Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar
2-BO’LIM. MOLEKULYAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA KIRISH Molekulyar fizika, fizikaning bir bo’limi bo’lib, moddaning tuzilishi va
xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurga asoslanib o’rganadi. Bu tasavvurga
asosan qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi har qanday modda juda mayda
zarrachalardan — molekulalardan iborat. Bu zarralar tartibsiz harakatdadir.
Ularning intensivligi temperaturaga bog’liqdir. Jism zarralarining to’xtovsiz
harakatdaligini Broun tajribalar asosida kuzatdi.
Molekulyar - kinetik nazariyaning maqsadi jismlarning bevosita tajribada
kuzatiladigan xossalarini (R,T va x.k.) molekulalar ta’sirining umumiy natijasi
sifatida talqin qilishdan iborat. Bunda, bu nazariya ayrim molekulalarnig
harakati bilan emas, balki zarralarning juda katta to’plami harakatini
xarakterlaydigan faqat o’rtacha miqdorlar bilangina ish ko’rib, statistik metoddanfoydalanadi. SHuning uchun ham molekulyar-kinetik nazariyadan
farqli ravishda termodinamika jismlarning va tabiat hodisalarining makroskopik
xossalarini ularning mikroskopik manzarasiga e’tibor bermay o’rganadi.
Termodinamika molekula va atom tushunchalaridan foydalanmay va
protsesslarni mikroskopik nuqtai nazardan tekshirmay turib ham bu
protsesslarning borishi to’g’risida qator xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Termodinamikada juda ko’p tajribalardan olingan faktlarni umumiylashtirish
orqali bir nechta qonunlar asos qilib olingan. SHuning uchun ham
termodinamika xulosalari juda umumiy xarakterga ega. Modda holatining
o’zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib termodinamika
bilan molekulyar-kinetik nazariya bir-birini to’ldiradi va aslida borib birlashib
ketadi.