G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Ikkinchi muammo va ustun yo‘nalish



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə74/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Ikkinchi muammo va ustun yo‘nalish - iqtisodimiz tarkibini keskin o‘zgartirish, ya’ni xom ashyo emas, tayyor mahsulot chiqarishga, uning sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga javob beradigan holga etkazish...
Uchinchi muhim vazifa - milliy pulimiz nufuzini yanada mustahkamlash, uning Amerika dollari, nemis markasi, yapon ieni kabi dunyodagi obro‘li valyutalar bilan erkin almashuviga erishmoqdir.
“Har bir odam boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi, har oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”. YUrtboshimiz Islom Karimov bu fikrlarini davom ettirib, 1999 yil 27 iyulda Vazirlar Mahakamasining birinchi yarmida iqtisodiy islohotlar yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishida “Tadbirkorlik - yuksalish garovi” mavzuida ma’ruza qildi83. Ushbu ma’ruzadagi ba’zi, muhim tomonlarini keltirib o‘tamiz:
«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va yangilanish yo‘limizdan orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» ma’ruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishdir».
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda yashayotgan har bir inson o‘zi va oilasi misolida o‘z farovonligi ortib borayotganini his qila olsin.
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro obro‘sini oshirish. Xonadonimizdagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo‘layotgan har turli tahdid va xavf - xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir».
Umuman, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi (1995) qonunda ta’kidlanganidek, «Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar ishlab chiqarishga, xizmat ko‘rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati»dir.
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
a) shaxsiy (xususiy) faoliyat;
b) yollanma mehnatni jalb qilib, amalga oshiriladigan tadbirkorlik;1
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo‘shma tadbirkorlik.
Barqarorlik dasturini ishlab chiqishda tanglik hodisalarining oldini olish, iqtisodiyotning qay holatdaligini ifodalovchi mezon bo‘lib, xizmat qiluvchi ko‘rsatkichlarni yaxshilash, tanglikka olib keluvchi ichki sabablarini o‘rganish, uni bartaraf etish tadbirlarni amalga oshirish kerak.
2006 yil 24 mayda “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin