Fizika matematika fakulteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix07.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Fizika matematika fakulteti

amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal sur‟atlar bilan amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg„ayib kelayotgan 
o„spirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt 
ravnaqi yo„lida ularning faol ishtirokini ta‟minlashni bugungi kunning ustuvor 
vazifalaridan biri etib belgilamoqda. 
Xalq ta‟limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‟lim samaradorligini yanada 
oshirish, o„quvchi-yoshlarda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning 
bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo„naltirish orqali mustaqil 
hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta‟limi 
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 
PQ-3931-son qaroriga muvofiq. 
Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan qayta qurishning asosiy maqsad va 
uning 
harakatlantiruvchi 
kuchi 
inson, 
shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi 
hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimini 
mukammal bo„lishi, zamonaviy iqtisod, 
fan-madaniyat
, texnika va tehnalogiyalar 
asosida rivojlanish hisoblanadi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» uzliksiz ta'lim va kadrlarni tayyorlash 
tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud 
ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o„zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar 
yutiqlari va ijodiy tajribalarga, ta'lim jarayonini hammasi shakli ta'limlarga tayangan 
holda amalga oshiriladi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga 


fan-texnika, ilg„or texnalogiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, 
o„qitish 
va rivojlanishi maqsadlari
, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy 
shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati 
uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs- fuqaroning tashkil 
topishini ko„zda tutadi. Ushbu ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta'lim 
xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab 
chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi. 
Oliy ta‟lim tizimida o„z yo„nalishlari bo„yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta‟lim 
muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o„rnatish, o„quv jarayoniga ilg„or xorijiy 
tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi 
ilmiy-ta‟lim muassasalarida stajirovkadan o„tkazish va malakasini oshirish borasidagi 
ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta‟lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini tubdan qayta ko„rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma‟lumotli 
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta‟minlash maqsadida:
Oliy ta‟lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish 
bo„yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
har bir oliy ta‟lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta‟lim muassasalari bilan 
yaqin hamkorlik aloqalari o„rnatish, o„quv jarayoniga xalqaro ta‟lim standartlariga 
asoslangan ilg„or pedagogik texnologiyalar, o„quv dasturlari va o„quv-uslubiy 
materiallarini keng joriy qilish, o„quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o„tkazishga, 
malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta‟lim muassasalaridan yuqori malakali 
o„qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz 
oliy ta‟lim muassasalari magistrant, yosh o„qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka 
o„tashlarini, professor-o„qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil 
qilish;
oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini 
shakllantirish, oliy ta‟lim muassasalarida o„qitish yo„nalishlari va mutaxassisliklarini 
istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga 


oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda 
optimallashtirish;
ta‟lim jarayonini, oliy ta‟limning o„quv reja va dasturlarini yangi pedagogik 
texnologiyalar va o„qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta‟lim 
jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida 
yanada takomillashtirish;
yangi avlod o„quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‟lim muassasalarining 
ta‟lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‟lim muassasalarini zamonaviy o„quv, o„quv-
metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta‟minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy 
adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam 
yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, 
xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o„tkazish, 
oliy ta‟lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo„yicha 
o„qitish, oliy ta‟lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari 
o„quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o„qituvchi va mutaxassislarni keng 
jalb qilish;
oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta‟limda ilm-fanni 
yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, 
oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati 
samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan 
shug„ullanishga keng jalb etish; 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin