Planetamizdagi suv qobig‘ini gidrosfera deb aytiladi. Gidrosferaga planetamizdagi hamma suvlar - okean, dengiz, daryo, ko‘l, muz, botqoq 750 ming km.kub ko‘llarga, 75 ming km.kub tuproq suvlariga kiradi.
Gidrosferada suvning miqdori 1 mlrd 454,5 ming km.kub bo‘lib, shundan 1 mlrd 370 min km kub okean va dengizlarga, 60,0 mln km.kub yer osti suvlariga, 24 ming km.kub muzlar va qorlarga, 750 ming km.kub ko‘llarga, 75 ming km.kub tuproq suvlariga, 1,2 ming km.kub daryo suvlariga qolgani esa atmosfera va tirik organizm tarkibidagi suvlarga to‘g‘ri keladi,
Gidrosferadagi suvning 97,20 %i sho‘r faqat 2.80 % i chuchuk suvdir. Chuchuk suvning asosiy qismi muzliklar suvi. qolgani daryo, ko‘llar va yer osti suvi bir oz qismi atmosferadagi suvdir. Gidrosferadagi suv doimo bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib harakat qilib yuradi. Gidrosferadagi suv Quyoshdan kelayotgan issiqlikni ozida
toplovchi yoki bir akkumulator vazifasini bajaradi. Suv quruqlikka nisbatan issiqlikni 25- 30 % yutadi.
Suv - Yer sharidagi eng kop va eng qimmatbaho mineral hisoblanib, quyidagi fizik va kimyo xususiyatlarga ega.
Tabiatda bir vaqtning ozida qattiq suyuq va gaz (bug’) holida uchraydigan yagona mineral. 2) Suv qanday holatda (qattiq suyuq va bug’) bo‘lmasin u boshqa moddalarni erituvchan xususiyatiga ega. 3) Suvning qaynash harorati bosimga bog'liq holda o‘zgaradi, agar bosim oshsa, qaynash harorati ham ortadi. 4) Suv ham boshqa moddalar singari isitilgach uning hajmi kengayib zichligi kamayadi. Lekin 0°C +4°C orasida esa suvning hajmi torayib zichligi ortadi. Suvning maksimal zichligi +4°C da sodir bo‘lib harorati undan ko‘tarilsa ham pasaysa ham uning hajmi kengayib zichligi esa kamayadi. Suvning harorati 0°C dan pastga tushgach, butilkadagi yoki quvurlardagi suv hajmi kengayib muzlab uni yorib yuborishligi bunga yaqqol misoldir. 5) Suvning ta’mi, hidi va rangi yo'qligi tufayli boshqa elementlardan ajralib turadi. 6) Suv yer sharidagi eng kop issiqlik sig'diruvchi jismdir. Shu sababli, suv havzalari yozda to‘plagan Quyosh issiqligini qishda nam va iliq havo oqimi sifatida sovuq joylarga olib borib ilitadi. 7) Suv kimyoviy formulasiga ko‘ra «toza» hisoblanib birikmaga kiruvchi vodorodning atom massasi 1 uglerod birligi (u, b) ga kislorodniki 16 u, b ga teng bo‘lib boshqa moddalar uchramaydi.
Yer sharida suvning aylanishi. Quyosh nuri ta’sirida yer yuzasidan har yili 520 ming km suv bug‘ga aylanib, yuqoriga ko‘tariladi va to‘yinib kondensiyalanib, yog‘in bo‘lib yana yerga tushadi.
Yer yuzasiga o‘rtacha yiliga 1015 mm yog‘in (520 ming km) yog‘adi. Yog'in suvining bir qismi yana bug‘ga aylanadi, bir qismi yerga shimilib grunt suvini hosil qiladi, bir qismi esa daryolar orqali dengiz-okeanlarga quyiladi. Yerga shimilgan suv ma’lum vaqt o‘tgach, yana bug’ga aylanib ketadi. Shunday qilib, bir yilda 520 ming km hajmdagi suv Yer yuzasiga goh yog‘inga, goh daiyo, goh ko‘l, goh dengiz suviga aylanib, to‘xtovsiz harakat qilib turadi.
Suvning to‘xtovsiz aylanishi natijasida dunyo okeanining suvi 2600-3000-yilda bir marta уangilanib turadi, Arktika muzliklari 15000-yilda bir marta, ko‘l suvlari 10 yilda bir marta, daryo suvlari esa o‘rtacha 12 sutkada yangilanib turadi, Yer sharida suvning aylanib yurishini uch turga bo‘lish mumkin. Namlik okean ustiga yog’ib yana bug‘lanib ketsa, buni suvning kichik aylanishi deyiladi. Ma’lum territoriyaga yoqqan yog‘inning bir qismi shu yerda bug‘lanib ketadi, bir qismi daryolarga quyilib va yerga singib ketadi, bu materik ichkarisida suvning aylanib yurishi deyiladi. Suvning kichik aylaninshi bilan materik ichkarisida suvning aylanib yurishi qo‘shilsa, suvning katta aylanishi vujudga keladi. Lekin bu uch turli suv aylanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va aloqadadir.
Masalan, Atlantika okeani yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘larining bir qismi qayta uning ustiga yog‘adi. Bir qismi esa havo massalarining ta’sirida Yevropa qismiga keladi. Buning bir qismi Volga daryosining havzasiga tushadi.Volga daryosi Kaspiy dengiziga quyiladi. Kaspiy dengizidan bug’langan namlikning bir qismi G‘arbiy Sibir tekisligi va Qozog’istonning shimoliy qismiga tushib, Ob daryosi sistemasi orqali dunyo okeaniga qaytadi. Kaspiy yuzasidan bug‘langan namlikning bir qismi O‘rta Osiyoning tog’lariga yetib keladi va Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta’minlab turadi. Bu daryolar Orol dengiziga quyiladi, bu dengizda suv yana bug‘lanadi va shu tariqa aylanib yuradi.
Suvning to‘xtovsiz aylanib yurishi yer sharining geografik qobig‘i va ayniqsa, undagi organik hayot uchun juda katta ahamiyatga ega: suvning aylanishidan modda va energiyaning aylanishi vujudga keladi, organik dunyo rivojlanadi.
Yer shari turli xil qattiq, suyuq va gazsimon moddalardan iborat bo‘lib, bu moddalar solishtirma og’irligiga qarab joylashgan. Solishtirma og'irligi kattaroq bo'lgan moddalar Yerning yadro qismida, aksincha, yengilroqlari esa ustki qismida joylashgan. Yerning ustki qismi (yer po‘sti) ko‘proq kislorod, kremniy va ammoniy kabilardan iborat bo‘lsa, undan pastki qatlami-mantiya kremniy, magniy va temir kabi moddalardan, Yer yadrosi esa, asosan, temir va nikel kabi og‘ir moddalardan tarkib topgan, Yerning ichki qismida tushgan sari radioaktiv moddalarning parchalanishi tufayli issiqlik ortib boradi. Yer yadrosida harorat 4000-5000 (gradus)
ga yetadi. Shu tufayli u yerdagi moddalar o‘ta elastik holatda bo‘ladi. Yerning ichki qismiga tushgan sari zichlik va bosim ham orta boradi. Buni quyidagi jadvaldan bilish mumkin. Yerning ichki qismining tuzilishi va uni tashkil etuvchi moddalar haqidagi ma’lumotlar insonning bilvosita kuzatishlati (har xil metodlar-seysmik, gravitatsion, elektrik va boshqlar yordamida) natijasida aniqlangan. Chunki shu kungacha kishilar Yerning 13 km chuqur qismigacha (Kola yarim orolida) parmalab tushgan, xolos. Shu tufayli Yerning ichki qismi qanday jismlardan tuzilganligi, ulaming zichligini, solishtirma og‘irligini, temperaturasini geofizik tekshirishlar, xususan, seysmik metod yordamida aniqlangan. Seysmik metod Yerning ichki qismini yoritib turuvchi fonar vazifasini o‘taydi. Bu metodda zilzila yoki portlatish ta’sirida to‘lqinlar vujudga keltirilada. Odatda, sesmik todqinlar bo‘ylama va ko‘ndalang deb ataluvchi ikki qismga bo‘linadi. Sesmik to‘lqinlar zilzila o’chog‘idan (markazidan) turli tezlikda tarqaladi. Agar bo‘ylama to‘lqinlar zilzila o‘chog‘idan 10 ming km masofaga 13 daqiqada yetib borsa, ko‘dalang to‘lqin 8— 10 daqiqadan so‘ng, ya’ni 22-23 daqiqada yetib keladi. Zilzila markazidan tarqalgan bo'ylama to‘lqinni seysmograf birinchi qabul qilinganligi tufayli uni lotincha «Р» harli (lotincha prima-birinchi) bilan, sohilra ko'ndalang to‘lqin yetib kelganligidan “S’’ harfi (loticha secunda- Ikkinchi) bilan belgilandi.
Bo'ylama va ko'ndalang seysmik to'lqinlaming o‘ziga xos xususiyatlari Yerning ichki qismida tarqarilshiga bog'liq. Ma’lumotlarga ko‘ra bo‘уlama to‘lqinlar har qanday muhitda ham (qattiq, suyuq, gazsimon moddalar) tarqalaveradi, Aksincha ko'ndalang to‘lqinlar esa faqat qattiq jismlardan o‘tib, suyuq va gazsimon moddalarda so‘nib qoladi. Seysmik to‘ldqinlaming o‘sha xususiyatlari yordamida olimlar Yerning ichki qismi qanday moddalardan tuzilganligini aniqlagan. Agar Yerning ichki qismi bir xil moddalardan tuzilganda edi, unda to‘lqinlarning yo‘nalishi va tezligi bir xil bo‘lgan bo'lar edi. Aslida Yerning ichki qismi turli xil moddalardan tuzilganligi sababli seysmik to'lqinlaming o‘tish yo‘li va tezligi keskin o‘zgaradi.
Seysmik to‘lqinlarning keskin o'zgaradigan birinchi zonasi, Yer yuzasidan taxminan 60 km chuqurlikda yuz beradi: bu chuqurlikda bo‘ylama (p) to‘lqinlar
tezligi sekundiga 5 km dan 8 km ga oshadi, so'ngra tezlik oshaveradi va 2900 km chuqurlikda 13 km ga yetadi. 2900 km chuqurlikdan so‘ng birdaniga tezlik kamayib sekundiga 8 km ga tushadi. 2900 km dan chuqurlashgan sari Yer markazigacha bo‘ylama to‘lqinlar tezligi у ana ortib, sekundiga 11 km ni tashkil etadi.
Ko‘ndalang to‘lqinlar Yerning 2900 km ichki qismigacha yetib borib, so'ngra undan chuqurga o‘tmav qaytadi.
Bo‘ylama seysmik to‘lqinlar tezligining 60 va 2900 km chuqurlikda keskin o‘zgarishi bu chuqurlikda moddalar zichligining o‘zgarishini bildiradi. Seysmik to‘lqinlarning chuqurlikka tushgan sari o‘zgarishini hisobga olib, Avstraliyalik geofizik K. Bullen Yerning ichki qismini 7 ta qatlamga - A, B, S, D, E, F, G ajratgan. Ko‘pchilik geofizik olimlar bu qatlamlarni umumlashtirib uchta geosferaga: Yer po‘sti, mantiya, Yerning yadrosiga ham ajratadi.
A - Yer po‘sti Yer yuzasidan Moxo chegarasigacha bo‘lgan joylami o‘z ichiga olib, butun Yer hajmining 0.8% ini, Yer massasining 0.4% tashkil etadi. Yer po‘stining qalinligi materiklarda 40-80 km, okeanlar tubida 5-10 km dir.
Yer po‘sti o‘zining fizik xususiyatlariga xususan, seysmik to‘lqinlammg tarqalish tezligiga ko‘ra uch xil jinslar qatlamidan iborat: cho‘kindi jinslar (bo‘ylama to‘lqinlar (P) tezligi sekundiga 2,0- 5,0 km, granitli jinslar (P=5,5 -6 km/sek) va basalt jinslar (P=6,5-7,8 km/sek).
Moxo chegarasidan 2900 km chuqurlikgacha bo‘lgan joylar mantiya deb atalib, u kimyoviy tarkibi va seysmik to'lqinlami tarqalish tezligiga ko‘ra bir-biridan ajraluvchi V, C, D kabi qatlamlarga bo‘linadi. Mantiya butun yer hajmining 83 foizini, Yer massasining 68 foizini egallaydi.
