G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə25/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

metafaza, anafaza, telofazadan iboratdir.Profazada -yadro kattalashadi, yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi, xromosomalar spiralga o‘ralib, kalta va yo‘g‘on holatga keladi. Xromosomalar mikroskopda aniq ko‘rinadi. Yadrochalar yo‘qoladi. Ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi. Bo‘linish urchug’i xromosomalami qutblarga tomon tarqalishini ta’minlaydi. Profazaning oxirida yadro qobig‘i parchalanadi.
Yadro qobig‘i parchalangandan so‘ng xromosomalar sitoplazmada erkin holda betartib joylashadi.
Mitozning biologik ahamiyati. mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir yangi hujayra bir xil xromosoma to'plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bolinish genetik materialni yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to'plamga ega bo‘ladi. Mitoz bo‘linishsiz ko‘p hujayrali organizmlaming to‘qima va organlaridagi ko‘p sonli hujayralarning tuzilishi va funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo‘lishini ta’minlashning iloji bo‘lmas edi.
Jinsiy ko'payish. Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Uning jinssiz ko‘payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona irsiy belgilarini birlashib olish imkonini beradi. Shu munosabal bilan avlod ota-onaga nisbatan yashovchan, o'zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. Organizm evolyutsiyasida jinsiy ko'payish juda muhim rol o‘ynaydi. Jinsiy ko'payish o‘simlik va hayvonot olamida keng tarqalgan. Jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo‘lishidan boshlanadi. Urg‘ochi organizm jinsiy bezida tuxum hujayra, erkak organizm jinsiy bezida urug‘ hujayra hosil bo‘ladi. Xromosomalari gaploid (toq) to‘plamli urug‘ va tuxum hujayra qo‘shilishi natijasida to'plamli organizmlar hosil bo‘ladi. Ikkita organizmning irsiy moddalari qo'shilganligi uchun hosil bo‘lgan yangi avlod ota- onasidan va bir-biridan farq qiladi. Jinsiy ko'payish irsiy xilma-xillikni va organizmlar moslanuvchanligini orttirgani uchun jinssiz ko‘payishga nisbatan afzallikka ega.
Jinsiy ko‘payishning oddiy ko‘rinishi konyugatsiyadir. (lotincha konyugatsiya- birikish so‘zidan olingan). Kiprikli bir hujayralilar tufelkalarda uchraydi. Ikkita organizm bir-biriga yaqinlashib qobiqda teshik paydo bo‘ladi. Tufelkaning yadrosida murakkab bolinishlardan keyin ular yadrolarining ayrim bo‘laklarini almashinadi va keyin ajralishadi. Konyugatsiyaning mohiyati ikki organizmning irsiy moddalari bilan almashinishidir.
Birinchi bolinish fazalarining ichida eng murakkab va uzoq davom etadigan profaza profaza I da -xromosomalar spirallasha boshlaydi. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo‘lib, sentromera yordamida birikkan bo‘ladi. Gomologik xromosomalar o‘zaro yaqinlashadi. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi
xromatidga aniq mos tushadi. Xromosomalar bir-biriga yopishib, yonma-yon joylashadi. Bu hodisa kon’yugutsiya deyiladi. Keyinchalik bunday xromosomalar o‘rtasida o‘xshash qismlari, genlari bilan almashinadi. Bu hodisa esa krossingover deb ataladi. Profaza oxirida gomologik xromosomalar bir- biridan ajrala boshlaydi. Bu jarayonlar bilan bir vaqtda yadro qobigi parchalanib, yadrochalar yo‘qolib ketadi.
Metafaza I da xromosomalaming spirallanish darajasi eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘ladi. Kon’yugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft holalda ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Sentromeraga bo‘linish urchugi birikadi.
Anafaza I da-gomologik xromosomalaming elkalari bir-biridan aniq ajraladi.
Lekin xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.
Telofaza I da -xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo‘ladi.
Qisqa vaqt ichida yadro qobigi hosil bo‘ladi.
Interkinez davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. Birinchi bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosomalar genlar yigindisi jihatidan farq qiladi.
Misol uchun odamda barcha hujayralarda, shu jumladan birlamchi jinsiy hujayralarda ham 46 ta xromosoma bo‘ladi. Bulardan 23 tasi ota, 23 tasi ona organizmga taalluqlidir. Meyozning birinchi bolinishidan so‘ng spermatozit va ovositlarga 23 tadan xromosoma o‘tadi. Xromosomalaming tarqalishi anafaza I da turli xil variantlarda amalga oshadi. Misol uchun: ulardan bittasida 3 ta ota organizm xromosomasi va 20 ta ona organizm xromosomasi bo‘lishi mumkin, boshqasida 10 ta otalik va 13 ta onalik yoki boshqacha holatlarda xromosomalar tarqalishi mumkin. Bunday holatlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Agar meyoz I bo‘linishda xromosomalardagi krossingovemi hisobga olinsa, har bir hosil bo‘lgan jinsiy hujayra genetik jihatdan yagona bo‘lib, o‘ziga xos takrorlanmaydigan genlar yig’ndisiga ega bo‘ladi.
Meyozning ikkinchi bo‘linishidagi profaza II va metafaza II da xuddi mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, bo‘linayotgan hujayra gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek
xromatidlar mustaqil xromosoma bo‘ladi. Telofaza II da xromosomalari gaploid to‘pIamga ega bo‘lgan ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to‘plamli boshlang’ich jinsiy hujayraning ikki marta ketma-ket bolinishi oqibatida 4 ta gaploid to‘plamli yetuk jinsiy hujayralar gametalar hosil bo‘ladi.
Meyozning biologik ahamiyati. 1. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‘zgarmaydi. Agar gametogenezda xrosomalar soni kamayganda, har biryangi avlodda xromosomalarning soni tinmasdan ikki hissadan ortib boraverar, xromosomalar sonining doimiyligi buzilar edi.
Meyozda xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo‘ladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har xil gametalarga tarqalishi natijasida xromosomalarning yangi to‘plami hosil bo‘ladi.
Xromosomalarning konyugatsiyalanishi, o‘xshash qismlari bilan almashinishi irsiy axborotning yangi to‘plami hosil bo‘lishi va irsiy о‘zgaruvchanlikka sabab bo‘ladi. Irsiy o‘zgaruvchanlik organizmlar evolyutsiyasining asosiy omillardan biridir.
Ba’zi holatlarda meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga taqsimlanishi buziladi. Natijada organizm rivojlanishi buzilishi, odamlarda har xil irsiy kasalliklaming kelib chiqishi mumkin.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin