Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Hujayranikashvetilishihaqidanimalarnibilasiz?2.Mikroskopqandaytuzilishga ega? 3.Hujayraning oziqlanishi qanday?4.Hujayraqandayko‘payadi? 5.Mitozning qanday biologik ahamiyati bor?6.Meyozningqandaybiologikahamiyatibor?
Hozirgi zamon botanika fanining oldida turgan muhim vazifalaridan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simlik guruhlarini cho‘l, dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib ulardan xalq xo‘jaligi manfaati yo‘lida keng foydalanishdir. Maskur bo‘limda floraning inson hayotidagi ahamiyati. O‘simliklarning organlari. Generativ va vegetativ a’zolar. Gulli o‘simliklarning ko‘payishi. Ularning turlari, oilalari, xususiyatlari. O‘simliklar hayotiy shakllari. Tuban o‘simliklar. Yuksak o‘simliklar haqida ma’lumotlar berilgan. Bular bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
O‘simliklar fiziologiyasi oldida turgan vazifa o‘simliklar organizmida bo‘lib turadigan hayotiy jarayonlarni, metobolizm qonuniyatlarini (o‘simliklar organizmidagi modda almashinish jarayonini), ya’ni o‘simliklarning oziqlanishi o‘sishi va rivojlanishi, harakati hamda ta’sirchanligini o‘rganadi. Botanika fanining muhim vazifalaridan yana biri o‘simliklarning tashqi muhitga moslashish qonuniyatlarini yorug’lik, issiqlik, suv, mineral moddalar va boshqa tashq muhit omillari ta’sirida o‘simliklarning morfologik hamda anatomik tuzilishining mohiyatini o‘rganadi.
Botanika fani filogenetik vazifasida o‘simliklarning kompleks belgilari morfologik, bioximik, poliontologik, fiziologik, embriologikga asoslangan holda o‘simliklar dunyosining kelib chiqish tarixini, ularning filogeniyasini o‘rganishdir.
Shuningdek botanika fani vazifalariga bakteriyalarni suv o‘tlarni zamburug’larni daraxt va butalar to‘g’risidagi bilimlarni ya’ni dendrologiyanii o‘rganish muhim vazifadir.
Botanika fani fitosenoz yoki o‘simliklar guruhlari to‘g’risidagi ma’lumotlarni unda fitosenozning tuzilishi taraqqiyoti tarqalish qonuniyatlari va undan foydalanish yo‘llarini o‘rganish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.