1,2,3-uchbargchali murakab barglar; 4,5,6-toq patsimon murakkab
barglar; 7- juft patsimon murakkab barg; 8,9,11-panjasimon murakkab barglar;
yon bargli jingalakli patsimon murakkab barg.
Barg plastinkasi asosan mezofil hamda tomir qismidan tashkil topgan. Bargning mezofill qismi assimilyatsiya to‘qimadan iborat, tomirchalar barg plastinkasini tik tutib turishdan, egilib-bukilib ketishdan saqlaydi ham unda o‘tkazish vazifasini bajaruvchi nay bog’lamlari mavjud. Tomirlar ko‘pincha bargning ostki qismida bo‘rtib turadi. Ba’zi o‘simliklar (tol, olma,) ning barglarida
barg uchidan bandgacha boradigan bitta markaziy tomir bo‘ladi va undan barg plastinkasining yon tomonlariga ketma-ket yon tomirlar tarqaladi. Bunday tomirlanish patsimon tomirlanish deb ataladi. Agar barg plastinkasining asosida bir nechta o‘xshash tomirlaruning barcha tomoniga tarqalgan bo‘lsa, panjasimontomirlanishbo‘ladi. Buni terak, chinor, tok va g’o‘za bargida ko‘rish mumkin. Barg plastinkasining asosidan tarqalgan tomirlar barg uchiga borib yana bir-biriga yaqinlashsa yoysimon tomirlanish deb ataladi. Bunga misol tariqasida zupturum bargini kuzating. Tomirlar barg plastinkasida parallel joylashsa,paralleltomirlanishdeb ataladi. G’allasimon o‘simliklar bargi bunday tomirlanishga yaqqol misoldir.
Barglarningkatta-kichikligivayashovchanligi.Barglar o‘simlik turiga qarab har xil kattalikda bo‘ladi. Ba’zi bir o‘tsimon o‘simlnklarda ularning kattaligi bir necha mm, ni tashkil qilsa, ba’zilarda metrlar bilan o‘lchanadi: masalan, Afrika va janubiy Amerikada o‘sadigan lianalar Palmalar bargining uzunligi 20—22, eni esa 10—12 metrga etadi. O‘rta Osiyo tog’larida o‘sadigan ravochlarning ba’zi bir turlari yirik barga ega (o‘rtacha uzunligi bir metrgacha boradi).
Barg o‘simlnklarda o‘zgaruvchan organdir, shuning uchun bir o‘simlikning o‘zida har xil formadagi va kattalikdagi barglarni uchratish mumkin. Xazonrezgnlik sodir bo‘ladi. Tol, terak va mevali daraxtlar bargi to‘kiladigan daraxt o‘simliklar hisoblanadi.
Shuningdek, doimiy yashil o‘simliklar ham bo‘lib, ularning barglari bir necha yil yashaydi. Bularga nina bargli o‘simliklardan Qaragay, qoraqaragay; keng bargli o‘simliklardan shamshod, breskilet; subtropik o‘simliklardan palma, choy, lavr misol bo‘ladi. Masalan, qaragay bargi 2 yil, Qoraqaragaray bargi 5—7 yilgacha, lavr bargi 4, oleandra bargi 3 yilgacha yashaydi. Janubiy - garbiy Afrikada o‘sadigan velvichiya barglari esa 100 yilgacha nobud bo‘lmaydi. Ular barg asosi bilan o‘saveradi, uchi esa qurib ketaveradi.