G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə37/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Oddiy jag‘-jag’ martdan boshlab mayning oxirigacha gullaydi. Birinchi bo‘lib shingilning eng quyisidagi gul ochiladi. To‘pgulning uzayishi jarayonida tepadagi gullar ham birin-ketin ochila boradi. Binobarin bitta to‘pgulda pishgan meva bilan bir qatorda to‘liq ochilgan gullar va hali ochilmagan g'unchalarni ko‘rish mumkin. Oldin hosil bo‘lgan qo‘zoqchalar mayning, oxirgi qo'zoqchalar esa iyunning birinchi yarmida pishadi va yetilgan qo‘zoqchalar chokidan ikki pallaga bo‘linib ochiladi, so‘ngra urug’lar yerga to‘kiladi. Yaxshi o‘sgan har bir tup o‘simlikda 70000 ga yaqin urug‘ yetiladi.
O‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur-oddiy jag‘-jag‘
o‘sadi.
Oddiy jag‘-jag‘ ko‘pchilikka tanish o‘simlik. Uning tarkibida «C» va
«К» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko‘klamda to'pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘-jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa layyorlanadi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi. Respublikamiz tog’larida, adirlarida, qirlarida va ba’zan ekinzorlar atrofidagi marzalarda karamdoshlarga oid chitir turkumiga mansub o‘simliklarni uchratish mumkin. Chitir turkumi o‘simliklari bargining butun va ovalsimon bo‘lishi, barg va poyalarining 2-3-4 uchli tuklar bilan qoplanganligi, tojbarglarining pushti, binafsha rangligi hamda mevasining qo‘zoq bo‘lishi bilan jag’-jag’ turkumidan farq qiladi. Bu turkumning ko‘p tarqalgan vakillaridan biri tukli chitirdir.
Tukli chitir-bo‘yi 10-40 sm keladigan bir yillik o‘t: Barglari qisqa bandli, butun, tekis qirrali. Gulining tuzilishi oddiy jag‘-jag‘nikiga o‘xshash. Lekin tojbarglarining binafsha rangliligi va mevasining tuklar bilan qoplangan qo‘zoq bo‘lishi bilan farq qiladi.
Respublikamizning janubiy viloyatlarida ko‘proq Afrika chitiri uchraydi. Bu oldingi turdan barg qirralarining o‘tkir tishliligi va qo‘zog ’i, ko‘ndalang kesimining to‘rtburchak shaklida bo‘lishi bilan farq qiladi.
O‘zbekistonda chitir turkumiga mansub 14 tur o‘sadi. O‘zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekinlariga karam, sholg ’om, rediska va turplar kiradi. Bo‘yoq beradigan o‘simlik sifatida esa o‘sma ekiladi.
Karamdoshlar oilasiga bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Oilaga mansub turlarning gulqo‘rg‘oni murakkab, kosacha va tojbargi 4 tadan, changchilari 6 ta, urug‘chisi 2 ta bo‘lib, bir-biri bilan qo‘shilgan. Mevasi qo‘zoq va qo‘zoqcha. Bu oilaga mansub 8 ta tur O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.
GULXAYR1DOSHLAR OILASI. Bu oilaga asosan tropik, qisman mo‘tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan 70 turkumga mansub 900 o‘simlik turi kiradi. O‘zbekistonda gulxayridoshlarga mansub 7 turkumga oid 27 tur o‘simlik o‘sadi. Gulxayridoshlarga asosan o‘tlar, qisman butalar va daraxtlar kiradi. Ildizi-o‘q ildiz. Poyasi asosan tik, qisman yonboshlab o‘sadi, ko‘pincha yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy, uzun bandli, panjasimon tomirli, butun yoki o‘yilgan, ko‘pincha panjasimon qirqilgan. Gullari barg qo‘ltig’ida yoki shoxlar uchidagi to‘pgulda bittadan joylashgan, to‘g‘ri, ikki jinsli va uzun gulbandli. Gulqo‘rg‘oni murakkab. Kosachasi 5 kosacha bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Ko‘pchilik vakillarida kosacha ikki qavat. Bunda ostki kosacha ko‘p, erkin holdagi yoki qo‘shilgan bargchalardan tashkil topgan. Tojbarglari 5 ta, erkin. Changchilari ko‘p, uning iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi. Urug‘chisi bitta, u 3 yoki undan ko‘p urug‘chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, tuguncha 3 yoki undan ko‘p uyli. Mevasi 3 - 5 uyli ko‘sakcha yoki bir urug’li juda ko‘p mevachalarga bo‘linadigan to‘p meva. Gulxayridoshlarning ko‘p tarqalgan vakillaridan biri yerbag’ir tugmachaguldir. U tugmachagul turkumiga oid, bo‘yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o‘t. Uni barcha sug‘oriladigan yerlarda, ariqlar bo‘yida va ekinlar orasida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag’irlab yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari uzun bandli, yaprog’i deyarli yumaloq, cheti
5-7 ga bo‘lingan. Gullari bandli, barg qo‘ltig’ida o‘rnashgan. Ostki kosachasi 2 yoki 3 ta ingichka kalta bargchalardan tashkil topgan. Kosachabarglari beshta, yarmigacha bir-biri bilan qo‘shilgan. Tojbarglari 5 ta, erkin, kosachabarglarga nisbatan 2 marta uzun, uchi o‘yi lgan, rangi pushti. Changchilari ko‘p, tublari bilan birikkan, urug‘chini o‘rab olgan. Urug‘chilari ham ko‘p (12-16), urug‘chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin