SHO‘RADOSHLAR OILASI Bu oilaga deyarli hamma qitalaming sahro va chollarida, qumlarda va sho‘rtob yerlarda o‘sadigan 100 dan ortiq turkumga mansub, 1500 turga oid daraxtlar, butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar kiradi. O`zbekistonda sho‘radoshlar oilasiga mansub 44 turkumga oid 200 ga yaqin tur bor. Bularning ko‘pchiligi chollarda o‘sadi. Bu o‘simliklar ko‘pincha etdor-sersuv bo‘ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o‘rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to‘pgulga o‘mashgan. Tugunchasi bir uyli va bir urug‘kurtakli. Mevasi asosan yong‘oqcha. Sho‘radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biri oddiy lavlagidir (Og5ChslI(3)). Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o‘simlik. U urug‘dan chiqqan birinchi yili uzun bandli yirik barglardan tashkil topgan to‘pbarg va oziq moddalarga boy, yo‘g‘onlashgan ildiz (ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli, biroz uzun, sershox, uchi to‘pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U mayoyida gullaydi. Gullari mayda, shoxlari uchidagi barglar qo‘ltig’ida joylashgan to‘pgullarda o‘mashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, besh bargchali, changchilari 5 ta, gulqo‘r’g’on bargchalari qarshisida joylashgan. Urug‘chisi 3 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Tugunchasi bir uyli. Lavlagining mevasi sentabrdapishadi. Uning mevasi gulqo‘rg‘on bargchalari bilan qo‘shilib o‘sgan yong‘oqchadir. Sho'rudoshlargdmansub ismaloq turkumining O`zbekistonda 2 turi o‘sadi. Ulardan biri rezavorismaloq bolib, u ziravor o‘simliklar qatorida ekiladi, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Ikkinchisi Turkiston ismalogi. U bir yillik, ikki uyli begona o‘t. Uni aprelva mayoylarida vohalardagi barcha ekinzorlar atrofida va bog’larda uchratish mumkin. Barglari uzun bandli, yaprog‘i yirik, patsimon bo‘lingan, uchidagi bo‘lagi yirik, nayzasimon o‘tkir uchli, yonidagi bo‘laklari esa ingichka, uzunchoq. U aprelda gullaydi. Changchi gullarining gulqo‘rg‘oni to‘rt bargchali, changchilari ham to‘rtta. Urug‘chi gullari gulqo‘rg‘onsiz, lekin 2-4 tishchali, yonbargchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan o‘rama bilan qoplangan. Urug‘chisi to‘rtta. Gullab bo‘lgach, 4-6 urug‘chi gullar o‘zaro birlashib tikanli to‘p meva hosil qiladi.