G’. M. Sayfullayev


Hujayraning ko‘payishi va rivojlanishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə24/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Hujayraning ko‘payishi va rivojlanishi.


Organizmlarning ko‘payish usullari juda xilma-xil va murakkab bolishiga qaramay, iming asosini ikki xil jinsiy va jinssiz ko‘payish tashkil qiladi.
Jinsiy ko‘payish deb, jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan, maxsus, jinsiy hujayralar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi. Jinsiy ko‘payish evolyutsiya jarayonida paydo bo‘lib, organizmlar genotipini xilma-xil bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Jinsiy ko‘payishda yangi avlod, har xil ota-ona organizmdan hosil bo‘lgan ikkita jinsiy hujayraning qo‘shilishi natijasida rivojlanadi. Lekin umurtqasiz hayvonlaming ayrim turlarida jinsiy hujayralar bitta organizmda rivojlanadi. Bunday ikki jinsli hayvonlar germafroditlar (qo‘sh jinslilik) deb ataladi.
0‘simliklar olamida, yopiq urug’li o‘simliklaming ko‘pchiligida gullari ham ko‘pincha ikki jinsli bo‘ladi. Gulli o‘simliklardagi ikki jinsli gullardagi changchilarda erkak jinsiy hujayralar spermiylar, urug‘chisida esa urg‘ochi jinsiy hujayralar tuxum hujayra yetiladi. Ikki jinsli gullarga olma, o‘rik, gilos, behi daraxtlarining gullari misol boladi. Agar changchi gul alohida, urug‘chi gul alohida bo‘lsa, bir jinsli gul deyiladi. Makkajo‘xori bir jinsli gullar turkumiga kiradi. Ayrim o‘simliklarda changchili va urug‘chili gullar har xil tuplarda rivojlanishi mumkin. Masalan, Turkiston ismalog’i. Ma’lumki, yangi organizm jinsiy hujayralar qo‘shilmasdan ham rivojlanishi mumkin. Ayrim hayvon va o‘simlik (erkak asalari, mayda qisqichbaqasimonlari) turlarida urug’lanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning rivojlanishi kuzatiladi. Bunday ko‘payish usuli partenogenez) deb ataladi.
Jinssiz ko‘payish ham tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yangi organizm somatik (tana) hujayralardan, ya’ni jinssiz hujayralardan rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Jinssiz ko‘payish
Ko‘payish-organizmlarning avlod qoldirish xususiyatidir. Organizmlar asosan ikki xil usulda: jinssiz va jinsiy ko‘payadi.
Jinssiz ko‘payish asosida hujayralaming mitoz bolinishi yotadi, o‘simliklarda hayvonlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Jinssiz ko‘payishda ayrim hujayra yoki organizmning bir qismi bolinishi natijasida yangi bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali organizm hosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish usullari quyida tasvirlangan:
Jinssiz ko‘payishning biologik ahamivati. Jinssiz ko‘payishda faqat bitta hujayra yoki bitta organizm qatnashganligi uchun hosil bo‘lgan yangi avlodlar ona avlodning ayni nusxasi hisoblanadi (ulaming irsiy moddalari bir xil bo‘lganligi uchun). Jinssiz ko‘payishning bu xususiyatidan foydalanib hozirgi vaqtda ba’zi murakkab o‘simliklar va hayvonlaming juda ko‘p sonli ayni nusxalarini yaratish (klonlashtirish) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. 0‘simliklaming yoki hayvonlaming ayrim yetuk somatik hujayralari ajratib olinib, maxsus sharoitda o‘stiriladi.
Jinssiz ко ‘payish organizmlarning tez ко 'payishini va ко’p avlod qoldirishini ta’inlaydi.
Jinssiz ko‘payish evolyutsiya jarayonida jinsiy ko‘payishdan oldin paydo bo‘lgan. Jinssiz ko‘payishda hosil bo‘lgan yangi avlod ona organizmning aynan nusxasi boladi. Jinssiz ko'payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko‘payishi va ko‘p avlod hosil bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko‘payish natijasida hosil bo‘lgan har bir organizmning genotipi ona organizm genotipiga aynan o‘xshash bo‘ladi. Chunki, tana hujayralari faqat mitoz yoli bilan ko‘payadi, mitozning interfaza bosqichida genetik materialning ikki hissa ko‘payishi kuzatiladi. Mitoz bo‘linishi natijasida paydo bo‘lgan hujayralardan, jinssiz ko‘payishda yangi organizmlar rivojlanadi. Mitoz bo‘linish asosida jinssiz yo‘l bilan ko‘paygan organizmlar genotipi bir xil bo‘lish sabablarini tushuntirish mumkin. Foydali mutatsiyalar bunday organizmlarda tashqi muhit sharoitining o‘zgarishi natijasidagina kamdan-kam hollarda paydo bo‘ladi.
Mitoz. Hujayraning yashash muddati tuzilishi va funksiyasiga bog’liq holda turlicha bo‘ladi. Masalan, nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo‘lmaydi va organizmning butun umri davomida o‘z funksiyasini bajaradi. Boshqa hujayralar-suyakiligi, epidermis, ichak epiteliysi butun umri davomida bo‘linib ko‘payib turadi. Hujayraning hayot sikli bo‘linishdan hosil bo‘lgan yangi hujayraning nobud bo‘lishigacha yoki keyingi bo‘linishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda hujayra o‘sadi, ko‘p hujayrali organizmning to‘qima va organlarida o‘ziga xos funksiyani bajaradi.
Hujayralar 8 soatdan 100 kungacha va undan uzoqroq yashashi mumkin. Interfaza tugaganidan keyin mitoz boshlanadi. Mitoz to‘rt bosqich- profaza,

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin