G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə59/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

2. VAZIRLAR MAHKAMASI – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘z.R Konstitutsiyasi 98-moddasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, uning urinbosari, vazirlar, davlat qumitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi hukumati boshlig‘i VM tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi tarkibi O‘zR Prezidenti tamonidan shakllantiriladi. O‘zR Bosh vaziri (hozirgi paytda SH.Mirziyoev) namzodi prezdent taqdimiga ko‘ra Oliy Majlis palatalari tamonidan ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi. VMsi a’zolari Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, respublika qonunlari Oliy Majlis qarorlari, Prezdent farmonlari, qarorlari, farmoishlari ijrosini ta’minlaydi. Demak, Vazirlar Mahkamasi ijroiya hokimiyat bo‘lib, u davlat hokimiyati bo‘linish prinsipiga ko‘ra Ikkinchi hokimiyat, ya’ni hukumatdir. Mustaqillik yillarida hukumat sostavi 3 marta yangidan tasdiqlandi. 1993 yil 6 maydagi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi va uning 29 avgustdagi (1993) yangi tahrirdagi qonunlarga ko‘ra birinchi martda Vazirlar Mahkamasining yangi sostavi 1995 yil 23 fevralda 2) ikkinchi marta esa 2000 yil 11 fevralda yangidan tasdiqlandi. 2005 yil 4 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi tasdiqlandi. Hozirgi vaqtda VM a’zolari: 8, ta vazirlar: 10 ta, davlat qo‘mitalari 9 ta qilib Prezdent I.Karimov tomonidan tasdiqlandi.
3. SUD HOKIMIYATI – uchunchi hokimiyat organi tarmog‘i bo‘lib, u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi. Sud tuzimi 5 yil muddatga saylanadi. Sudlarni tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar, xo‘jalik sudlariga bo‘linadi. Prezdent Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida hokimiyatning ana shu tarmog‘ini, sud tizimini tubdan isloh qilish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish uchun prokuratura organlarining sud jarayonlariga aralashuvini cheklash, shaxsni ushlab turish, hibsga olish xuquqlarini sud zimmasiga o‘tkazishni belgilab beradi. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning xuquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlash ta’kidlab o‘tildi.
Sud-huquq sohasini erkinlashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarni shavqatsiz jazolash bilan emas, balki insonparvarlik ruhida tarbiyalash asosida huquqiy davlat yo‘lidan borish zarurligini ko‘rsatdi. 2006 yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘rt yo‘lligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaroriga asosdan 2007 yilda 44 mingdan ziyod shaxslar ozodlikka chiqarildi. Jumladan, sodir qilgan jinoiy harakatlar uchun jazoga tortilishi lozim bo‘lgan 2 ming 377 ayol va 689 voyaga etmaganlar jazodan ozod qilindi (“Xalq so‘zi”, 2007 yil 1 iyun).
2007 yilga kelib uchinchi hokimiyat Sud tizimi sohasida quyidagi islohotlar o‘tkazilmoqda:
1) Jinoiy jazoga sanksiya berish prokuratura organlaridan sud tizimiga o‘tkazilmoqda; 2) Advokat, oqlovchilarning mavqei, rolini oshirish; 3) O‘lim jazosini jinoiy kodeksidan (2008 yil 1 yanvaridan) olib tashlash va uning o‘rniga uzoq muddatli, umrbod qamoq jazosini belgilash isloh qilinmoqda.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin