Turkiston ismalogining poya va barglari ham bahorda ovqatga ishlatiladi. Qumli chollarda saksovul turkumiga oid oq va qora saksovul o‘sadi. Bularning ikkalasi ham uncha yirik bo‘lmagan daraxtlardir. Saksovullarda barg qipiqsimon bo‘ladi, barg vazifasini ham ularning bir yillik novdalari bajaradi. Saksovullarning bir yillik novdalari yashil, bo‘g‘imlarga bolingan, ko‘pchiligi kuzgacha ham yog‘ochlanmaydi. Saksovullar martningoxiri-aprelningboshidan o‘sa boshlaydi va gullaydi. Ularning guli juda mayda va ko‘rimsiz. Saksovullar iyungacha yaxshi o‘sadi, yozning eng issiq va quruq oylari-iyul va avgustda esa o'sishdan deyarli to‘xtaydi, yog‘ochlanmagan bir yillik novdalarining bir qismi to‘kiladi. Sentyabming ikkinchi yarmidan boshlab saksovullar mevalaydi. Mevaning o‘sish davrida 5 ta gulqo‘rg‘on bargchalardan 5 ta pardaga o‘xshash qanot o‘sib chiqadi va gulqo‘rg‘on tuguncha bilan qo‘shilib meva hosil qiladi. Shuning uchun ham saksovullarning mevasi 5 qanotli va bu mevaning shamol yordamida tarqalishini osonlashtiradi. Saksovullarning mevasi oktyabming oxirida pishadi. Sovuq tushishi bilan mevalar bilan bir qatorda yog‘ochlanmay qolgan bir yillik novdalar ham to‘kiladi.
Oq saksovulningpo‘stlog‘i kulrang, qora saksovulniki esa qoramtir bo‘ladi. Saksovul barglarining deyarli yo‘qolib ketishi, yozning juda issiq va quruq oylarida
o‘sishdan deyarli to‘xtashi va bir yillik novdalardan bir qismining to‘kilishi uning issiq va quruq cho‘l sharoitida yashashga moslashganligining belgisidir. Saksovulning poyasi qimmatbaho yoqilg‘i, bir yillik novdalari va mevalari tuyalar va qorakolqo'ylariuchun to‘yimli oziq hisoblanib uni chorva mollari ayniqsa kuzda va qishda yaxshi yeydi. Saksovullar ko‘chma qumlarni mustahkamlashda keng qollaniladi.
Sho'radoshlarnngko‘pchilik turlari gipsli va sho‘rli cho‘l o‘tloqlaridagi asosiy yem-xashak o‘simliklari qatoriga kiradi. Masalan, teresken, ebalak, sag'an, izen,baliqkoz, sho‘rak, quyonjun, donasho‘r turkumlariga oid o‘simliklami tuya va qorako'l qo'ylari kuzda ishtaha bilan yeydi. Izen, cho‘g‘on va keyreukni madaniy yem- xashak o‘simlikIari qatoriga kiritish ustida O`zbekiston fanlar akademiyasining Botanika institutida ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Cherkezning bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi. Itsigakdan olinadigan zaharli modda anabazinqishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Sho'rudoshlarga olabuta o‘simligi ham kiradi.
O`zbekistonda sho‘radoshlar oilasiga mansub 44 turkumga oid 200 ga yaqin tur o‘sadi. Sho‘radoshlamingko‘pchilik vakillari tarkibida kimyoviy birikma ishqor saqlaydi. Shuning uchun ulardan sovuntayyorlashda foydalaniladi. Sho‘radoshlaroilasiga kiruvchi o‘simliklaming gulqo‘rg‘oni oddiy, ko‘rimsiz, mevasi kech kuzda pishadi. 0‘simlik organlari asosan seret. Choldagi sho‘rxok, gipsli va qumli sharoitda o'sishga moslashgan. Bu oilaga mansub 8 ta tur Respublika «Qizilkitob»iga kiritilgan.