Agar va to’plamlar hamda ularning funksional bog’liq qonuni berilgan bo’lsa, funksiya berilgan hisoblanadi. Funksiya asosan quyidagi usullarda beriladi
Agar va to’plamlar hamda ularning funksional bog’liq qonuni berilgan bo’lsa, funksiya berilgan hisoblanadi. Funksiya asosan quyidagi usullarda beriladi:
a) Analitik usul. Bu usulda o’zgaruvchilar orasidagi bog’liqlik formulalar yordamida beriladi.
A yrim hollarda funksiya funksiyaning aniqlanish sohasidagi oraliqlarga qarab turli formulalarda berilishi mumkin.
Masalan:
(78-chizma)
b) Jadval usulida:
Funksiya jadval usulida berilganda funksiya argumentlari va unga mos keluvchi funksiya qiymatlari jadvalga keltiriladi.
78-chizma
Masalan:
1) To'rt xonali matematik jadvallar.
2)
X
0
0,1
0,2
3
0,5
4
2
1,5
U
-2
5
2
-1
-4
0,5
5
3
Jadvaldan ko’rinadiki, funksiyaning aniqlanish sohasi argumentning 8 ta qiymatida bo’lib, unga funksiyaning ham 8 ta qiymati to’g’ri kelgan. Jadvaldagi qiymatlar tajribalardan yoki tajriba natijalarini matematik hisoblashlar natijasida olingan bo’lishi mumkin.
v) Grafik usulda:
B u usul asosan funksiyalarni analitik usulda berish qiyin bo’lgan hollarida uchraydi. Ko’pincha tabiatda ro’y beradigan hodisalarni o’rganish jarayonida apparaturalar yordamida egrilar olinib, ularni o’rganishga to’g’ri keladi. Masalan, ostsilografni, elektrokardiogrammalarni ko’rsatish-lari funksiyani grafik usulida berilishiga misol bo’la oladi.