Litosfera - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asosan qattiq tog‘ jismlaridan tashkil topgan sfera. U o‘z ichiga yer po‘stini va yuqori mantiyaning astenosferasigacha bo‘lgan qismini olib 200 km chuqurlikkacha davom etadi.
Litosferani tashkil etgan jinslaming kimyoviy xossalari yaxshi o‘rganilgan emas. Faqat uning ustki qismini tashkil etuvchi yer po'sti ozmi-ko‘pmi tekshirilgan. A.P.Vinogradovning ma’lumotiga korra yer po'stining kimyoviy tarkibi quyidagicha: butun yer po‘stining 99.79 foiz kislorod (47.2 foiz), kremniy (27-60
foiz), aluminiy (8.60 foiz) temir (5,1 foiz), kalsiy (3.60 foiz), magniy (2.1 foiz), vodorod (0.15 foiz) kabilardan qolagan 0.21 foizi esa I.D.Mendeleyevning davriy sistemasidagi boshqa barcha elementlarga to‘g‘ri keladi.
Litosfera geografik qobiqning bir qismi sifatida juda mhum ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida sodir bo‘ladigan barcha tabiiy geografik jarayonlar litosfera va uning rivojlanish evolutsiyasi bilan bog'liq holda vujudga keladi. Bundan tashqari kishilik jamiyatining butun hayoti litosfera yuzasida u bilan o‘zaro aloqada sodir bo‘ladi.
Litosfera uzoq vaqt davom etgan geologik jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan magmatik cho‘kindi va metamorfik jinslarning yig‘indisidan tashkil topgan. Litosferaning ustki qismini tashkil etuvchi yer po‘sti materik va okean tipli bo‘lib, ular bir-biridan farqlanadi. Materik tipli yer po‘sti uch qatlamli yotqiziqdan - cho‘kindi, granitli - metamorfik va bazalt kabi jinslardan tashkil topgan, zichligi okean tipli yer po‘stidagi jinslarga nisbatan kamroq bo‘ lib o‘rtacha 2.65 g/sm3 dir. Shu sababli, u okean tipli yer po‘sti ustidan ko'tarilib (“suzib”) turadi. Materik tipli yer po‘sti litosferadagi eng qadimiy vujudga kelgan jinslar bo‘lib yoshi 3,0 mlrd. yil hisoblanadi.
Okean tipli yer po‘sti 2 qatlamli bo‘lib, asosan bazaltli jinslardan tashkil topgan bo‘lib (o‘rtacha zichligi 2.85g/sm3), uning ustini esa yupqa (qalinligi 0.6-1.0 km) cho‘kindi jinslar qoplab olgan.
Granitli qatlam esa umuman uchramaydi. Okean tipli yer po‘stidagi chokindi jinslar nisbatan yosh hisoblanib, 100—150 min yilni tashkil etadi.
Shunday qilib, litosferani tashkil etuvchi jinslar orasida eng ko‘p tarqalgani magmatik va metamorfik yo‘l bilan vujudga kelgan yotqiziqlar hisoblanib, butun yer po‘stidagi yotqiziqlaming 90 foizini tashkil etadi. Lekin geografik qobiq uchun ahamiyatlisi litosferaning eng ustki qismini qoplagan va uncha qalin bo‘lmagan (o‘rtacha qalinligi 2.2 km) cho‘kindi jinslardir. Chunki geografik qobiqdagi barcha dinamik jarayonlar o‘sha jinslarda sodir bo‘ladi hamda u bilan havo, suv va tirik organizm uzviy kontaktda bo‘lib, turli xil geografik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Litosferadagi cho‘kindi jinslar orasida keng tarqalgamlari A.B.Ronov ma’lumoticha loy va loyli slanets (50 foiz), qum va qumtosh (23.6 foiz), ohak,
dolomit va boshqa karbonatli jinslar ( 23.49 foiz) dir.
Litosferaning kontinental qismining tashqi qiyofasi (relyefi) ni tashkil etuvchi tog‘lar, yassi tog‘lar, qirlar, tekisliklar, botiqlar, yaxshi o‘rganilgan. Lekin okean qismining relyefi hali yaxshi o‘rganilgan emas. So‘nggi 15-20 yil ichida o‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha okeanlarda bir-biri bilan tutashib ketgan suv osti tog‘tizimlari bo‘lib, ular yaxlit tog’ zanjirini hosil qilgan. Xususan Shimoliy Atlantika suv osti tog‘ining davomi Norveg dengizidagi va Shimoliy muz okeanidagi suv osti tog‘lariga tutashgan. Shimoliy Atlantika suv osti tog‘i janubda Afrikani aylanib o‘tib Hind okeanidagi Karlsberg tog‘iga undan Avstraliya va Antarktida oralig‘idagi tog‘lar orqali janubiy tinch okean va sharqiy Tinch okean suv osti tog‘lar bilan tutashib ketadi. 0‘sha suv osti tizimlarining masalan, 0‘rta Atlantika tizmasining eng baland cho‘qqilari okean sathidan ko‘tarilib Islandiya, Azor, Boskresiniya kabi orollarni vujudga keltirgan.
Okean ostidagi o‘sha tizmalaming markaziy qismlarida chuqur yoriqlar, botiqlar joylashib ular rift vodiylari deb ataladi. Okeanlardagi eng ehuqur joylar, vulqon hodisalari va seysmik jarayonlar ko‘proq o‘sha rift vodiylari bilan bog‘liqdir.
Litosferaning kontinental va suv osti relyefi, uni tashkil etuvchi minerallar, jinslar yer sharining uzoq davom etgan evolutsiyasi ta’sirida O`zining birlamchi holatini o‘zgartirgan va bu o‘zgarish hamon davom etmoqda. Litosferadagi bu o‘zgarishlar eng avvalo yeming geologik jarayonlari ta’sirida sodir bo‘lgan. Geologik jarayonlar esa yeming ichki ( endogen) va tashqi (egzogen) energiyasi tufayli sodir bo‘lgan .
Yerning ichki energiyasi natijasida litosferaning relyef shakllari vujudga kelib, vulqonlar otilib seysmik hodisalar ro‘y beradi. Aksincha tashqi energiya manbayi quyosh ta’sirida shamol, yog‘in, daryolar, tirik mavjudodlar vujudga kelib ular ta’sirida muzlar harakatlanadi, dengiz to‘lqinlari sodir bo'ladi, yerning tashqi energiyasi ta’sirida vujudga kelgan omillar esa litosfera yuzasining nurab, yuvib, oqizib, uchirib, eritib uni tekislaydi, silliqlaydi. Bu 2 energiyaning o‘zaro ta’sirida litosferaning hozirgi relyef shakllari vujudga kelgan.
Yerning issiqligi. Yer sharining yuzasidagi issiqlik quyoshdan kelayotgan energiyaning mahsulidir. Lekin yeming ichki issiqligining manbaiy quyosh nuri emas. Chunki quyoshdan yer yuzasiga tushadigan issiqlikning faqat 1/5000 qismigina uning ichki qismlariga o‘tadi. Chuqurlikdagi harorat yeming ichki issiqligi - moddalaming siqilishidan va radioaktiv moddalaming parchalanish jarayonidan vujudga kelgandir. Shu sababli, yeming eng ustki qismida quyoshning ta’sirida sutkalik temperatura 1 metr chuqurlikkacha, yillik temperaturaning o‘zgarishi esa 3(Mometr chuqurlikkacha seziladi).
Ma’lum chuqurlikda harorat deyarli doimo o‘zgarmay turadi. Bu qatlam neytral qatlam deyiladi. Neytral qatlam turli joylarda, turlicha chuqurliklarda joylashgandir. Ekvatorda neytral qatlam 10-15 metr chuqurlikda bo‘lsa, keskin kontinental iqlimli o‘rtacha mintaqada 25—40 metr chuqurlikda bo‘ladi. Neytral qatlamning quyi qismi chuqurlashgan sari harorat ko'tarilib boradi, O`rtacha har 33 metr chuqurlashgan sari harorat 1 C dan oshib boradi. Buni geotermik bosqich deyiladi. Shunday qilib, yer sharining xususan geografik qobiqning issiqlik manbai bu ekzogen va endogen yo‘l bilan vujudga kelgan energiyadir, Yerga kosmosdan kelayotgan barcha energiya ekzogen energiya deyilib, uning asosiy qismini Quyosh egallaydi. Chunki ekzogen
energiyaning 97% dan ortig'i Quyoshning elektromagnit nurlanishidan vujudga keladi va u atmosfera, gidrosfera va biosferadan o‘tib, so‘ngra Yer po‘stiga yetib keladi. Agar atmosferaning yuqori chegarasida Quyoshdan kelayotgan energiyaning yillik miqdori 1,37 X1021 kkal bo‘Isa, uning bir qismi atmosferada sarflanib, faqat Yer yuzasiga yiliga 5,5X1020kkal energiya yetib keladi. Yer yuzasiga yetib kelgan energiyaning yana 7 % i havoda, gidrosfera, biosfera va litosfera yuzasidan ko'tarilib, qaytib ketadi. Demak, Yer yuzasiga ekzogen energiyaning faqat 40 %ga yaqini yetib keladi, xo- los. 0‘sha yer yuzasiga yetib kelayotgan energiyaning faqat besh yuzdan bir qisminigina tirik organizm o‘zlashtiradi. Ekzogen energiyaga inson va uning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladigan hamda geografik qobiqqa tarqalayotgan energiya ham kiradi. Bu energiya turi yil sayin ortib bormoqda. Agar 1970-yili u yiliga 10lf) kkalni tashkil etsa, 2100-yilga borib 1019 kkalga yetadi.