O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat hokimiyatining tashkil etilish prinsiplari. Davlat hokimiyatining tashkil etiilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham berilgan. 89-moddaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zRda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov xuquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yil muddatga saylanadi. Uni saylash tartibi qonun bilan belgilanishi aytilgan. YAngi qoidaga ko‘ra Prezidentning ayrim vakolatlari Senatga, ya’ni yuqori palataga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi aytilgan. Bu degani O‘zekistonning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda fuqarolarning davlat hokimiyati boshqaruvidagi ishtiroki kengaytirilgan.
Mustaqil davlatimizning bosh qomusi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, unga 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O‘zR qonuniga ko‘ra Konstitutsiyaning 18,19,20,23-boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi. Konstitutsiyaning 1-bo‘lim 11-moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsiplari: 1) Davlat suvereniteti; 2) Xokimiyat haqchiligi tamoyiliga; 3) Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari ustuvorligi va poydevorligi tamoyili; 4) Davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi; 5) siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik tamoyili; 6) Demokratizm tamoyili; 7) Davlat va shaxsning o‘zaro mas’uliyati tamoyili; 8) Davlat huquq tuzilishi tamoyillariga amal qiladi.
I.1. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‘lim «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb nomlangan bo‘lib, bunga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqidagi asosiy masala joy olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis 2 palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi bayon etilgan. Oliy Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar o‘z ifodasini topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21 ta bo‘lib ular alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi.