Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

3-§. YORUG’LIK DIFRAKSIYASI 
 
Yorug’likni fazoda tarqalishini kuzatib yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab 
tarqaladi degan xulosaga kelamiz. Hakikatdan ham, biror teshikdan yorug’lik 
o’tsa, u uzun nur konusini hosil qiladi. Agar shu teshikni yana kichraytirsak, u 
holda yorug’lik teshikdan sfera bo’ylab tarqaluvchan bo’ladi. Bu hodisani 
birinchi bo’lib italyan olimi Grimaldi kuzatgan va uni yorug’lik difraksiyasi 
deb atagan. Umuman, yorug’lik difraksiyasi deb yorug’likni tor teshiklardan va 
to’siq chetidan o’tganda to’g’ri chiziqli tarqalishining bo’zilishiga aytiladi. 
Gyuygens yorug’likni tarqalish jarayonini tushuntirish uchun bir prinsipni bayon 
etdi. Bu prinsipni ma’nosi shunday: yorug’lik to’lqini kelib tebratgan har bir 
nuqta o’z navbatida manba bo’lib elementar yorug’lik to’lqinlarini tarqatadi
Gyuygens prinsipini kamchiligi shundaki, elementar to’lqinlarni qo’shganda 
ularni fazalarini hisobga olmaydi, holbuki bu to’lqinlarning fazalari har xil 
bo’ladi. Bu kamchilikni Frenel to’ldirdi va elementar to’lqinlarni fazalarini 
hisobga oldi. Natijada Gyuygens-Frenel prinsipi vujudga keldi, uni ma’nosi 
shunday: chegaralangan yorug’lik to’lqinlari fronti tarqalganda hamma 
nuqtalardan chiqayotgan elementar to’lqinlar interferensiya natijasida bir-
biri bilan qo’shilishib ketgan fazoning qismida qorong’ulik kuzatiladi. 


Frenel yorug’lik difraksiyasini tushuntirish uchun o’tayotgan to’lqin 
frontini elementar to’lqinlar manbai bo’lgan zonalarga ajratdi va ularning biror 
nuqtadagi ta’sirini ko’rib chiqdi. Optikada bu zonalarni Frenel zonalari deb 
ataladi. Frenel shu usul bilan yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishini ham 
tushuntirdi. Difraksion hodisalar o’z xarakteriga qarab ikki sinfga bo’linadi. 
Birinchi sinfga kuzatuvchi nuqta ekran ( to’siq )dan ma’lum masofada 
joylashgan holdagi difraksion hodisalar kiradi. Bu xil difraksion hodisalar 
birinchi marta Frenel tomonidan o’rganilgan bo’lgani uchun Frenel difraksiyasi 
deyiladi. Ikkinchi sinfga ekran (to’siq) kuzatuvchi nuqtadan cheksiz masofada 
bo’lgan hol, ya’ni parallel nurlardagi difraksion hodisalar kiradi. Bu xil 
difraksion hodisalarni birinchi marta Fraungofer o’rgangan. SHu sababli 
bunday difraksiyalarni Fraungofer difraksiyasi deyiladi. 
Frenel difraksiyasini doiraviy teshikdan yorug’lik o’tganda ko’ramiz. 
Doiraviy teshikni Frenel zonalariga bo’lamiz. Masalan, doiraviy teshikda 3 ta 
zona joylashgan. A nuqtada difraksion manzarani kuzatamiz. Bunda umumiy 
qoida shunday: agar doiraviy teshikda juft zonalar joylashsa, A nuqtada ( 
markazda ) qorong’ulik bo’ladi. Agar doiraviy teshikda toq zonalar joylashsa
A nuqtada ( markazda ) yorug’lik bo’ladi. Biz ko’rayotgan holda doiraviy 
teshikda 3ta zona joylashgani uchun A nuqtada yorug’lik bo’ladi.
Difraksiya hodisasiga asoslanib maxsus asboblar yasalgan. SHunday 
qurilmalardan birini difraksion panjara deyiladi. Difraksion panjara deb, bir-
biridan teng masofalarda turgan ko’p tirqishlardan tuzilgan asbobga aytiladi. 
Difraksion panjaradagi parallel joylashgan tirqishlardan yorug’lik o’tganda 
Fraungofer difraksiyasi kuzatiladi. Difraksion panjaradagi bitta tirqishning eni 
b bo’lsa, ikki tirqish orasidagi to’siq eni a bo’lsa, ularning yig’indisiga 
difraksion panjara doimiysi yoki davri d deyiladi. Tirqishlar soni N va panjara 
doimiysi d o’zaro shunday bog’langan:
d
N
a b

 
1
(3.1) 
Ikki qo’shni tirqishdan o’tgan yorug’lik to’lqinlarining o’zaro yo’l farqi 
 
sin

(3.2) 
ga teng bo’lib, bu yerda 

 - difraksiya burchagi . 
Difraksion panjara uchun yorug’likning kuchayishi, ya’ni maksimum 
sharti quyidagicha bo’ladi: 
 

d
k
sin
,


(
k

0 1 2
, , ,...
) (3.3) 


 Difraksion panjara uchun minimumlar sharti : 
 


d
k
sin
(
)


2
1
2
(
k

0 1 2
, , ,...
) (3.4) 
(3.3) va (3.4) ifodalardagi 
k
lar mos ravishda maksimum va minimumlar 
tartibi. 
Difraksion panjara hosil qilgan manzarada yana qo’shimcha 
minimumlar va ular orasida ikkilamchi maksimumlar ham kuzatiladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin