Barglarningnovdalardajoylashishi.O‘simliklarning barglari ma’lum bir tartibda, tabiat qonuniyatlari asosida - har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi. Navbat bilan yoki ketma-ket joylashish. Bunda novdaning har qaysi bo‘g’imidan faqat bittadan barg chiqib, novda bo‘ylab pastdan yuqoriga bir-biriga
teskari yoki spiral holda birin ketin navbat bilan joylashadi. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari spiralsimon yoki ketma ket joylashgan.
Qarama-qarshijoylashish.Novdaning har qaysi bo‘g’imida bir biriga qarama- qarshi ikkita barg joylashsa, qarama- qarshi joylashish deb ataladi. Rayxon, yalpiz va siren barglari bunga misol bo‘ladi halqasimon yoki doiraviy joylashish. Novda bo‘g’imida uchraydi, u barglar ustki barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug’ligiga talpinib turadi. Barglarning bunday joylanishiga bargmozaikasiyoki natsimondeb ataladi. Shakli o‘zgargan burglar shunday mo‘jizakorki, sharoitga qarab hatto barglar ham o‘z shaklini o‘zgartiradi. Qurg’oqchilik erlarda o‘simliklar suvni kam bug’latish uchun ko‘pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o‘simliklarida barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o‘simliklarda barg plastinkasining chetidagi tishlari mayda tikanlarga aylanadi. Namgarchilik kam erlarda o‘suvchi akasiya, qovul o‘simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylanadi. Ba’zi bir o‘simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Jingalagi bor bo‘lgan o‘simliklar boshqa o‘simlnklarga ilashib o‘sadi va barglarini quyosh yorug’ligiga tutadi. no‘xatak, burchoq, yasmiq o‘simliklaridagi murakkab barglarning oxirgi bargchasi formasini o‘zgartirib jingalakka aylantirgan.
Generativorgan (lotincha generate so‘zidan olingan bo‘lib, yaratmoq, tug’moq, degan ma’noni anglatadi). O‘simlikning bunday organlariga gul, meva na urug’lar kiradi. Shuning uchun ham generativ organi ko‘payishorganideyiladi. Generativ organlar asosan gulli va qisman ochiq urug’li o‘simliklarda taraqiy etgan.
Gul. Yopiq urug’lilar jinsiy ko‘payishi jihatidan boshqa o‘simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Ularda jinsiy ko‘payish uchun maxsus reproduktiv organlari — gul hosil bo‘ladi.
Gulda juda murakkab va muqim rivojlanish: mikro va sporogenez, changlanish, urug’lanish va mevaning hosil bo‘lish jarayonlarini kuzatish mumkin. Gulbandining ahamiyatiga to‘xtab o‘tamiz. Gulbandi gulni poyaga biriktiradi. Bir xil o‘simliklarning gullarida gulbandi bo‘lmaydi. Bunday gullarga o‘tirgichguldeyiladi. Issiqsevar o‘simlnklarda gulbandi uzun bo‘ladi.
Gulbandining yuqori qicmi kengayib gul o‘rnini hosil qilgan. Gul o‘rni, ya’ni cho‘zilgan, bo‘rtgan, tekis yoki botiq bo‘lishi mumkin ba’zi o‘simlnklarda gul o‘rniga gulkosa, gultoj, changchi va urug’chilar joylashgan Gul urami bir oki o‘ramali bo‘ladi.
Gul o‘ramini hosil qiluvchi bir xil rangli barglarning necha qator bo‘lib joylashishidan qat’i nazar biro‘ramaliguldeyiladi. Bir o‘ramali gullar gultojisimon yoki gulkosasimon bo‘ladi. Bir o‘ramali gullarning gul barglari yashil rangda