Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

7-§. YADRO REAKSIYALARI
Ikki yadro yoki yadro va elementar zarrachalar bir-biriga 10
-15

masofaga yaqin kelganda yadro kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro intensiv 
ta’sirlashib, yadrolar tarkibining o’zgarish jarayoniga yadro reaksiyalari 
deyiladi. 
YAdro reaksiyalarini umumiy shaklda
А а
В в
  
(7.1) 
yoki
A(a, v)V 
 
deb yozish mumkin. 
YAdro reaksiyalari vaqtida
1. Elektr zaryadining saqlanish qonuni; 
2. Nuklonlar sonining saqlanish qonuni; 
3. Energiyaning saqlanish qonuni; 
4. Impulsning saqlanish qonuni bajariladi. 
YAdroning bo’linish jarayonida ajralib chiqqan neytronlardan bittasi o’z 
navbatida qo’shni yadroni parchalash va bu yadro ham qo’shni yadroni 
parchalashi mumkin bo’lgan neytronlarni chiqarishi mumkin. Natijada 
bo’linayotgan yadrolar soni kesin ortib ketib, o’zini-o’zi davom ettiruvchi 
reaksiya yuzaga keladi. Ushbu reaksiyaga zanjir yadro reaksiya deyiladi. 
YAdrolarning bo’linishi boshqariladigan reaksiya amalga oshiriladigan 
qurilma yadro reaktori deyiladi. YAdro reaktori: yadro yoqilg’isi, 
neytronlarning sekinlatgichi, reaktor ishlaganda ajraladigan issiqlikni olib 
ketuvchi issiqlik eltuvchi ( suv, suyuq natriy ) va reaksiya tezligini 
rostlovchi qurilma. 
Juda yuqori temperaturalarda yengil yadrolarning qo’shilish reaksiyasi 
termoyadro reaksiyasi deyiladi. Termoyadro reaksiyasi yuz berishi uchun 
yadrrolar 10
-15
m masofaga, ya’ni yadro kuchlari ta’sir doirasiga tushishlari 
shart. Termoyadro reaksiyalari sintez reaksiyalari yoki termoyadro sintezi 
deyiladi. 
Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina davlatlarida boshqariluvchi 
termoyadro reaksiyasini amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. 


Bo’linish 
reaksiyasini 
yadro 
reaktorlarida 
boshqarilgani 
kabi, 
boshqariladigan termoyadro reaksiyasini amalga oshirish ancha murakkab 
masaladir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin