Foydali qazilmalar. Relyefi- O`zbekistonning yer usti tuzilishi turlichadir. Bunda Turon tekisligining bir qismini ishg‘ol qilgan Qizilqum, Qarshi Mirzachol singari chollar bilan birga, unumdor Farg£ona, Zartafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm vohasi hamda respublika suv manbai hisoblangan qor muzliklar bilan qoplangan tog‘lar ham mavjuddir. Respublika hududining 71% ini tekisliklar, 17% ini adirlar va 12% ini tog‘lar ishg‘ol qiladi. Tekisliklar asosan O'zbekistonning g'arbiy qismini ishg‘ol etadi. Turon tekisligidagi Sariqamish botig‘i okean sathidan 39 m pastda turib, buttm O'zbekistonning eng past joyi hisoblanadi,
Qizilqum 0’rta Osiyodagi eng katta cho‘llardan hisoblanib, Zarafshon vodiysidan Orol dengizigacha cho‘zilgan, qizilqum yerusti tuzilishiga ko‘ra, qirlardan va qum tepalaridan iborat.
Qizilqumning maydoni 300 ming kv, km bo‘lib, shimoliy va shimoli- sharqiy qismi Qozog’istonga, qolgan qismi esa O`zbekistonga qaraydi. O`zbekiston territoriyasida Qizilqum janubi-sharqdan shimoli- g’arbga, ya’ni Orol dengizi tomonga pasayib boradi. Uning o'rtacha balandligi 200-300 m. Qizilqumning Nurota tog’ oldi qismida absolyut balandligi 300 m bolsa, Orol dengizi bo‘yida atigi 54 m.
Lekin Qizilqum orol singari ko‘tarilib turgan Quljiqtog’ (784 m), Tomditog’ (888 m), Bukantog’ (758 m ) 01tintog’, Sulton-Uvays (485 m ) kabi paleozoy qoldiq tog’lari hamda mingbuloq, Oyoqog’itma singari botiqlar ham bor.
Qizilqumning ko‘pchilik qismida do‘ng va jo‘yaksimon qum shakllari bo‘lib ular deyarli meridian bo‘ylab cho'zilgan. Ular saksovul, juzun, yulg'un, shuvoq, iloq kabi o‘simliklar bilan mustahkamlangan qumlar bilan birga, ko‘chib yuruvchi barxanlar ham bor. Barxanlar ko'proq Tomdi vohasining shimolida, Quljiqtog‘ning g'arbida, Amudaryo sohillarida va Qorako‘1 vohasini janubi-g’arbini o‘rab olgan Sandiqli qumligida joylashgan. Hozirgi kunlarda ко’chib yuradigan qumlami mustahkamlash va chorvachilik bazasiga aylantirish uchun samoliyotda shuvoq, saksovul va yulg‘un kabi o'simlik urug’lari sepilmoqda.
Qizilqumning markaziy qismida qator botiq (Mingbuloq - 18 m, Qorag‘ota, Oyoqog’itma) joylashgan. Bular ichida eng kichigi Oyoqog‘itma botigi bo‘lib, uzunligi 40 km, eni 20 km. Bu botiqlar yer osti suvlariga boy bo‘lib, u yerlarda bir qancha artizian quduqlari kovlangan.
Amudaryo deltasi Qizilqumdan o‘ziga xos bo‘lgan landshaft bilan ajralib turadi. Delta asosan daryo olib kelgan allyuvial yotqiziqlardan iborat. Amudaryo deltasining xamkterli tomoni shundan iboratki, bu rayonda qadimiy daryo uzanlari, kichik-kichik ko‘llar, o‘nqir cho‘nqir yerlari ko‘p, to'qayzorlar ham bor. Amudaryo deltasi shimoli- g’arbga qarab bir oz qiyaroqdir: balandligi janubi- sharqga qarab bir oz qiyaroqdir: balandligi janubi-sharqda 100-150 m bo‘lsa, Orol dengizi sohillarida atigi 50-60 m. Amudaryo deltasidan keyin relyef shimoli-g‘arbga qarab balandlashib, Ustyurt platosiga qo‘shilib ketadi. Ustyurtning janubi-sharqiy qismigina O‘zbekistonga kirib, yer usti tuzilishiga ko‘ra pastroq (150-250 m) platodir.