Kasbiy layoqatlik qoidalari. Indivitlarning jamiyatdan oladigan ulushi ularning malakasi, kasbiy tayyorgarligi, ma’lumoti, mexnat ko‘nikmalariga mos bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Rag‘botlantirish qoidalari. Individlarning “birlamchi ne’matlari” erkinliklar va huquqlarga (avvalo konstitutsion huquqlar), daromatga, mulkka, boshqaruv ishlarida ishtirok etishga intilishlarni rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. Zero, bu boqimandalik, zoxidlik, parazitimni tugatishga ma’lum ijobiy vazifani bajarishi mumkin.
Har kimga mexnatiga yarasha qoida. Bu koidani “yig‘ma” adolat deso bo‘ladi. Bu qoidasiz adolat jamiyatda to‘laqonli o‘rin tutmaydi.
Jamiyatning ko‘pchiligi a’zolari qabul qiladigan adolat tufayligina insonparvar jamiyat barpo etish mumkin. SHu ma’noda yuqorida bayon etilgan barcha qoidalar demokratik sharoitidagina amalga oshishi mumkinligini hisobga olishi zarur. Bu qoidalar muvofiqlashtirish va dasturlashtirish vazifalarini bajarish. Jamiyatning asosiy qoidalari esa qonunlarda o‘zining yuridik ifodasiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida, uning muqaddimasiga ijtimoiy adolat qoidasi o‘zining to‘la yuridik ifodasini topganligini ta’kidlab o‘tishni istar edik. Ammo buning o‘zi etarli emas. Biz yuqorida tahlil qilgan adolat qoidalari shunchaki quruq joyda emas, balki insonlar o‘rtasidagi munosabatlariga amal qiling. Oila
Mamlakatimizning ertangi porlaq istiqbolini ta’minlashda boshqa ijtimoiy inisititutlar bilan bir qatorda oila omiliga ham katta e’tibor qaratilayotganligi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlarning sifat va samaradorligi bosqichiga kirganligi mantig‘i bilan izohlanadi. SHunday ekan, oila muhitida mamlakatimizning umumiy rivojlanishiga munosib xissa qo‘sha olishiga qobil va tayyor shaxslarni shakillantirish uchun birinchi galda nimalar qilishimiz lozim, qaysi jihatlarni rivojlantirishimiz va qaysi jihatlarni takomillashtirishimiz uchun jiddiy e’tiborda tutishimiz zarur? Dastavval o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma’naviyatida vatan tuyg‘usini mustaxkam qaror toptirish ishi xalqimiz uchun taqdirilomon vazifa sanaladi. YUrtboshimiz I.A.Karimov “qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanaladi”, deb aytganlari bejiz emas. Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibot, aka-ukalarga mexrlilik vatan tuyg‘usining debochalaridir. Oilaga samimiy sadoqat bo‘lmagan joyda, farzandlar oldida ota-ona hurmati yo‘q joyda esa, na qarindoshlarga, na mahallaga va na vatanga muhabbat tarkib topmaydi. SHu boisdan ham, bu masalaning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konistitutsiyasining 66-bandida “voyaga etgan, mexnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deb maxsus qayt etilgan.
Oilada vatan tarbiyasi muhum ahamiyatga egadir. Vatanga bo‘lgan mehr dastavval ota-onaga, aka-ukalarga, yaqin qarindoshlarga, qo‘shnilarga bo‘lgan munosabatdan boshlanadi. Bu borada xalqaro tajribalarda Xitoy va Amerika tajribasi e’tiborga sazovordir. Qadimgi Xitoy vatan tuyg‘usini ijtimoiy-jug‘rofiy va ma’naviy omillar orqali shakillantirishga intilib keladi. Buning uchun esa, Konfutsiyning Vatinni o‘zlikdan izlash ta’limotining moxiyatini turli omillar, uslub va shakillarda har tamonlama takomillashtirib berishga intilingan.
Tabiyki, mustaqillikka erishilgan so‘ngi o‘n olti yil yangi qadriyatlarga o‘tish, o‘zlashtirish va bu qadriyatlar asosida boshqacha yashashdan iborat murakkab jarayonlarni boshdan o‘tkazish davri bo‘ldi. Birgina madhiya misolini olaylik. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishiga ko‘ra, giminlar vatan yshlida yakka-yolg‘iz jonini tikib, qurbon bo‘lgan fidoiy-qaxramonlar rugiga alqov, bag‘ishlov yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, tantanali marsiyadir. Tabiiyki, marsiya aytiladigan payitda arvoxlar ruhining huqmati uchun odamlar o‘z o‘rinlaridan turib,jo‘r bo‘lib marsiyani ijro etishgan.
Uzoq yillar davomida amalga oshirilgan kuzatishlar, xalqimiz tarixini sinchkovlik bilan qilingan taxlili shungad guvoxlik beradi-ki, oilada ota-onaning farzandlar bilan qancha ko‘p vaqt birga bo‘lishi, o‘zaro muloqatlar, o‘rganilgan bilim va kasib-korlar mexr tuyg‘usining shuncha mustaxkamlanishiga olib keladi.
Tarbiya tizimida oila tarkibi, tug‘ulajak farzandlarning yosh farklari ham muhum ahamiyatga egadir. Ko‘p yillik kuzatishlar, huquqiy idoralar xujjatlari, tartib buzarlik holatlariing asl sabablarini o‘rganish shundan guvoxlik beradi-ki, oila muhitida tinchlik, totuvlik, o‘zaro mexrga chanqoq bo‘lganlik, ota-onalarning o‘zaro adolati, aka-ukalar o‘rtasidagi mehrsizlik tifayli aksariyat yoshlarning jinoyat ko‘chasiga kirib qolishlari ma’lum bo‘ldi. Aka-ukalar o‘rtasidagi mehrsizlik dastavval ato-onalarning o‘z farzandlariga e’tibor bermasliklari, bu ishga juda kam vaqt ajratishlari bilan izohlansa, ikkinchi tomondan esa farzandlar tug‘ulishida biri va ikkinchisi o‘rtasidagi yosh farqi masalasiga xalqimizda umuman ahamiyat berilmasligi ham jiddiy masaladir, Ruhiyatshunoslik ilmi nuqtai nazardan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra agar bola 1 dan 3 yoshgacha bo‘lgan vaqtda ikkincha farzand tug‘ulsa balalar o‘rtasida ona va otaga egalik qilish, suyukli bo‘lish, erkalik qilish borasida bir qarashda kichik vaqt tuyulsada, ammo bu vaqtning ong ortida mujassamlashuviga ko‘ra jiddiy xodisa-o‘zaro raqobat xolati tarkib topadi. Bu bilan esa, aka-ukalar o‘rtasida juda nozik bo‘lgan mexrning biologik omillar orqali raxna topishining oldi olinadi. Xalqimizda unchalik e’tibor berilmaydigan, ammo, mexr tuyg‘usiga raxna soluvchi yana bir jihat – bu aka-ukalar o‘rtasidagi o‘zaro janjallar, mushtlashuvlar hodisasidir.
Xalqimiz tarixidan ulig‘ va qudratli saltanatlarning asosan ichki omillarga ko‘ra, oilaviy tarbiya muammalari, otalar va bolalar, akalar va ukalar, opalar va aka-ukalar o‘rtasidagi mehrsizlik, o‘zaro nifoqlar, yakdillik ruhining sustligi sababli zavol topganligini bilamiz. Taasufki ayni shu sabablarga ko‘ra qoraxoniylar Xorazimshoxlar, Temuriylar boshqa davlatlar inqirozga yui tutgan edi.
Oila barqarorligi va vatan saloxiyatini oshirishda ona omilining roli beqiyosdir. Darhaqiqat, ona muqaddas va cheksiz e’zoz ehtiromga munosib zottir. Xalqimiz onaga onaga bo‘lgan cheksiz hurmati, samimiy muhabbati borasida ko‘pgina halqlarga namuna bo‘larli an’ana va odatlar, marosimlar tizimiga ega. Mushtifar onalarimiz farzandni hayotga keltirganidan so‘ng to o‘z vafotiga qadar faqat jigarbandi taqdirini yoylab, unga omonlik, tenchlik, rizq-ro‘z, baraka tilab o‘tadi. Onalarning farzandlarga yaxshilik tilab, YAratgandan panox so‘rashi, o‘zi emay bolasiga beruvchilik, o‘zi kiymay kiydirishi, o‘zi ko‘rmay o‘tsa-da bolasi ko‘rishiga orzumandligi ayni haqiqat va chuqur ta’zim, taxsinga sazovordir.
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda oila inisititutiga katta ijtimoiy ahamiyat berib kelinmoqda. Xususan, 1998 yilning “Oila yili” dab e’lon qilinishi mazkur masalaga bevosita va “Sog‘lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Obod mahalla” yillari, 2014 yilni esa yurtboshimiz tomonidan “sog‘lom bola” yili deb e’lon qilindi. SHu yillar mobaynida ijtimoiy ximoyaga doimiy e’tibor qaratib kelmoqd. Ayniqsa, 2003 yilda mamlakatimiz mahallalarini iqtisodiy, tashkiliy hamda ma’naviy obod etish munosabati bilan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi yanada takomillashib, inson sha’ni va g‘ururiga muofiqlashtirildi, o‘sib kelayotgan avlod ma’naviyati hamda ma’rifiy-intellektual kamolatini ta’minlashining huquqiy, tashkiliy-pedagogik hamda ijtimoiy jihatlari mustaxkamlandi.