V - yuqori manti Y. Moxo chegarasidan quyida 400 km chuqurlikgacha davom etadi. Bu qatlam ultra asosiy jinslardan xususan dunit, preidotit kabilardan tashkil topgan.
V - qatlamning ustki qismida (moxo chegarasi ostida) to‘lqinlar tezligi o‘zgarib, tezlashadi. Lekin materikda 100 - 120 km chuqurlikda okeanlar tubida 50- 60 km da esa to‘lqinlar tezligi susayadi. So‘ngra seysmik to‘lqinlar tezligi yana ortadi. Shunday qilib V qatlamining 70-150 km chuqurlik qismida seysmik tolqinlar
tezligi susaygan oblastastenosfera joylashgan. Astenosferadan yuqorida va quyida joylashgan chuqurliklarda esa to‘lqinlar nisbatan tez harakatlanadi. Astenosferada zichlik 3-3.5 g/sm3, bosim 150-200 ming atmosferani tashkil etib, temperatura tez ko'tarilib (1000-1500 gradus), erish nuqtasiga yetadi. Natijada bosimning sal pasayishi tufayli astenosferadagi moddalar erib magmani hosil qiladi va u yer yoriqlari orqali yuqoriga qarab harakat qiladi. Shu sababli astenosfera vulqonlar va yer qimirlashlar o‘chog‘i (markazi) sifatida geologik jarayonlar taraqqiyotida aktiv ishtirok etadi.
C- o‘tkinch qatlam 400-950 km chuqurliklarda joylashib uni tashkil etuvchi jinslar yuqori mantiyadagi jinslarga o‘xshash.
Lekin bu qatlamda zichlik ortib 4-4.5g/sm3 ga, bosim ko‘tarilib, 200-400 ming atmosferaga, temperatura esa 2000 gradusga yetadi.
Quyi mantiya 950-2900 km chuqurliklami o‘z ichiga oladi. Bu qatlamda temir, magniy kabilar bo‘lib, ular kuchli bosim va nisbatan yuqori temperatura ta’sivida zichlashib (5.2 g/sm3), qattiqlashib ketgan. Bu esa sesmik to'lqinlami tez tarqalishi uchim imkon beradi. D - qatlamining quyi qismida bo‘ylama ( R ) to‘lqin tezligi planetamiz bo‘yicha maksimumga yetib sekundiga 13.6 km ga yetadi. D - qatlamining eng quyi qismida (2900 km chuqurlikda ) bo‘у lama to‘lqin tezligi biroz susayib sekundiga 12.6 kmga tushadi. Quyi mantiyaning yer yadrosiga o'tish qismida zichlik keskin ortib 9.4 g/sm3ga, temperatura ko‘tarilib 3600 gradusga, bosim ortib 1000-1300 ming atmosferaga yetadi.
Yer yadrosi 2900 km dan 6371 km gacha bo‘lgan chuqurliklami o‘z ichiga oladi. Yer yadrosi planetamiz hajmining 16.2 foizini, yer massasining 31.6 foizini tashkil etadi.
Yer yadrosi o‘z navbatida bir-biridan farqlanuvchi E,F,G kabi qatlamlarga ega. E - tashqi yadro 2900 - 4980 km chuqurliklarda joylashgan. Bu qatlamda moddalar suyuq holatda bo‘lib, bo‘ylama to‘lqinlar tezligi avvalo keskin pasayib sekundiga 8 km ga tushib qoladi. So'ngra esa asta-sekin tezlashib quyi qismida sekundiga 10.5 km ga ko‘tariladi. Bo‘ylama to‘lqin tezligiga proporsional holda
zichlik ham ortib, 9.4 dan 11.5 g/sm3 ga ko‘tariladi.
F - o‘tkinchi qatlam o‘z ichiga 4980 - 5120 km chuqurliklami oladi. Bu chuqurliklarda bo'ylama to‘lqmlar tezligi ortib boradi.
G - ichki yadro 5120 km dan yeming markazigacha bo‘1gan chuqurliklarda joylashgan. Yeming bu qatlamida zichlik 13.7 g/sm3ga, bosim 9.5 million atmosferaga, temperatura 5000 gradusga yetadi.