28
topgan. Bosh miya 5 ta bo‗limdan iborat: oldingi, oraliq, o‗rta, keyingi (miyacha
varoliy ko‗prigi bilan birga) va uzunchoq miya. Har bir bo‗lim
filogenetik jihatdan
aniq bir sezgi a‘zolari bilan bog‗liq, bular xemoreseptorlar, fotoreseptorlar, eshitish
va taktil. Ushbu reseptorlar miyadan biroz uzoqlikda joylashgan va ular bilan sensor
(sezuvchan), motor va aralash asablar yordamida bog‗lanadi.
Barcha umurtqalilarda asab tizimi ektodermadan rivojlanadi va gastrula
bosqichida ajrala boshlaydi. Dastlab homilaning orqa tomonida asab plastinkasi
ko‗rinishida chekkalari biroz ko‗tarilgan qalinlik paydo bo‗ladi,
va u asab
tarnovchasiga aylanadi (9-rasm). Tarnovchaning uchlari tutashadi va ichida bo‗shliq
– nevrosel bo‗lgan asab trubkasi hosil bo‗ladi. So‗ngra oldingi uchda 3 ta
Dostları ilə paylaş: