6.1. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati. SHarq mutafakkirlari ijtimoiy adolat to‘g‘risida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.”84 Jamiyatda demokratik tartibotning qat’iy shakillanishi, islohatlardan ko‘zlangan strategik maqsadlarga asosan erilishi davri mamlakatimizda o‘tish davrini o‘ziga qamrab olgan. SHu ma’noda o‘tish davrida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijtimoiy himoya tizimini va ijtimoiy adolat tamoyillarini ham nazarda tutadi.
Xo‘sh, bozor munosabatlari shakillanishi davrida biz ijtimoiy adolatning qaysi qoidalariga ustuvor darajada ahamiyat bermog‘imiz kerak?
Bizning fikrimizcha, adolatning markaziy muammosi hissa va ulush mutanosibligi, uyg‘unligi masalasidir. Bunday munosabatlikni va muvozanatni ta’minlash: iqtisodda-mehnat va ish haqi; siyosatda – boshqaruvdagi ishtirok va burch; huquqda esa erkinlik va zarurat, huquq va burch, jinoyat va jazo muvofiqligi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. SHu ma’noda ijtimoiy adolat ijtimoiy tengsizliklarni oqilona ko‘rinishga keltiruvchi, yakkalikni ijtimoiylikka jalb etuvchi, jamiyatda umummiy manfatlarni ifodalavchi idealgina emas, baiki shu bilan birga mavjud tuzumga nisbatan zarurat hamdir. Ijtimoiy adolat makrosotsial munosabatlarni tartibga keltirishga hizmat qilgan xolda jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar va imkoniyatlar darajasiga mos bo‘lgan aloqalar va o‘zaro harakatlar tizimiga, individlarning hissa va ulushlariga asoslangan me’yordir.
Bozor munosabatlari mustaxkam ildiz otgan jamiyatlarda adolat qoidalarining amal qilish tajribasini ham ijobiy-tanqidiy taxlil etish foydadan xoli emas. Zero, adolatni ta’minlash demokratiya mezonlari bilan birga bozor hissasi iqdidorsizga nisbatan ulkan bo‘ladi, mexnat sevar odam dangasaga nisbatan jamoaga ko‘proq foyda beradi. SHuning uchun ijtimoiy adolat yo‘lida mexnat jamoasi, jamiyat o‘z a’zolariga o‘zaro teng bo‘lmagan ulush berishga haqlidir.