)  birga  yuborilgan  turli  dori  vositalarining  farmakoterapevtik  ta‟sirini 
susaytirishi va boshqalar. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Sinergizm 
2.
 
Potensiyalanish 
3.
 
Kimyoviy antagonizm   
4.
 
Fiziologik (farmakologik) antagonizm  
5.
 
Bevosita antagonizm  
6.
 
Bilvosita antagonizm 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 

47 
 
7.
 
www.ziyonet.uz
   
8.
 
www.Lex.uz
.  
9.
 
www.uzpharm-control.uz
   
10.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
 
MA‟RUZA-6 
Dorilarni takror qo„llash. 
11.2.
 
Dorilarni takror qo„llash 
11.3.
 
Idiosinkraziya 
Tayanch so„zlari: taxifilaksiya, Narkomaniya, qaramlik, Idiosinkraziya 
Kimyoviy yoki  moddiy  kumulyastiya. 
 
6.1.Dorilarni takror qo„llash 
Ma‟lumki,  bemorlarga  davo  qilishda  ko„pchilik  dori  preparatlari,  shu  jumladan  dorivor 
o„simliklar ham qayta-qayta beriladi. 
Ayrim  dorilarni  qayta  qo„llash  natijasida  ularning  ta‟siri  turlicha  o„zgarishlarga  uchrashi 
mumkin.  Masalan,  ta‟siri  kuchayadi,  susayadi  yoki  sifat  o„zgarishlarga  uchraydi.  Ta‟sirning 
susayishi  doriga  o„rganib  qolganlikning  belgisidir.  Bu  holat  barcha  tirik  mavjudotlarga  xos 
bo„lib,  tolerantlik  -  ko„nikish    yoki    moslashish    deb  yuritiladi  va  u  dorilarni  uzoqroq  muddat 
qo„llanishda  yuz  beradi.    Masalan,  uyqu  dorilariga  ko„nikish  1-2  hafta    davomida    yuz  beradi. 
Mikroorganizmlarda  antibiotiklarga  nisbatan  moslashuv  bir  necha  kundan  so„ng  paydo  bo„lishi 
mumkin. Moslashuv mexanizmlari  murakkab bo„lib, dorining ichakdan so„rilishining pasayishi 
yoki  ularning  metabolizmga  uchrashi,    tanadan    chiqib    ketishining    tezlashishi  oqibati  yoki 
mikroorganizmlarning  dorilarga  qarshi  biologik  faol  moddalarni  ishlab  chiqarishi  yoki  dorilar 
ta‟sir   etadigan  resteptorlar (keyingi  sahifalarga qarang)  sezuvchanligining kamayishi hisobiga 
bo„lishi mumkin. 
Dorini  qisqa  muddat  oralig„ida  bir  necha  bor  takroran  qo„llashda  ta‟sirining  pasaishi 
taxifilaksiyaga  sabab  bo„ladi.   Ushbu xolat  efedrinning  qon  bosimiga ta‟sirida yaqqol  namoyon 
bo„ladi.  SHuning  uchun  bunday  xususiyatli  dorilarni,  shu  jumladan  fitopreparatlarni  ham  
bemorni  davolashda  ularning  dozasini  oshirishga    yoki  boshqacha  mexanizmli  ta‟siri  bo„lgan 
samarasi o„xshash dorilar bilan qo„shib berish yoki almashtirishga to„g„ri keladi. 
Ba‟zi dorilarni qayta-qayta iste‟mol qilish (og„riqsizlantiruvchi-morfin, psixostimulyatorlar 
-  fenamin,  tinchlantiruvchi  dorilar)  natijasida    ularga  qaramlik  yuz  beradi.  Ushbu  holat 
sarxushlik  yoki  giyohvandlik  deb  ta‟riflanadi.  Bu  xastalik  narkomaniyaga  sabab  bo„lib,  og„ir 
ruhiy  kechinmalar  bilan  o„tadi.  Narkomaniya  holati  ushbu  doriga  sezuvchanlikning  susayishi 
bilan  boradi.  Doriga  qaramlikning  belgisi  xumor  qilish-abstinensiya  holati  (ushbu  dori 
organizmga  yuborilmagan  taqdirda  bo„ladigan  holat)  ikki  turdagi  o„zgarishlar  bilan  kechishi 
mumkin:    fizikaviy  va  ruhiy  o„zgarishlar.  Fizikaviy  o„zgarishlarda  tana  musshaklarining 
tortishishi,  ichki  a‟zolarning  og„rishi,    qusish  va  boshqa  belgilar  (morfin),  ruhiy  o„zgarishlarda 
esa umumiy ruhiy qo„zg„olishlar kuzatiladi (kokain). SHuning uchun bunday xususiyatli dorilar 
nazorat ostida bo„lib, ularni davolash amaliyotida ishlatish chegaralangan. 
 Ayrim  dorilarni takror  qo„llash oqibatida unga  bo„lgan  sezuvchanlik  orta  borib,  allergik  
reaksiyalarga  sabab  bo„lishi  mumkin.    Bu  holat  sensibilizastiya  (immun-biologik  sistemaning 
allergiyaga bo„lgan yashirin reaksiyasi) natijasidir. Sensibilizastiya uzoq yillargacha saqlanadi va 
antibiotiklarga  nisbatan  ko„proq  uchraydi.  Bunday  dorilarni  berishdan  oldin  kichik  dozada  teri 
orasiga yuborib sinab ko„riladi. 
6.2.Idiosinkraziya 
Idiosinkraziya (idios – o„ziga xos o„zgarish) tanada ayrim fermentlar shakllanmagan bo„lib,  
dorini  ilk  bor  kiritish  tufayli  yuz  beradigan  allergik  reaksiyadir.  U  irsiy  etishmovchilik 
oqibatlaridan  bo„lib,  farmakokinetikaning  o„rganadigan  yo„nalishlaridan  biridir.  Idiosinkraziya 

48 
 
novokainamidga,  xininga  nisbatan  kuzatiladi.  Ushbu  holatlarda  dorilarni  berish  to„xtatiladi  va 
tibbiy yordam tadbirlari amalga oshiriladi. 
 Dori  vositalarini  qayta  yuborish  natijasida  ular  tanada  to„plana  borib,  kumulyastiya 
holatini  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Kumulyastiyaning  yuz  berishi-  dori  moddasining  to„qimalar 
va  qon  zardobi  oqsillari  bilan  mustahkam  birikishi,  tanadan  chiqib  ketishini  qiyinlashishi  bilan 
tushuntiriladi.  Mazkur  holatga  fenobarbital,  angishvonagul  (digitalis)  preparatlari,  kumarinlar 
(neodikumarin)  va boshqa birikmalar misol bo„la oladi.  Ko„pincha  kumulyastiya zaharlanishga 
sabab bo„lishi mumkin.  
 Bu  holatning  ikki  turi  mavjud.    Kimyoviy  yoki    moddiy    kumulyastiyada  dori  moddasi 
ko„p  miqdorda  to„planib,  yuqorida  keltirilgan  o„zgarishlar  bilan  boradi.  Funksional 
kumulyastiyada  esa  dori  miqdorini  aniqlab  bo„lmaydi,    chunki    u  organizmda  to„planmaydi,  
ammo uning ta‟siri-effekti yig„ila boradi. Bunga alkogol ta‟siridagi telbalik, psixoz holatlarning 
yuz  berishi  yoki  monoaminokidaza  ingibitorlari  (transamin,  nialamid)  keltirib  chiqaradigan 
o„zgarishlar misol bo„la oladi. 
 
Nazorat savollari 
1.
 
taxifilaksiya 
2.
 
Narkomaniya 
3.
 
Doriga qaramlikning belgisi  
4.
 
sensibilizastiya 
5.
 
Idiosinkraziya 
6.
 
Kimyoviy yoki  moddiy  kumulyastiya 
 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
11.
 
www.ziyonet.uz
   
12.
 
www.Lex.uz
.  
13.
 
www.uzpharm-control.uz
   
14.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-7 
Dorilarning biotransformatsiyasi va tasnifi. 
7.1. Dorilarning biotransformatsiyasi 
7.2. Dorilarning tasnifi. 
Tayanch so„zlari: Sust diffuziya, Filtrastiya, Faol transport, Pinostitoz 
Parenteral yo„l, Teri ostiga  yuborish   
 

49 
 
Ayrim  dori  vositalarining  qonga  so„rilishi  qisman  me‟da  bo„shlig„idan  boshlanadi 
(masalan,  kislotalik  sharoitdagi  ayrim  kuchsiz  elektrolitlar,  sulfaniamidlar,  barbituratlar, 
astetilsalistil  kislota  va  boshqalar).  Ammo  ko„pchilik  dorilarning  so„rilishi  asosan  ingichka 
ichakda sodir bo„ladi,  chunki uning so„rish sathi  juda keng (200m2) bo„lib, qon tomirlari bilan    
yaxshi  ta‟minlangan. So„rilish jarayoni 4 xil usulda namoyon bo„ladi:  
1.  Sust  diffuziya  -  moddalar  miqdori  ko„p  tomondan  kam    tomonga  membrana  (parda) 
orqali  (moddaning  konsentrastiya  gradienti  bo„yicha)  o„tadi.    Asosan  yog„da  eruvchan  va 
qutblanmagan  molekulalar  tezroq  o„tadi.    YOg„da    eruvchanlik    qanchalik  yuqori  bo„lsa, 
o„tuvchanlik  ham  shuncha  tez  bo„ladi.  Dori  vositalarning  bunday  diffuziyasi  uchun  energiya 
talab qilinmaydi.Ko„pchilik dorilar shu yo„l bilan so„riladi. 
2.  Filtrastiya  -  dori  moddasining  o„tishi  hujayralararo  bo„shliqlar-kovaklari  orqali 
(ultrafiltrastiya)  yuz  beradi.  Suv,  ayrim  ionlar,  mochevina    shu  usul  bilan  so„riladi.  Bularning 
filtrastiya bo„lishida gidrostatik va osmotik bosimning mohiyati katta. 
3.  Faol  transport    -  bu    usulda  transport  (olib  o„tuvchi)  vositalari  qatnashadi.  Ular  ayrim 
birikmalarga tanlab birikadi va uning so„rilishini ta‟minlaydi. 
Transport  moddaning  miqdori  kam  tomondan  miqdori  ko„p  tomonga  (konsentrastiya 
gradientiga  qarshi)  ham  yuz  beradi,bunda  oksidlanib  fosforillanishda  hosil  bo„lgan  energiya 
sarflanadi.  Faol  transport  natijasida  gidrofil  qutblangan  molekulalar,    ayrim  noorganik  ionlar, 
qandlar,  pirimidinlar so„riladi.  qondagi yod  moddasining qalqonsimon bezdagi gormon sintezi 
uchun to„planishi shu yul bilan amalga oshiriladi. 
4.  Pinostitoz  (pinos  -  ichish).    Ushbu  usulda  dori  moddasi    pufakcha  holida    membrana  
orqali o„tib  qamrab olinadi  va hujayraning qarama-qarshi  qutbiga qarab harakatlanadi.  So„ngra 
ekzostitoz    yo„li    bilan    chiqarib  yuboriladi.    Masalan,  vitamin  V12    ning  so„rilishi  pinostitoz 
usuliga misol bo„la oladi. 
Dori moddalarining  so„rilishi asosan oddiy  diffuziya usulida  bo„lib, pinostitoz  esa  deyarli 
ahamiyatga ega emas. 
Dori  vositalarining   me‟da-ichakdan   so„rilishi   qator  tashqi  va ichki  omillarga bog„liqdir.  
Masalan,  dori moddasining fizik-kimyoviy xossasi va kimyoviy tuzilishi,  uning  shakli, me‟da-
ichak  bo„shlig„ining  rN  muhiti,    unda  ovqat  massasining  bo„lishi  yoki  bo„lmasligi,    uning 
fiziologik  va  patologik  holati,  qon  bilan  ta‟minlanishi  va  boshqalar  ma‟lum  darajada 
axamiyatlidir. 
Parenteral  yo„l.    Dori  vositalarini  bu  yo„l  bilan  tanaga  kiritish    enteral  usulga    nisbatan  
boshqacharoq  va  murakkabroq  hisoblanadi  va  ayrim  hollarda  tibbiyot  xodimlari  tomonidan 
bajariladi. Parenteral  yo„lga  dorilarni  me‟da-ichak yo„lini chetlab yuboriladigan hamma usullar 
kiradi:  in‟eksiya(ukol) qilish, nafas yo„li orqali yuborish, sirtga qo„llash shular qatoriga kiradi. 
Ma‟lumki, dori vositalarini in‟eksiya qilishni aseptik sharoitda  bajarish talab qilinadi: dori 
eritmasi, shprist va boshqalar sterillangan bo„lishi shart. 
In‟ekstiyaning  quyidagi    xillari  ma‟lum:    teri  orasiga  va  teri  ostiga,  muskullar  orasiga, 
venaga, arteriyaga, suyak to„qimasiga, orqa miyaga va xakozo. 
Teri  orasiga  yuboriladigan  dorilar  kam  miqdorda  0,1-0,2ml  asosan  antirabik  (quturishga 
qarshi) zardob, tuberkulin va ayrim antibiotiklar sinab ko„rish uchun qullanadi. 
Teri ostiga   yuborish  usuli  keng ishlatiladi. Dorilarning  suvli  va yog„li  eritmalarini 2 ml 
gacha miqdorda yuborish tavsiya etiladi.  CHunki ko„p miqdorda yuborilganda og„riq beradi va 
so„rilish qiyin bo„ladi. 
Dori  vositalarini  muskullar  orasiga  yuborish  juda  keng  miqyosda    ishlatiladi.  CHunki 
og„riq sezish kamroq bo„lib, dori preparatini ko„proq miqdorda (10 ml gacha) yuborish mumkin.  
Bundan  tashqari,  suspenziyali  va  yog„li  dorilar  yuborilganda    ularning  so„rilishi  oson  kechadi.  
Bu usul bilan dori vositalari asosan dumbaning yuqori va tashqi kvadrantiga in‟ekstiya qilinadi. 
Venaga  yuboriladigan    dorilar  eritmasi  izotonik,    apirogen,    tiniq,  chukmasiz, 
aralashmalarsiz  va  sterillangan  bo„lishi  kerak.    Bu    yo„l    bilan    ayrim  preparatlar    eritmasidan  
ko„p  miqdorda  (250-500  ml)  yuborish  imkoniyati  bor.    Ayniqsa  plazmaning  o„rinbosar 
suyuqliklari  va  boshqa  eritmalarni  venaga asosan tomchilab yuboriladi.  Kam hajmdagilar esa 

50 
 
(20  ml  gacha)    shprist  orqali  asta-sekin  uzluksiz  yuboriladi.  Venaga  yuboriladigan    dorilarning  
ta‟siri  tez  yuzaga  chiqqani  sababli  shoshilinch  tibbiy  yordam  ko„rsatishda,  ayniqsa,  yurak 
faoliyatining  o„tkir  etishmovchiligida  ushbu  usul  juda  ham  qo„l  keladi  (masalan,  strofantin, 
korglikon, karaxtlikda va zaharlanishda yuboriladigan eritmalar va b.). 
Dori  vositalarini  bevosita    arteriyaga    yuborish  kam  ishlatiladi.    Asosan  shok  (karaxtlik) 
holatida,  qon  bosimi  xaddan  tashqari  pasayishi  natijasida  venalar  yopishib  qolganda  yoki    dori 
konsentrastiyasini  ayrim  a‟zolarida  yuqori  darajada  bo„lishini  ta‟minlash  maqsadida    turli    dori  
vositalari  (adrenalin  gidroxloridi,    noradrenalin    gidrotartrati,    antiblastom  dorilar,  antibiotiklar 
va b.)  bevosita  arteriya qon tomiriga yuboriladi. 
Ayrim  dorilarning  eritmasi  bevosita  suyak    to„qimasiga    yuborilishi    mumkin.    SHu 
maqsadda  ko„proq  xirurgiya  (ortopediya,  travmatologiya)  amaliyotida  og„riqsizlantirish 
maqsadida    novokain    ishlatiladi.    qon    tomirga  yuborish    iloji  bo„lmaganda  ayrim  holatlarda  
dorilar bevosita to„sh suyagiga in‟eksiya qilinishi mumkin. 
Dori  vositalarini  orqa  miyaga  yuborish  ham  asosan    anesteziologiyada  shu    maqsadda  
qo„llanildi (subdural, epidural yuborish turlari). 
Bundan  tashqari,  ayrim    xollarda    dori    vositalari    to„g„ridan-to„g„ri  yurakka    (adrenalin),  
qorin bo„shlig„iga (antibiotiklar),  yonoq suyagidagi bo„shliqlarga (sinus) yuboriladi. 
In‟eksiya qilishning yaxshi tomonlaridan biri dori vositalarining ta‟siri tez yuzaga chiqishi,  
yuboriladigan  dozasining  aniqligidir.  SHu  bilan  bir  qatorda    kamchiliklari  ham  mavjud:  
infeksiya (SPID, gepatit, yiringli infeksiya) yuqib qolishi, og„riq sezish,  tibbiyot xodim bo„lishi 
shartligi in‟eksiyaning salbiy tomonlaridir. Ushbu kamchiliklarga qaramasdan in‟eksiya yo„lidan 
tibbiyot amaliyotida juda keng foydalaniladi. 
Parenteral  yo„lga  shuningdek  dori  preparatlarini  nafas  yo„li  (ingalyastion)    orqali  tanaga 
yuborish usuli ham kiradi. Ushbu yo„ldan asosan  gazsimon,  engil uchuvchan  suyuqliklar (bug„ 
holigida)  yuboriladi.  Ular  qatoriga  ingalyastion  narkoz  uchun  ishlatiladigan  moddalar    (efir, 
ftorotan,  xloretil    va  boshqalar)  havo  bilan  o„tib  alveolalardan  qonga  yaxshi  so„riladi  va  o„z 
ta‟sirini  tez  ko„rsatadi.  Mazkur  narkoz  vositalari  shu  yo„l  orqali    qaytadan  qondan  tashqariga 
chiqariladi.    SHuning  uchun  ham  ularning  farmakologik  ta‟sirini  (narkoz  holati)  boshqarish 
qulaydir.  SHu  yo„l  bilan    har    xil  dorilar  aerozol  holida  (aerozol  ingalyatorlar  yordamida)  ham 
yuboriladi.  Ko„pincha  bronxial  astma  xastaligida  (bronxodilyatatorlar),  yiringli  infeksiyada 
(antibiotiklar) va boshqa dori  preparatlari  ingalyastiya yo„li bilan yuboriladi. 
Dori  vositalarini  sirtga  qo„llanish  bilan  qisman  ularning    rezorbtiv,    ko„proq  va  xususan 
maxalliy  ta‟siridan  foydalaniladi.  Ushbu  usul  bilan  surtma  (maz,  pasta,    liniment),  eritma 
(antiseptiklar  -  kalendula,  novoimanin,  furastillin  va  boshqalar)  va  quruq  shakldagi  (streptostid 
va  boshqalar)  dori  preparatlari  ishlatiladi.    Ulardan  tashqari  ko„z,  burun,  quloq  tomchilari,  
bo„shliqlarni  yuvish,  chayish  maqsadida  ishlatiladigan  har  xil  dorilar  fitopreparatlar  (tirnoqgul 
damlamasi va tindirmasi,  xandeliya  va moychechak damlamalari va b.) mavjud. 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin