Atmosfera haqida umumiy tushuncha. Planetamizni o‘rab olgan havo qobig'iga atmosfera deyiladi. Yerning havo qobig‘i esa har xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Atmosferaning qalinligi 3000 km ga yetadi. Atmosferaning
massasi esa gidrosfera massasidan 100 marta, litosfera massasidan 1000 marta kam bo" lib, 5,15° 10 tonnaga teng.
Atmosfera planetamiz uchun ayniqsa, uning biosferasi (organik sfera) uchun, jonli organizmning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega.Bulardan tashqari, yeming havo qobig‘i planetamiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishidan, kechasi esa sovub ketishidan saqlovchi go‘yoki bir ko‘rpa vazifasini o'taydi. Atmosfera, shuningdek, Yemi kosmosdan keladigan ko‘plab meteorlardan saqlaydi: meteorlar atmosferada qizib yonib ketib, yerga yetib olmaydi.
Atmosferaning tarkibi. Atmosfera (yer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08%) va kislorod (20,95%)dan iborat bo‘lib, unda kamroq miqdorda argon (0,93%), karbonat angidriddan (0,03%), geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, qzon, Ammiak, yod, va boshqa gazlar (0,01%) bor.
Atmosfera tarkibidagi gazlarning foiz miqdori uning quyi qismida o‘zgarmaydi. Faqat korbonat angidrid gazining miqdori sanoatlashgan katta shaharlarda bir oz ko‘proq, aksincha Arktika, Antraktida va okeanlar ustida bir oz kamroq bo‘ladi.
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida kislorod juda katta ahamiyatga ega. U organizm nafas olishining zaruriy shartidir. Atmosferada taxminan 10 t kislorod bor. U organizmlami hosil qiluvchi oqsil, yog", uglerodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo"lgan energiyani oksidlash hisobiga oladi. Tabiatda o‘simliklar sarflangan kislorodning o‘rnini to‘ldirib turadi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini o‘ynab oksidlanish suratini va binobarin, biologik jarayonlami tartibga soiib turadi. Karbonat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, osimliklar uchun zarurdir. Shuningdek, u yeming issiqlik balansini tartibga solib turadi, chunki karbonat angidrid qisqa to'lqinli quyosh radiatsiyasini o‘tkazib yuborib, yer tarqatadigan uzun to‘lqinli issiqlik nurini yutadi.
Raketa sun’iy yoldosh yordamida va kosmanavtlaming olib borgan kuzatishlaridan ma’lum bo‘ldiki, atmosferaning 100 km gacha baland bo‘lgan qismida ham uning tarkibi (suv bug’lari va azotning miqdori ortib borishini hisobga olmaganda) yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir. Atmosfera massasida
0,24% gacha suv bug’ bo‘lib shuning 9/10 qismi 5 km balandlikkacha bo‘lgan pastki qismida uchraydi. Chunki atmosferadagi suv bug‘lari yer yuzidagi namlikning bug’lanishidan to‘planadi.
1000—1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan, undan yuqorida-2500 km gacha bo‘lgan qismida geliy gazidan, 2500 km dan yuqorida esa eng yengil gaz-vodoroddan iborat.
Atmosferaning quyi qismi tarkibida bu gazlardan tashqari, har xil yo‘llar bilan vujudga kelgan juda mayda zarrachalar-aerozollar (tutun, chang, to‘zon va hokazo), shuningdek, tuproq va tog’ jinislarining yemirilishidan vujudga kelgan zarrachalar, vulqon kuli, radioaktiv moddalar ham bor.
Atmosferaning tuzilishi. Quyidan yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosferadagi gazlaming tarkibi o‘zgarib, siyraklashib boradi. Shuning uchun atmosfera bir- biridan gazlaming tarkibi, zichligi, temperaturasi jihatidan farqlanuvchi 5 ta asosiy qatlamga (sferaga) va 4 ta o‘tkinchi qatlamga (pauzaga) bo‘linadi. Troposfera- atmosferaning eng pastki, quyi qismi; uning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km, o'rtacha kengliklar ustida 11-12 km, ekvator ustida hatto 16-18 km.
Butun atmosfera massasining 80% qismi troposferada joylashgan. Atmosferadagi suv bug’larining deyarli hammasi shu sferadadir. Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Troposferada havo temperaturasi har 100 m yuqoriga ко’tarilgan sari o‘rta hisobda 0,6 sovib boradi. Natijada tropoferaning yuqorgi chegarasida temperatura ekvator ustida—65, shimoliy qutb ustida -45, -50 sovuq bo'ladi. Ob-havo o‘zgarishlari, asosan, troposferada ro‘y beradi.
Tropopauza troposfera bilan stratosfera orasidagi zona bo‘lib, ko‘p xususiyati jihatidan troposferaga o'xshaydi, lekin eng yuqori qismida suv bug’lari kamayib, gazlar siyraklasha boradi, temperatura past bolib, 72°C ga yetadi.
Stratosfera atmosferaning 50-60 km balandlikkacha bo‘ lgan qismini o‘z ichiga oladi, butun atmosfera massasining 10% qismi shu sferada. Stratosferada havo siyrak. Bu sferada havo, asosan, traposferadagi gazlardan iborat bolsada, lekin unda
ozon gazining miqdori ko'proq. Stratosferaning quyi qismida temperatura yozda ekvator ustida-70°C, qutblar ustida-56°C ga pasayadi; lekin 35-55 km balandlikda temperatura ko'tariladi va +10 -35°C ga yetadi. Burning sababi shundaki, bu yerda ozonning ko‘p bolganidan quyosh nuri, ayniqsa ultrabinafsha nur ko‘plab yutiladi. Stratosferada tezligi soatiga 340 km ga yetadigan kuchli shamollar ham bo‘lib turadi.
Strapouza stratosfera bilan mezosfera orasidagi o'tkinchi qatlam bo‘lib, bu yerda havo ancha siyrak, temperatura esa ko‘tarilib 0 °C atrofida bo‘ladi.
Mezosfera atmosferaning 50-60 km dan 80-85km gacha bo‘lgan qismini oladi. Bu qatlamda otmosfera bosimi kam, havo yer yuzasida- giga nisbatan 200-marta siyrak, temperatura esa yana past:-60, -80°C. Atmoferaning bu qismida tabiati yaxshi o4rganilmagan kumush rang bulutlar juda mayda muz kristallaridan iborat bo‘lsa kerak, deb taxmin qilsalar, ba’zi olimlar esa juda mayda kosmos changlari to‘planishidan vujudga kelgan deb o‘yiaydilar.
Mezopauza-mezosfera bilan termosfera orasidagi qatlamdir.
Termosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900 km gacha bo‘lgan yuqori qismidir. Termosfera ham, atmosferaning quyi qatlamidek, asosan, molekula holatidagi azot va kisloroddan iborat. Lekin termosferada Quyosh radiatsiyasining qisqa (0,3 mikrondan ham kalta) to‘lqinli nurlari va kosmik nurlar ta’sirida kislorod va azot molekulalari atomlarga ajraladi va elektr bilan zaryadlanib, ionlashgan bo'ladi. Ioniashgan bu qatlamning ahamiyati shundaki, u radio to‘lqinlarini yerga bir necha bor qaytaradi va radio to'lqinlarining yer sharini aylanib chiqishiga hamda bu tolqinlami 50-100 km masofadan nariga tarqalmas edi.
Termosferda ion ko‘p bo‘liganligi uchun uni ionosfera dab ham yuritiladi. lonosferada balandlashgan sari havo siyraklashib, temperatura esa ko‘tarila boradi. Agar 90 km balandlikda temperatura -90 °Cbo‘lsa, 400 km da temperatura (maksimal quyosh aktivligi yillarida kunduzi 2000 °C, kechasi esa 1500-1900 °C, minimal aktivlik yillarida esa harorat kunduzi 1200-1400 °C, kechasi 750-1000 °C bofiadi. 400 km dan yuqorida temperatura deyarli o'zgarmaydi.
Termopouza — bu atmosfera bilan ekzosfera orasidagi о‘tkinchi zonadir.
Ekzosfera atmosferaning 900 km dan 2000-3000 km gacha bo‘lgan eng yuqori qismi. Ekzosfera hali yaxshi ohganilgan emas. Uchirilgan raketalar, suniiy yoldoshlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, ekzosferada temperatura 2000°C ga yetsa kerak, deb faraz qilmoqdalar. Bunday balandlikda gazlar (asosan geliy va vodorod) juda ham tez -sekundiga 11,2 km gacha harakat qiladi va natijada ba’zi zarrachalar (vodorod atomlar). Yeming tortishish kuchini yengib, dunyo bo‘shlig‘iga ham chiqib ketadi. Yer tortishini yengib chiqib ketgan vodorod atomlari yer atrofida toj hosil qiladi. Yeming toji 20000km gacha tarqaladi. Yer toji tarqalgan qismida gaz juda ham siyrak bolsa-da, lekin planetalar orasidagi bo‘shliqlardagidan ko‘ra 10-marta zichdir.
Atmosfera Quyoshning ultrabinafsha va qisqa to‘lqinli radiatsiyalarini yutib turishdan tashqari, yer sharining iqlimini vujudga keltiruvchi omildir.
Quyosh radiatsiyasi issiqlik va yorug’lik planetamizning geografik qobigh uchun muhim faktordir. Yer yuzasidagi issiqlik va yomgdikning asosiy manbai - Quyosh. Yeming ichki issiqligi esa Quyosh issiqligidan 5ming marta kam. Demak yer yuzasining issiqlik balansida Quyosh hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Yer yuzasi Quyoshdan bir yilda 1,37 °C 10 j eneigiya oladi. Quyoshning nur sochishini Quyosh radiatsiyasi deymiz, Quyosh radiatsiyasi atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosferani ustki qismida bo'ladigan hamma jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi.
Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nurlari perpendikular tushganda bir daqiqa ichida har 1 kv sm maydon quyoshdan 2 kkal, issiqlik oladi va bu Quyosh doimiyligi deyiladi.
Quyosh nuri (quyosh radiatsiyasi) ning ma’lum yuzaga sochilish intensivligi numing tushish burchagiga va Yer bilan Quyosh orasidagi masofaga bog‘liq.
Quyosh nuri perpendikular (tik) tushsa, joy eng ko‘p radiatsiya oladi. Chunki bunday holatda Quyoshning bir tup energiyasi kichik maydonga (a-b) tushadi, aksincha, Quyosh nuri yotiq tushsa, o‘sha bit tup nur energiyasi kattaroq maydonga (a-b) tarqaladi.
Quyosh nurining qanday burchak hosil qilishi, eng avvalo joyning geografik
kengligiga hamda Quyoshning gorizontdan qanchalik balandda turishiga bog’liq.
Quyosh nuri 23°30 shimoliy kenglik (shimoliy tropik chizig'i) orasidagi maydonga eng katta (90°) burchak hosil qilib tushadi. Yer yuzasining qolgan kengliklarida esa Quyosh nurining tushish burchagi 900 dan kam bo‘ladi. Yuqorida aytilgandek, quyosh nurining tushish burchagi qanchalik yotiq bo‘lsa, Quyosh radiatsiyasining intensivligi shunchalik kam bo'ladi. Buni quyidagi misoldan yaxshi bilish mumkin: agar tush paytida radiatsiya kuchini ekvatorda 1 deb olsak, 60 0 kenglikda 0,5 ga,qutbda esa 0 ga barobar boladi.
Yerning sharsimonligi va o‘qi orbita tekisligiga 66 ° 33 og‘ishganligi natijasida Quyosh nurining tushish burchagi yil davomida o‘zgarib turadi.
Yeming radiatsiya orqali oladigan energiyasining miqdori faqat numing tushish burchagiga emas, balki Quyoshning yoritish davrining uzun va qisqa bilishiga ham bog‘liqdir. Quyosh nurining tushish burchagi singari, uning yoritish davri ham yil fasllariga qarab o'zgaradi. Ekvator atrofida kun bilan tunning uzunligi yilning hamma fasllarida deyarli teng bo‘lsa, qutbiy va o‘rtacha kengliklarda tun bilan kunning nisbati yil fasllarida keskin o‘zgaradi. Masalan, 70 ° shimoliy kenglikda Quyosh yozda 65 sutka, qutbda esa 180 sutka mobaynida botmaydi. Shunday qilib, qutbda yozda Quyoshning uzoq vaqt yoritib va isitib turishi issiqlik yetishmasligini birmuncha qoplaydi. Qish faslida esa quyosh butunlay chiqmaydi, oqibatda radiatsiya miqdori 0° ga barobar bo'ladi. Ana shuning uchun ham qutbda quyosh yalpi radiatsiyasining yillik o‘rtacha miqdori ekvatordagidan 3 3,5 marta kam bo‘ladi.
Quyosh radiatsiyasining yer yuziga yetib kelishiga yana atmosfera ham ta’sir ko‘rsatadi. Chunki atmosfera quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismini yutadi: quyoshdan kelayotgan numing bir qismini suv bug‘lari yutsa qisqa to‘lqinli ultrabin afsha nuri esa ozon yutadi. Karbonat angidrid esa uzun to‘lqinini ushlab qoladi. Shunday qilib, Quyoshdan kelayotgan yorug’likning bir qismi (15%) atmosferada sarflanadi (yutiladi), natijada yerga kelayotgan quyosh radiatsiyasi kuchsizlanib qoladi.
Quyosh radiatsiyasining atmosferada sochilib, yutilib susayishi, yeming turli
kengliklarida turlichadir. Chunki quyosh nurining tushish burchagi katta bo‘lsa, u atmosfera orqali qisqa aksincha numing tushish burchagi kichik bo‘Isa uzoq yol bosib o‘tadi. Agar quyosh zenitda tursa nur tik tushadi va atmosferani eng yaqin qisqa yol bilan bosib o‘tadi, natijada quyosh radiatsiyasi yeming yuzida kuchli bo‘ladi.
Quyosh nurining tushish burchagi 90 ° bo‘lganda uning atmosferadan o‘tadigan yo‘lining uzunligi 1,0 deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% foiz bo‘ladi. Quyosh nurining tushish burchagi 50° bo Uganda atmosferadan o‘tadigan nur yoUi 1,30 ga teng radiatsiyaning susayish darajasi 31%ga yetadi. Quyosh nurining tushish burchagi 30° bo‘Isa atmosferadan o‘tadigan nur yo‘li uzunligi 2,00 radiatsiyaning susayish darajasi 44%, 10 ° burchak hosil qilib tushganda esa atmosferadan o‘tadigan nur yо‘lining uzunligi 5,56 radiatsiyaning susayish darajasi 80% ga teng quyosh nurining tushish burchagi 0 0 bo‘lganda atmosferadan oladigan nur yo'li uzunligi 35,40 radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ko‘rinadiki, quyosh radiatsiyasi atmosferadan olayotganda uning bir qismi har tarafga sochiladi bu tarqoq yoki sochilma radiatsiya deyiladi. Quyosh radiatsiyasining bir qismi esa atmosferani kesib otib yer yuzasiga keladi. Buni to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Quyoshning yer yuzasiga kelayotgan to‘g‘ri va tarqoq radiatsiyasining yigindisiga yalpi radiatsiya deyiladi.
Yalpi radiatsiyaning hammasi ham planetamiz yuzasidagi jismlar tomonidan yutilavermaydi. Energiyaning bir qismi qaytadi. Qaytib ketayotgan energiyaning shu joyga tushgan energiyasiga nisbati albedo deyiladi. Albedoning katta-kichikligi jismlaming rangiga bog’liq. Agar jismlar rangi qora bo‘lsa albedoning miqdori 4— 14% aksincha oq boUsa (qor muz) albedo miqdori 85-90% ga teng boUadi. Demak, Quyosh energiyaning Yer shari yuzasida taqsimlanishida jismlaming rangi ham katta rol o‘ynar ekan. Shu sababli Arktika va Antarktikada shuningdek 0‘rta Osiyoning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan yerlarida albedo katta qora tuproqli haydalgan yerlarda albedo juda kam bo‘ladi.
Yer sharida quyoshning umumiy radiatsiyasining yillik miqdori yuqorida qayd qilingan faktorlar natijasida geozonal holda joylashgan. Quyoshning yalpi
radiatsiyasi tropik mintaqaga eng kop - har kv, sm yerga uning miqdori 180-200 va hatto 220 kkal tushadi. Ekvatorda bulutli kunlar ko‘p bo‘lganidan quyoshning yalpi radiatsiyasi biroz kamroq har kv, sm yuzaga 140 kkal issiqlik tushadi. Tropik kengliklardan o‘rtacha kengliklarga borgan sari yalpi radiatsiya balansi kamayib boradi va Antarktikada har kv, sm yuzaga bor yo‘g‘i 60 kkal issiqlik tushadi xolos. Quyoshning yalpi (umumiy) radiatsiyasi territoriyasida geografik omilga va bulutlaming oz ko‘pligiga bo‘gliq holda shimoldan janubga o‘zgarib boradi. Shimoliy rayonlarida 1 kv, sm yuzaga 60-70 kkal issiqlik tushsa o‘rta qismida (60° sh, k, da) 80-90 kkal janubiy qismida (0‘rta Osiyoda) esa 150-160 kkal issiqlik tushadi. Yalpi radiatsiya Uzoq sharqda (ancha janubiy kenglikda joylashsada) bulutlaming ko‘pligi tufayli biroz kam boUib 1 kv, sm yuzaga 90-100 kkal issiqlik tushadi. Vaholanki, shu kenglikda joylashgan Yevropa qismida radiatsiya 100-110
kkal ga teng.
Yer yuzasi bir davrning o‘zida quyoshdan kelayotgan issiqlikni qabul qiladi va uni turli yollar bilan yana sarflaydi. Mana shu jarayonga radiatsiya balansi deyiladi. Agar yer yuzasiga kelayotgan radiatsiya (issiqlik) sarf bo‘layotgan radiatsiyadan ortiq bo‘lsa, unda radiatsiya balansi musbat aks holda manfiy bo‘ladi.
Muz zonasini istisno qilganda Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi musbatdir. Radiatsiya balansi sutka davomida o‘zgarib turadi:
kechqurun hamma kengliklarda radiatsiya balansi manfiy bo‘ladi kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga olmaganda) tushgacha hamma yerda musbat keyin esa yana manfiy.
Yillik o'rtacha radiatsiya balansining Shimoliy Muz okeanidagi orollaridan tashqari hamma yerida musbatdir. Yozda territoryasining hamma joyida radiatsiya balansi musbat bo‘ladi. Qishda esa (Turkmanistonning janubiy rayonlaridan tashqari) hamma yerida manfiydir.
Radiatsiya balansi yer yuzasiga issiqlik olib keladi va u ekvatordan qutbga qarab o4zgarib boradi. Shu sababli, radiatsiya balansi issiqlik balansini vujudga keltiradi.O‘rtacha ko‘p yillik issiqlik balansi planetamiz yuzasida ham va atmosferada ham O ga teng. Buni quyidagi mi soldan yaxshi bilish mumkin.
Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nuriga perpendikular bo‘lgan har bir kv.sm yuzaga yiliga 250 kkal issiqlik tushadi. Agar biz buni 100% deb olsak, shuning 38%i bulutlarga urilib qaytadi va atmosferaning yuqori chegarasida atrofga tarqaydi, 14% i esa atmosferada yutiladi. 48% i to‘g‘ri radiatsiya sifatida yer yuzasiga yetib keladi. Yer yuziga yetib kelgan 48% quyosh radiatsiyasining 44% i yutilsa, 4% i yana qaytib ketadi. Shunday qilib, yerning albedosi 42% (38% + 4% = 42%) ni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, atmosfera 14% issiqlikni quyoshdan 24% issiqlikni yer yuzasidan hamda yer yuzasining samarali (uzun to‘lqinli) nur sochi- shiga ketgan 20% issiqlikni (14+24+20=58) olib dunyo bo‘shlig‘iga tarqatib yuboradi.
Shunday qilib, yer yuzasiga atmosfera orqali kelayotgan issiqlik miqdori undan sarflanayotgan issiqlik miqdoriga teng. Lekin yer yuzasidagi issiqlik balansi turli geografik kengliklarda turlichadir.
Shimoliy yarim sharda Quyosh iyul oyi oxirida gorizont ustida eng baland turadi, bu vaqtda quyoshdan kelayotgan issiqlik sarflanadigan (Yeming sovushiga va yerdan dunyo bo‘shlig‘iga kelayotgan) issiqlik miqdoriga nisbatan ortiqdir. Shu sababli, shimoliy yarim shardagi materiklarda iyul oyida, dengizlarda esa avgustda temperatura eng yuqori (maksimum) bo‘ladi. Aksincha, yanvar oyida quyoshdan ke- layotgan issiqlik miqdori shimoly yarim sharda eng kam va natijada temperatura yanvar oyida (dengizlarda fevralda ) eng past (minimum) bo‘ladi.
Janubiy yarim sharda esa, aksincha, eng issiq oy yanvar, eng sovuq oyi iyuldir. Yer sharida issiqlikning taqsimlanishi. Yer yuzasida issiqlikning taqsimlanishini iyul va yanvar izotermalarining xususiyatlardan bilib olish mumkin:
Quyosh radiatsiyasiga bog'liq holda temperatura ekvatordan qutblarga tomon pasaya boradi. 2) Janubiy yarim sharda okeanlar ko‘p bo‘lganligidan izotermalari shimoliy yarim shardagidek egri-bugri emas. 3) Suv quruqlikga nisbatan sekin isib, sekin sovugan- ligi tufayli bir xil geografik kengliklardagi materiklar okeanga nis- batan yozda issiq, qishda sovuqroq bo‘ladi. Bundan tashqari, quruqlikga nisbatan okean yuzasining hamma joyida havo temperaturasi kam o‘zgaradi, 4) Tropiklar orasida quyosh nuri yil bo‘yi katta burchak hosil qilib tushadi, shuning uchun qish
temperaturasi bilan yoz temperaturasi orasida farq juda kam. Lekin tropikdan har ikkala qutblarga tomon bu farq ortib boradi. Yozda eng issiq temperatura ekvatorda emas, balki tropiklarda bo‘ladi. Chunki bu vaqtda quyosh tropikda qoq zenitda turadi.
Rangli kartalarda yanvar oyining izotermasi qora iyul oyining izoterma chizig’i esa qizil rangda beriladi. Yanvar shimoliy yarim shar uchun eng sovuq, janubiy yarim shar uchun esa eng issiq oy hisoblanadi. Yanvar oyining izotermalari okean ustida va janubiy yarim sharda deyarli parallel holda yo‘nalgan. Lekin izoterma sovuq oqimlarga va qizigan materikka yaqinlashganda esa bir oz buriladi. Yanvar izotermasi shimoliy yarim sharda juda egri-bugri holda yo‘nalgan. Qishda materik sovub ketadi, oqibatda yanvar izotermasi shimoliy yarim sharda janubga tomon keskintushib ketsa, shupaytning o‘zida okeanlarda esa shimolga tomon ko‘tariladi. Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, ya’ni Yakutyada yanvar oyi izotermalari aylana doira hosil qilib joylashgan va yanvarda eng sovuq temperaturalar о’sha joyda uchraydi.
Iyul shimoliy yarim shar uchun eng issiq, lekin janubiy yarim shar uchun eng sovuq oy hisoblanadi. Iyul izotermalari yanvar izotermalariga nisbatan deyarli parallel holda joylashsada, lekin quruqliklar ustida shimolga qarab bir oz suriladi. Iyul oyida eng sovuq temperatura Antraktidada bo‘ladi uning markaziy qismidan- 56°izotermalar o‘tadi.
Iyul va yanvar izotermalari o‘sha oylaming o'rtacha temperaturalarini bildiradi. Shu sababli, izotermalar absolyut maksimum va minimum temperaturani aks ettirmaydi.Yer sharida absolyut maksimum temperatura - Afrikaning Tripoli shahrida ro‘y bergan (+58° C ). Absolyut minimum temperatura esa shimoliy yarim sharda (Rossiyaning Oymyakon shahrida) -71°C janubiy yarim sharda (Antraktidada) - 88.3°C bo'lgan. Shunday qilib, temperaturaning Yer yuzasida yillik va sutkalik o'zgarishi issiqlik balansining xarakterini aniqlab beradi.
Temperatura. Ma’lum joyning temperaturasi va uning o'zgarishi avtomat asboblar yordamida yoki termometr ko'rsatgan ma’lumotlarni sistemali ravishda kuzatib borish asosida aniqlanadi.
Termometrdagi simob yoki spirt ustunchasining yuqoridagi boshi 0°dan yuqori temperaturani korsatadi va issiqni + (plyus) bildiradi, 0°dan pastdagi raqamlardan birini ko'rsatsa, u taqdirda havoning temperaturasi sovuq- (minus) ekanligini bildiradi. Ba'zan sutkalik maksimal temperaturani o'lchashda simobli termometr, minimal temperaturani otchashda esa spirtli termometr ishlatiladi. Chunki sovuq juda ham pasayib ketsa, simob muzlab qoladi.
Bir kunda harorat 4-marta (tungi soat 1 da, ertalab soat 7da, kunduzi soat 1 da va kechqurun soat 19 da o‘lchanadi. So'ngra to'plangan sonlar qo‘shilib, 4 ga bo'linadi, natijada sutkalik o'rtacha temperatura kelib chiqadi. Masalan Zarafshon vodiysining o'rta qismida iyul oyida termometr tungi soat 1 da 19°C, ertalab soat 7 da 21°C, kunduzi 1 da 31°C, kechqurun 19 da 28°C ni ko'rsatsa o'rtacha sutkalik temperaturasi 24,7°C bo‘ladi.(l 9+21+31+28=99:4-24,7).
Agar sutka davomida musbat (+) temperatura ham, manfiy (-) temperatura ham bo‘Isa, o'rtacha temperaturani topish uchun avvalo har ikkala xil temperatura alohida olib qo‘shiladi. So'ngra katta sondan kichik son olinadi va qolgan son necha marta o'lchangan bo‘Isa, o‘sha songa bo'linadi. Bunday bo‘linmada bo‘linuvchining ishorasi saqlanib qolinadi. Masalan, bir sutkada temperatura -6°C,- 7°C,-9°C, -12°C,
-4°C; +2C°,+4°C,-4°C tarzda o'zgarsa, u taqdirda 6+7+9+12+4+4=42,4+2=6 bo‘ladi. Sohigra 42-6=36/8=4.5. Demak, sutkaning o‘rtacha temperaturasi -4,5°C ekan.
O'rtacha oylik temperaturani topish uchun shu oydagi jami sutkalaming ortacha temperaturasi qo'shiladi hosil bo'lgan.son oyning kunlariga bo‘linadi natijada oyning o‘rtacha temperaturasi kelib chiqadi. Yillik o‘rtacha temperaturasini topish uchun esa 12 oyning o‘rtacha temperaturasi qoshilib so'ngra 12 oyga taqsimlanadi. Bir sutka ichida eng baland va eng past temperatura orasidagi farq temperaturaning sutkalik o'zgarish miqdori yoki amplitudasi deyiladi. Bir yil davomida ma’lum joyning eng issiq va eng sovuq oylarining o'rtacha temperaturalari orasidagi farq o‘sha joyning yillik temperatura amplitudasi deyiladi. Qutblarda va materik ichkarisidagi joylarda yillik temperatura amplitudasi katta ekvator atrofida va okeanlar ustida kichik bo'ladi.
Havoning o'rtacha yillik temperaturasi shimoliy yarim shar bilan janubiy yarim sharda bir xil emas. Shimoliy yarim shaming hamma kengliklarida ham o'rtacha yillik temperatura janubiy yarim shamikidan yuqoridir. Buning asosiy sababi shundaki, janubiy yarim sharga qalin muz bilan qoplangan sovuq iqlimli Antarktida ta’sir etadi.
Shimoliy yarim sharda yanvar oyining o'rtacha temperaturasi -8°C, iyulniki esa
+22°C, janubiy yarim sharda esa iyulning o'rtacha temperaturasi -10°C, yanvarriiki esa+17°C, yillik temperatura amplitudasi esa shimoliy yarim sharda 30°C, janubiy yarim sharda 27°C. Bunga sabab shuki, janubiy yarim shaming ko'proq qismi okeanlar bilan qoplangandir.