Chetdan changlanish. O‘simliklar dunyosida hasharotlar shamol yordamida bo‘ladigan changlanish ko‘p uchraydi. Hasharotlar yordamidagi changlanishni entomofiliya deyiladi, bu xil usimliklar esa entomofil o‘simliklar jumlasiga kiradi. Entomofil o‘simliklar shamol yordamida changlanadigan o‘simliklardan shunday belgilari bilan farq qiladi. Bu o‘simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko‘pincha to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultoj barglari O‘rik, gilos, shaftoli, anjir, olma, bexi, nok va shu kabi daraxt o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanadilar. Anjirning guli blastofaga (Blactophaga) degan mayda ari yordamida changlanadi, chunki bu hasharotning hayot stikli anjirning gullash davri bilan bevosita bog’ langan. Anjirning guli noksimon to‘pgulga birlashgan bo‘lib, uni uchki qismida teshikchasi bor. Anjirda ikki xil ichi bo‘sh to‘pgul rivojlanadi. Birinchisi, kaprifigadeb atalib uning kengaygan ichki bo‘sh qismida ustunchali urugchi (onalik) guli joylashadi. Changchi (otalik) guli esa to‘pgul uchida joylashgan teshikchaga yaqin — tor qismida bo‘ladi. Ikkinchi to‘pgul figada faqatgina urug’chi (onalik) guli joylashib, bu gulning urug’chisi uzun ustunchalidir. Changchi gullar bu to‘pgulda rivojlanmaydi.Anjir gullagan paytda changlatuvchi blastofaga hasharoti ichiga kirib ustunchali urug’rchaga bittadan tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinka chiqadi, bu lichinkalar urug’ kurtak hisobiga rivojlanib haqiqiy ariga aylanadi. Lichinkaning ba’zi birlaridan qanotsiz erkak blastofaga, ikkinchi xil lichinkadan esa qanotli
urgochi blastofaga rivojlanadi. Har bitta erkak blastofaga 10 —15 tagacha urg’ochi blastofaga to‘g’ri keladi Erkak blastofagalar tuguncha devorlarini kemirib urg’ochi blastofagalar uchun yo‘l ochib beradi va ularni changlantirgandan so‘ng o‘zlari nobud bo‘ladi. anemofilo‘simliklar,changlanish esa anemofiliyadeb ataladi. Anemofil o‘simliklarning gullari ko‘rimsiz, mayda va ko‘pincha kuchala to‘pgulga birlashgan, gul o‘rami yaxshi rivojlanmagan va redukstiyalashgan. Nektar bezlari, changlari ham kichikroq va sillik hosil bo‘ladi. Masalan, makkajo‘xori erkak to‘pgulida, ya’ni ro‘vagida 50 milliontagacha chang hosil bo‘lishi mumkin. Shamol bilan changlanadigan o‘simliklarga bug’doy, javdar, makkajo‘xori, oq jo‘xori, te- rak, lavlagi, tok va shu kabi o‘simliklar kiradi. apelsin, limon, anjir va xurmo o‘simliklarida uchratamiz.