G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə95/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi. Prezidentimiz asarlarida ta’kidlanganidek, "Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda eng avvalo BMT faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz". 1992 yil 2 martda O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq mamlakati, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdi. SHarqdan YAponiya, G‘arbdan Germaniyani BMTning Xavfsizlik Kengashiga a’zo qilib saylash haqida Prezidentimiz I.Karimov BMTning 1993, 1995 yillari 48, 50-sessiyalarida 2000 yili "Ming yillik sammiti”da taklif qilgan edi.
O‘zbekiston BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari bo‘lgan YUNESKO, JSST, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqa tashkilotlar bilan keng hamkorlik ishlari yurgizilmoqda.
Iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, integratsiyalashuvni ta’minlashda xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar: Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham katta yordam ko‘rsatmoqda.
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlarda: O‘zbekiston ana shu mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bilan Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Evropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda EI bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha ishlar qilindi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining Evropa yo‘nalishi ancha kengaydi. Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvardagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasida ana shu xalqaro va mintqaviy tashkilotlar bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘proq diqqat qaratdi. Prezidentimiz Evropa qit’asidagi Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Evropa Ittifoqi va NATO kabi muhim tuzilmalar bilan yurtimizda demokratik va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, mamlakatimizda va umuman mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz, "O‘zbekiston jahondagi yirik, xalqaro maydonda etakchi o‘rin tutgan davlatlar – AQSH, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor beradi", degan edi.
“Bugungi kunda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash dunyo mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo‘lib qolmoqda”.
Boshqa xalkaro tashkilotlar Osiyo mintaqasida Turkiy tilli davlatlar o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirib borilmokda.
Umuman O‘zbekioton bugungi kunda Prezidentimizning adolatli va tinchlik siyosati tufayli dunyoga yuz tutmoqda. O‘zbekiston ochiq mamlakat ekan unga barcha xalqaro va mintqaviy tashkilotlar katta qiziqish bilan qarab O‘zbekiston bilan diplamatik alokalarini keng ikki va ko‘p tomonlama olib bormoqdalar. Bu ishlarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari katta.
«6+2» guruhi. (1998-2001 yillar). BMT kotibiyati binosida 1998 yil 21 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil topgandi. Bu guruh Afg‘onistondagi harbiy mojarolarni siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan edi. Mazkur guruhga: Eron IR, Xitoy XR, Pokiston IR, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston + AQSH va Rossiya davlatlari kirgan edi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin